Maruza mashg’ulotlari 23-Mavzu Chqbt va ute fani asosida kurs i (1)
Sovuq urgan odamni havo sovuq, ayniqsa shamol bo‘lib turgan maxallarda badan terisining ochiq joylarini bekitish lozim. Odam qattiq sovuqda bo‘lgan paytida yuzi ochiq qismlarining sezuvchanligini dam-badam tekshirib turishi kerak. Sovuq olishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun har xil surtma dorilar, ya’ni mazlar ishlatishning foydasi yo‘q .
Birinchi tibbiy yordami ko‘rsatishda shikastlangan odamni issiq binoga olib kirilib, issiq suvli vannaga solinadi, bordi-yu buning iloji bo‘lmasa, uni o‘sha joyning o‘zida sovuqdan extiyot kilib, unga issiq choy, kofe ichiriladi. Xo‘l kiyim va poyabzalini mumkin qadar qurug‘iga almashtiriladi. To‘qimalarda xali o‘zgarishlar boshlanmagan bo‘lsa (terida qavarchiqlar, eti o‘lgan joylar yo‘q bo‘lsa), sovuq olgan joylar spirt, atir bilan artilib, paxta tampon bilan yoki yuvib, quritilgan qo‘llar bilan teri qizarib chiqquncha oxista ishqalanadi.
SHikastlangan odam to‘qimalarida xozirgina aytib o‘tilgan o‘zgarishlar boshlangan bo‘lsa, bunday hollarda shikastlangai joylari spirt bilan artilib, ustidan steril bog‘lam bilan bog‘lab qo‘yiladi. Sovuq olishining har qanday darajasida ham shikastlangan joylar terisini qor bilan ishqalash tavsiya etilmaydi. Bu—shikastlangan kishining axvolini yomonlashib qolishiga olib kelishi mumkin.
1.Kuyish, cho‘kish, sovuq urishi, oftob urishi, issiqlik eltishi, gazandalar chaqishi tushunchalari.
2.Shunday holatlar yuzaga kelganda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalari.
ADABIYOTLAR “CHaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish va uni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida” gi Nizom, 2014y.
CHaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanidan o‘quv Dasturi, 2019y.
A.YU. Sotvoldiev. “CHaqiruvga qadar xarbiy ta’limni tashkil etish va uning metodikasi” O‘quv qullanma, Ι, II - qismlar, 2007 yil,
O.Ortiqov. “CHaqirvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” Ι qism, 2007 yil, o‘quv qullanma.
B.B. G‘ofurov. “Boshlang‘ich umumqushin xarbiy tayyorgarlik bo‘yicha”o‘quv qullanma, ΙΙ qism, 2005 yil.