Radiatsiyadan hamda kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar bilan
zararlanganda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish Dushman tomonidan yadro quroli ishlatilgan territoriyadagi odamlar, zarb to‘lqini, yorug‘lik nuri, suqilib kiradigan radiatsiya va joylardagi radiaktiv zaharlanish kabi omillardan ommaviy tarzda shikastlanadi, shunday xududga yadro qurolidan zararlanish o‘chog‘i deb aytiladi.
SHikast etkazuvchi asosiy omil xavoning zarb to‘lqinidir, bunday to‘lqin xaddan tashqari ko‘p miqdordagi issiqlik va bosim ta’siri ostida yadro portlashi xajmining tez kattalashib borishi, keyin esa atrofdagi xavo qatlamlarining siyraklashib qolishi xisobiga xosil bo‘ladi. Zarb to‘lqini portlash markazidan ancha olis masofadagi binolarni ham harob qilib, odamlarga shkast etkazishi mumkin.
YOrug‘lik nurining ta’siri natijasida odamlar tanasining ko‘p joyi kuyib, ko‘zlari zararlanishi mumkin. Bundan shkaslanishdan xar xil pana joylar, ochiq joylarda esa maxsus kiyim va ko‘zoynaklar himoyalanishga yordam beradi.
Suqilib kirib boruvchi radiatsiya yadro portlagan xududdan taraladigan gamma-nurlar va neytronlar oqimidan iboratdir. Bular necha-necha ming metrlarga tarqalib, turli xil muxitlarga kirib borish va atomlar bilan molekulalarinig ionlashuviga sabab bo‘lishi mumkin. Gamma-nurlar bilan neytronlar organizm to‘qimalariga kirar ekan, biologik jarayonlarni, organlar bilan to‘qimalardagi funksiyalarni izdan chiqaradi, shuning natijasida nurlanish kasalligi paydo bo‘ladi.
Erdagi tuproq zarralari radioaktiv atomlarni o‘ziga qorishtirib olishi xisobiga (shamol yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib boradigan va radioaktiv bulut deb ataladigan) joylar radioaktiv moddalar bilan zaharlanadi. Zaharlangan joyda odamlar uchun asosiy xavf soladigan beta-gamma nurlarning tashqaridan ta’sir etishi va yadro portlashi oqibatida qirg‘in omillarining organizm ichiga hamda badan terisiga tushib qolishidir.
Aholiga ommaviy qirg‘in bo‘lishi mumkin sharoitlarda nurlanishning amaliy jixatdan ko‘proq ta’sirga ega bo‘ladi. Bunday kasallikning avj olib borishi garchi barcha organ va sistemalar funksiyalarining buzilishiga aloqador bo‘lsada, markaziy nerv sistemasi, qon aylanish sistemasi, meda-ichak yo‘lining shikastlanishi boshqalardan ko‘ra og‘irroq kechadi.
O‘tkir nurlanish kasalligi odamga nur bir Grey (Gi) dan boshlab (bu doza yuz rentgen - R ga teng) bir yo‘la ta’sir qilgan paytda paydo bo‘ladi. Nur ta’sir qilib borayotgan paytda odam xech narsani sezmaydi.
Nurning bir yo‘la ta’siri deganda bir sutkadan ortmaydigan vaqt davomida odamga bir marta yoki bo‘linib-bo‘linib ta’sir qilib borilgan nur dozasi tushuniladi. Bir yo‘la ta’sir qilgan nur dozasi ortgan sayin o‘tkir nur kasalligi og‘irlashib boraveradi. Kasallikning og‘irligi nur ta’sir qilgan badan yuzasining katta-kichikligiga va badanning qaysi qismi nur ta’siriga uchraganiga ham ko‘p jixatdan bog‘liq bo‘ladi. Odaming butun tanasiga sirtdan bir karra tekis ta’sir ko‘rsatgan nur dozasining katta-kichikligiga qarab o‘tkir nur kasalligining to‘rtta darajasi tafovut qilinadi: 1-2 Gi dozadagi nurlar ta’sir qilganida paydo bo‘ladigan engil (1), 2-4 Gi ga teng dozadagi nurlar ta’siridan yuzaga keladigan o‘rtacha o g‘ir (2), 4-6 Gn dozadagi nurdan paydo bo‘ladigan og‘ir (3), 6 Gi dan ortiq dozadagi nur ta’siridan keyin boshlanadigan juda og‘ir (4) nur kasalligi.
