Maruza mashg’ulotlari 23-Mavzu: Chqbt va ute fani asosida kurs ishlarini tashkil qilish va bajarish. Reja


Radiatsion zararlanishning oldini olish. Shaxsiy tibbiy himoya vositalaridan, shaxsiy tibbiy doriqutisi



Yüklə 4,03 Mb.
səhifə75/131
tarix09.12.2023
ölçüsü4,03 Mb.
#138510
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   131
Maruza mashg’ulotlari 23-Mavzu Chqbt va ute fani asosida kurs i (1)

Radiatsion zararlanishning oldini olish. Shaxsiy tibbiy himoya vositalaridan, shaxsiy tibbiy doriqutisi.
Aholini radiatsiyadan ximoya qilish quyidagilarni o‘z ichiga oladi: radiatsiya xavfi to‘g‘risida xabar berish, jamoaviy va individual ximoya vositalaridan foydalanish, radioaktiv moddalar bilan zaharlangan xududlarda aholining yurish-turish qoidalariga rioya etishi, oziq -ovqat maxsulotlari va ichimlik suvini radiaktiv moddalar yuqib kolishidan asrash, individual ximoyaning tibbiy vositalaridan foydalanish, territoriyaning qanchalik zaharlanganini aniqlash, aholiga ta’sir etgan nurni dozimetrik yo‘l bilan tekshirish va radioaktiv moddalardan zaharlangan-zaharlanmaganini aniqlash uchun oziq -ovqat maxsulotlari bilan suvni ekspertizadan o‘tkazish. Fuqaro muhofazasining «Radiatsion xatar» degan xabar signallari berilganida aholi himoya inshootlarga yashirinishlari kerak. Ma’lumki bunday inshootlar suqilib kirib boruvchi radiatsiya ta’sirini sezilarli darajada (bir necha baravar) susaytiradi.
Radiatsiyadan shikastlanishning tibbiy profilaktikasi uchun radiatsiyadan ximoya qiluvchi individual aptechka (AI-2) vositalardan foydalaniladi. Radiatsiyadan ximoya qiluvchi vositalarni ishlatish qoidalari to‘g‘risida «Individual aptechkaning tarkibi va uni qo‘llash» qismiga qaralsin.
Joylardagi radiatsiya darajasi yuqori bo‘lsa, radiatsiyadan zararlanish xafi yuqoriligidan aholiga biriichi tibbiy yordami ko‘rsatib bo‘lmaydi. Bunday sharoitlarda shikastlangan odamlarning o‘z-o‘ziga va bir-biriga yordam ko‘rsatishi, zaharlangan territoriyada yurish-turish qoidalariga qat’iy rioya qilish katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Individual ximoyaning tibbiy vositalaridan avvallari foydalanilmagan bo‘lsa, u holda bular individual aptechka (AI—2) dan foydalanish instruksiyasiga muvofiq ishlatiladi.
Radioaktiv moddalardan zararlangan territoriyada ovqat eyish, zaharlangan suv manba’laridan suv ichish, erga yotish mumkin emas. Taom tayyorlash va aholini ovqatlantirib borish tartibini Fuqoro muhofazasi organlari joylarning radioaktiv qoidalardan qanchalik zaharlanganligini xisobga olgan holda belgilab beradi.
