Maruza mashg’ulotlari 23-Mavzu Chqbt va ute fani asosida kurs i (1)
Zaharlovchi kimyoviy moddalarga qarshi shaxsiy paketdan foydalanish. Individual dori quticha (AI-2)ning tuzilishi va ishlatilishi. Individual dori quticha (AI-2) da radioaktiv, zaharlovchi moddalar va bakterial vositalardan zaxarlanganda qo‘llash uchun individual himoyalanish uchun mo‘ljallangan kerakli tibbiy vositalari bo‘ladi.
Ular individual dori quti ichidagi bir-biridan ajratib raqamlangan maxsus joylarga joylashtiriladi. Individual dori quticha (AI-2) qutichaning kattaligi 90x100x20 mm, masasasi 130 g. Bu qutichada qo‘yidagi tibbiy vositalari bor.
Joy -№ 1 og‘riqqa qarshi vosita joylangan tyubik-shprits uchun.
Joy-№2 fosfor organik zaharlovchi moddalarga qarshi kizil rangli 6 ta antidot tabletka. Profilaktik vosita tariqasida 1 ta tabletka ichiladi, zaharlanishning dastlabki belgilari paydo bo‘lganida esa yana bitta tabletka ichiladi.
Joy-№3 bakteriyalarga qarshi ikkita vositada hammasi bo‘lib 15 ta tabletka bo‘ladi, bular radiatsion nur ta’sir etganidan keyin me’da-ichak ishi buzilgan maxallarda ichiladi: ettita tabletka dastlabki sutkalarda va keyin yana 2 sutka davomida har kuni 4 tabletkadan ichiladi.
Bakteriyalarga qarshi ikki turlagi tabletkalar infeksion asoratlarning oldini olish uchun ichiladi, chunki nur ta’siriga uchragan organizmning ximoya xossalari susayib qolganligi munosabati bilan shunday asoratlar boshlanishi mumkin.
Joy - № 4 oq qopqoq bilan bekitnlgan pushti rangli ikkita penalida radiatsiyadan ximoya qiluvchi birinchi vositada hammasi bo‘lib 12 ta tabletka bo‘ladi. Radiatsion zarardan saqlanish maqsadida «Radiatsion xatar» degan xabar signaliga bo‘yicha nur ta’sir qila boshlashidan 30-60 minut oldin yoki fuqaro muhofazasi xodimlari bu xaqda xabar berishi bilan bir yo‘la oltitadan tabletka ichiladi.
Odam radioaktiv moddalar bilan zaharlangan xududga tushib qolgan bo‘lsa, 4-5 soatdan keyin ana shu tabletkadan yana oltitatasinn ichib olishga yo‘l qo‘yiladi.
Joy -№ 5 bakteriyalarga qarshi bitta vositada hammasi bo‘lib o‘nta tabletka bo‘ladi. Bakterial vositalarning yuqib qolish xavfi tug‘ilganida yoki shu vositalar yuqib qolgan maxallarda, odam yaralangan va badani kuyib qolgan paytlarda shoshilinch profilaktika vositasi tariqasida shu tabletkadan oltitasi ichiladi va oradan olti soat o‘tkazilib yana beshtasi ichiladi.
Joy - № 6 oq rangli penalida radiatsiyadan ximoya qiluvchi ikkita vositada hammasi bo‘lib 10 ta tabletka bo‘ladi. Radioaktiv moddalardan zaharlangan joylarda o‘tlagan sigirlarning sutidan iste’mol qilingan bo‘lsa, 10 kun davomida har kuni ana shu tabletkalardan bittadan ichib boriladi.
Joy-№7 havo rang penalidagi qayd qilish (qusish)ga qarshi vositada hammasi bo‘lib beshta tabletka bo‘ladi. Odamning boshi lat eb, esi og‘iganida (kontuziya bo‘lganida), birlamchi nur reaksiyasi vaqtida qayd qilishni oldini olish maqsadida shu tabletkadan bittadan ichiladi.
Individual dori qutichasidagi tibbiy vositalari 8 yoshgacha bo‘lgan bolalarga har safar katta yoshdagi kishilar dozasiing ¼ qismi miqdorida: 8 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga esa ½ qismi miqdorida beriladi, radiatsiyadan himoya qiluvchi ikkinchi vosita bunga kirmaydi, bu vosita bolalarga to‘la dozada berilish mumkin.
Quticha qopqog‘ining ichki tomonida quticha ichidagi ajratilgan joylardagi xar bir tibbiy vositalar nomi va joylashuv tartibi ko‘rsatib qo‘yilgan. Bundan tashqari qutichada «Tibbiy vositalarini ishlatishga doir instruksiya» qo‘shib beriladi.
Kimyoviy vositalarga qarshi individual kimyoviy paket (IPP-8) kiyim bosh yoki tananing teri qismiga tushishi mumkin bo‘lgan suyuq-tomchi holatidagi zaxarli moddalarni zararsizlantirish uchun mo‘ljallangan. Kimyoviy moddalarga qarshi individual kimyoviy paket (IPP-8) degazatsiya qiluvchi suyuqlik solingan shisha flakon va paxta-dokali tamponlardan iborat. Individual paketda foydalanishda tamponlar flakondagi suyuqlik bilan xo‘llanadi va zaxarlangan joylar artiladi. Flakondagi suyuqlikdan foydalanishda uni ko‘zga tushishidan saqlanish lozim bo‘ladi. YUqorida aytilgan barcha xarakatlar mazmunini tushuntirishda mashg‘ulot raxbari xar bir tibbiy vositani «Tibbiy vositalarini ishlatishga doir instruksiya» bo‘ycha ko‘rsatib tushuntiradi, agarda tushuntirish va ko‘rsatish jarayonida savollar tug‘ilsa mashg‘ulot raxbari ana shu joylarni qichqacha izoxlab qayta tushuntiridi.
NAZORAT SAVOLLARI:
1.Radiatsiyadan hamda kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar bilan zararlanganda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish.
2.Radiatsion zararlanishning oldini olish.
3.Shaxsiy tibbiy himoya vositalaridan, shaxsiy tibbiy doriqutisi.
4.Zaharlovchi kimyoviy moddalarga qarshi shaxsiy paketdan foydalanish.