O‘tkir nur kasalligining o‘tishida to‘rtta davr tavofut qilinadi: birlamchi nur reaksiyasi davri, yashirin davri, rostmana klinik ko‘rinishdagi davri (kasallik avjga chiqadigan davr) va tiklanish (kasallik oqibatlari) davri.
Birlamchi nur reaksiyasi davri ta’sir etgan nur dozasining katta-kichikligiga qarab yoki bevosita nur tekkanidan yoki bir-o‘n soat o‘tganidan keyin boshlanadi va bir necha soatdan to ikki-uch kungacha davom etadi. Bu davr odamning betoqatlanib tajang bo‘lib yurishi, umuman darmoni qurishi, ko‘ngli aynib qayt qilishi, boshi og‘rishi, tana temperaturasining ko‘tarilib ketishi bilan xarakterlanadi. Zararlangan odamda ruxiy faoliyat sezilarli darajada qo‘zg‘alib turganidan keyin susayib koladi.
YAshirin davri birlamchi nur reaksiyasi alomatlari yo‘qolib ketgan paytdan boshlanadi. Zararlangan odamning kayfu ruxiyati yaxshilanib koladi, u umuman darmonsizlik va ishtaxa pastligidan, ba’zan dam-badam ich surib turishi, uyqu buzilganidan noliydi. YAshirin ta’sir davri bir necha kundan to ikki-to‘rt xaftagacha davom etadi.
O‘tkir nur kasalligining avjiga chiqqan davri barcha alomatlarining ma’lum bo‘lib turishi bilan harakterlanadi. Zararlangan odamda yana bosh og‘rig‘i, uyqusizlik, ko‘ngil aynish paydo bo‘lib, umumiy darmonsizlik kuchayib boradi, aksari qorinda qattiq og‘riq turib, me’da-ichaklar ishi buziladi. Tana xarorati 38-40°S gacha ko‘tariladi va uzoq muddat shunday turadi. Odamning ichi surilishi tufayli organizm madorsizlanadi. Odam badanida va ko‘rinib turadigan shilliq pardalarida nuqtadek va birmuncha yirikroq bir talay qontalashlar paydo bo‘ladi, ichki organlardan: o‘pka, me’da-ichaklardan, buyraklardan qon ketib turishi mumkin. Ko‘pincha nekrotik anginalar, pnevmoniyalar, o‘pka abssesslari va umuman qon buzilishi-sepsis ko‘rinishida infeksion asoratlar boshlanadi.
Tiklanish davrida qon ketishi kamayib, ishtaxa yaxshilanib qoladi, harorat asliga keladi. Odamning umumiy axvoli yaxshilanib, tanasining vazni oshib boradi.
Ayrim tana qismlariga katta dozadagi nurlar ta’sir etganida maxalliy radiatsion shikastlar paydo bo‘lishi mumkin, radiatsiyadan kuyish deb shunga aytiladi. Bunday shikastlar suqilib kirib boruvchi radiatsiya ta’sir etganida va radioaktiv moddalar teriga tushib qolgan bo‘lsa, badanga yuqqanidan keyin dastlabki soatlarning o‘zida teridan ketkazilmaydigan bo‘lsa, shuning natijasida ham paydo bo‘lishi mumkin.
Badanning biror joyiga ta’sir etgan nur dozasining katta-kichikligiga qarab radiatsiyadan kuyishning engil, o‘rta, og‘ir va juda og‘ir darajalari tafovut qilinadi, bular teri va ichki to‘qimalarning har xil darajada shikastlanishi bilan harakterlanadi.
Odamga uzoq muddat davomida kichik-kichik dozalarda nur ta’sir qilib turganida surunkali nurlanish kasalligi paydo bo‘ladi. Uning qanday o‘tishi ta’sir etgan jami nur dozasiga va shu dozaning organizmda qay tariqa taqsimlanishi, barcha organ hamda sistemalar funksiyasining qay darajada buzilishiga bog‘liq bo‘ladi. Surunkali nurlanish kasalligining dastlabki belgilari odamning tez charchashi, tajang bo‘lib qolishi, ish qobiliyati pasayib, xotiraning yomonlashuvi va uyqu buzilishidir. Keyinchalik me’da-ichaklar ishi buzilib, milklardan, burundan qon ketib turadi, suyaklarda og‘riq paydo bo‘ladi.
YAdro qurollaridan zararlangan o‘choqlarda shikastlovchi bir nechta omillarning birgalikda ta’sir ko‘rsatishi natijasida aralash shikastlar: har xil travmalar, kuyish yaralari va nurlanish kasalligi paydo bo‘lishi mumkin.