YAdro quroli o‘choqlarda radioaktiv moddalardan zaharlangan xududlarda birinchi tibbiy yordami ko‘rsatishda birinchi navbatda zararlangan odamning hayotini saqlab qolishga aloqador bo‘lgan chora tadbirlar amalga oshiriladi. Undan keyin tashqi gamma-nur ta’sirini bartaraf etish yoki kamaytirish bo‘yicha ishlar olib boriladi, buning uchun ximoya inshootlaridan: pana joylar, chuqurlikdagi binolar, g‘isht, yoki betondan qurilgan imoratlar va boshqa binolardan foydalaniladi. Radioaktiv moddalarning badan va shilliq pardalarga ta’sir qilib borishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun qisman sanitar ishlov o‘tkaziladi va kiyim-kechak hamda poyabzal qisman dezaktivatsiya qilinadi. Qisman sanitariya obrabotkasi badanning ochiq qismlarini toza suv bilan yuvish yoki xo‘llangan tamponlar bilan artish yo‘li bilan o‘tkaziladi. Zararlangan odamning ko‘zlari yuviladi, og‘zini chayqab tashlash uchun suv beriladi. So‘ngra unga respirator kiygazib yoki paxta-doka bog‘lam taqib yo bo‘lmasa og‘zi bilan burnini sochiq-ro‘mol, sharf bilan bekitib, kiyim-kechaklari qisman dezaktivatsiyadan o‘tkaziladi. Bunda kiyimdan supurib-qoqib tushiriladigan chang boshqalarga tegmaydigan bo‘lishi uchun shamolning yo‘nalishi xisobga olinadi.
Radnoaktiv moddalar organizm ichiga tushib qolgan bo‘lsa, me’da yuviladi, odamga adsorbsiyalovchi moddalar (aktivlashtirilgan ko‘mir) ichiriladi. Ko‘ngil aynib, bexuzur bo‘lsa, individual aptechkadan qusishga qarshi modda olib ichiriladi. Nur ta’siriga uchragan odam yuqumli kasalliklarga moyil bo‘lib koladi, shunga ko‘ra bunday kasalliklarning oldini olish maqsadlarida bakteriyalarga qarshi №2 vositani ichish tavsiya etiladi.
FZM va ba’zi boshqa ZM dan zararlangan odamlar hayotini qutqarib qolish uchun maxsus dori vositalari — antidotlar (ziddizaharlar) dan foydalanish zarur. FZMga qarshi antidotlar odam endi zaharlana boshlagan paytida yoki og‘ir zaharlanishga xos belgilar (talvasalar) paydo bo‘lganidan keyin dastlabki minutlarda ishlatilsagina, ular yaxshi kor qiladi. Ayniqsa, suyuq-tomchi holatdagi FZM va iprit ta’sir qilganida ZM badanga tegib qolganidan keyingi dastlabki 5 minut ichida badanning ochiq joylarini qisman sanitariya ishlov berishdan o‘tkazshi zaharlanishning oldini oladi yoki zaharning kuchini qirqadi. Odam kimyoviy zararlanish o‘chog‘ida ximoya vositalarisiz turib qolsa, bu ZM ning organizmga tinmay o‘tib turishiga olib keladi va kishining axvolini ancha og‘irlashtirib qo‘yadi. ZM dan zararlanganlarga birinchi tibbiy yordami berish yuzasidan ko‘riladigan chora-tadbirlar ichida amalga oshirilishi kerak. SHu munosabat bilan ZM dan zararlangan kishilarni qutqarib qolish uchun o‘z-o‘ziga va bir-biriga yordam berish, shuningdek keyinchalik birinchi tibbiy yordami ko‘rsatish va davolashga doir barcha zarur chora-tadbirlarni vaqtida amalga oshirish birinchi darajali ahamiyatga ega.
Tibbiy xodim drujinachilar ZM dan zararlanib qolmaslik uchun kimyoviy zararlanish o‘chog‘iga kirishdan avval individual aptechka (AI—2)dan profilaktik dozada (1 tabletka) antidot ichib, ximoyalovchi kiyim, rezina etik, qo‘lqop va protivogazlarni kiyib olishlari shart. FZM, iprit bilan va ba’zi boshqa ZM bilan zararlangan odamlar kimyoviy zararlanish o‘chog‘idan olib chiqib ketilganidan keyin ham birinchi tibbiy yordami ko‘rsatadigan kishilar uchun ancha xavfli bo‘lishini esda tutish kerak. Zararlangan odamlarning kiyim-kechagi, sochlari va badanining terisida ZM uzoq vaqt saqlanib qolib, boshqa bir odamning ochiq joyiga tekkanida uning ham zaharlanib qolishiga sabab bo‘lishi mumkin. Zaharlangan kiyim-kechakdan ZM bug‘lari berk binolar, avtomashinalarda desorbsiyalanib (bug‘lanib) chiqib turishidan ham odam zaharlanib qolishi mumkin.
ZM dan zararlanishda ko‘rsatiladigan birinchi tibbiy yordami quyidagi shoshilinch chora-tadbirlarni amalga oshiriigdan iborat bo‘lishi kerak. qaysi turdagi ZM ishlatilganligidan qat’iy nazar zararlangan odamga birinchi navbatda darhol protivogaz kiydirish yoki yaroqsiz xolga kelgan protivogazini yaroqliligiga almashtirish kerak. Bu chora zaharlovchi moddalarning nafas organlari orqali organizmga yana o‘tishiga yo‘l qo‘ymaydi, shuningdek odamning ko‘zlari, yuz terisi va qisman boshining terisini ZM dan saqlaydi.
Zararlangan odam bevosita ZM ishlatilgan zonada qolib, yuziga zaharlovchi moddalarning mayda tomchilari tushgan bo‘lsa, avval kimyoviy qurolga qarshi individual paketdagi suyuqlik bilan yuz terisiga ishlov berishb tozalash va shundan keyingina protivogaz kiydirish kerak.
Zararlangan odam yotib qolgan bo‘lsa, unga GP-4U protivogazini kiydirish uchun kishining boshi yoniga tiz cho‘kib, boshini tizzalariga qo‘yishi va zararlangan kishidan bosh kiyimini echib olib, protivogaz niqobini chiqarishi va chakka ensa tasmalaridan tutib, niqobning chetlarini ikkita qo‘l bilan ushlash (ushlaganda ham bosh barmoqlar tashqarida qoladigan, boshqalari ichkariga qarab turadigan qilib ushlash), keyin niqobning pastki qismini engakka takab, niqobni yuzga tortish va ensa tasmalarini quloq orqalariga o‘tkazib qo‘yish (bunda ensa bog‘ichi ensaning o‘rtasida turadigan bo‘lishi kerak); niqobni yopishib turadigan qilib to‘g‘rilab qo‘yish (buning uchun ensa tasmachalarining erkin uchlaridan ushlab, niqobni yuzga zich taqalib turadigan qilib tortish kerak bo‘ladi) bosh kiyimni kiygazib, protivogaz xaltasini og‘zi yopib qo‘yish lozim.
GP-5 protivogazni kiydirish uchun ikkala qo‘lning bosh barmoq laridan tashqari hamma barmoqlarini niqobning ichiga, engak qismiga solib, yuz qismining chetlarini bosh barmoqlar bilan tashqaridan tutib turib, niqobni boshga kiydirish zarur, bunda ko‘zoynakni ko‘zning ro‘parasiga to‘g‘ri keladigan qilib engakdan boshlab kiygazib boriladi.
Birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatish uchun ko‘riladigan chora-tadbirlar qo‘llanilgan ZMning turiga bog‘liq bo‘ladi.
FZM dan shikastlangan paytda protivogaz kiyilgandan keyin darrov og‘ir shikastlangan odamga ikki doza, o‘rtacha darajada shikastlangan odamga bir doza miqdoridagi FZMga qarshi antidoti tyubik-shprits yordamida muskullari orasaga yoki teri ostiga yuboriladi. Engil darajada shikastlangan odamga protivogaz kiydirishdan avval tilining tagiga tashlash uchun individual aptechkadan ikkita aitidot tabletkasi beriladi (AI-2 dori qutisidagi 2- joydagi kizil rangli penal) yoki tyubik-shpritsdan bitta antidot dozasi yuboriladi.
Keyin badan terisining ochiq joylari indnvidual paketdagi kimyoviy suyuqlik bilan qisman sanitariya ishlovidan o‘tkaziladi. Protivogaz kiyilgan bo‘lsa, paketni ochib, tamponni to‘ydirib xo‘llash va badan terisining ochiq joylari, bo‘yin va qo‘llarni, kiyim yoqasi va eng uchlarining badanga tegib turadigan joylarini, shuningdek protivogazning yuz qismini artib olish kerak.
Protivogaz kiyilmagan bo‘lsa, ko‘zlarni mahkam yumib, yuz va bo‘yin terisini degazatorga ho‘llangan tampon bilan tezda artib olish zarur. Ko‘zlarni ochmasdan turib, ko‘z atrofidagi terini quruq tampon bilan artilib undan keyin protivogaz kiyiladi. So‘ngra yana tamponni xo‘llab, qo‘l panjalari, kiyim yoqasi bilan englarining badanga tegib turadigan chetlari artiladi. Paketdagi suyuqlik bilan yuz terisini tozalayotganda ko‘zlarni extiyot qilish kerak bo‘ladi.
SHart-sharoitlar mavjudligiga qarab zaruriyat tug‘ilsa, sun’iy nafas beriladi (kimyoviy quroldan zararlangan joylardagi zaharlangan atmosferada odatda, sun’iy nafas berilmaydi).SHikastlangan odamlarni kimyoviy quroldan zararlangan o‘choqdan olib chiqilib birinchi tibbiy yordam ko‘rsatiladi yoki davolash muassasasiga olib boriladi.
Terini yiringlatadigan ZMdan shikastlanganda protivogaz kiyib olinganidan keyin badan terisining ochiq joylari individual bog‘lov paketidagi suyuqlik bilan qisman sanitariya ishlovidan o‘tkaziladi va shikastlangan odamlarning hammasiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatiladi yoki davolash muassasasiga olib boriladi.
Bo‘g‘uvchi ZMdan zararlangan xududda bo‘lgan barcha odamlarga protivogaz kiydirilganidan keyin albatta zararlanish o‘chog‘idan olib chiqib ketiladi yoki eng yaqin joydagi davolash muassasasiga olib boriladi. Havo sovuq paytlarida, shikastlangan odamlarni issiq qilib o‘rash va isitish kerak. SHikastlangan odamlar zaharlangan zonadan olib chiqilganidan keyin tinchligi tamomila ta’minlanishi va nafas olishda qulaylik yaratish uchun kiym-boshning yoqa va boshqa joylarini bo‘shatib qo‘yish, imkoni bo‘lsa, echib olishni kerak. Bo‘g‘uvchi ta’sir ko‘rsatadigan ZM dan shikastlangan odamga sun’iy nafas oldirish mutlaqo mumkin emas.
Psixotomimetik ZM bilan zaharlangan odamlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish protivogazni kiydirish, badan terisining ochiq joylarini qisman sanitariya ishlovidan o‘tkazish, keyinchalik esa ularni kasalxona bazasining ixtisoslashtirilgan toksikologiya, psixonevrologiya bo‘limlariga olib borishdan iborat bo‘ladi. Ovqat bilan me’daga ZM tushib qolgan hollarda, zond solishdan oldin me’da yuviladi, shikastlangan odamni olib borilayotganda bemor betoqat bo‘lib o‘zini har yonga tashlayversa, o‘ziga yoki atrofdagilarga tajovuz qilib qaltis harakatlar qiladigan bo‘lsa, uni zambilga bog‘lab qo‘yish to‘g‘ri bo‘ladi.
Ko‘zdan yosh oqizadigan va achishtiradigan ZM dan shikastlangan maxalda odamlarga protivogaz kiydirilib, ularni zaharlangan zonadan olib chiqib ketiladi. Achishni bartaraf etish uchun ko‘zlar yuvilib, og‘izni toza suv bilan chayqab tashlanadi. Achishtiradigan ZM dan og‘ir shikastlanganda antidot ishlatiladi.

Yüklə 4,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin