Maruza mashg’ulotlari 23-Mavzu: Chqbt va ute fani asosida kurs ishlarini tashkil qilish va bajarish. Reja



Yüklə 4,03 Mb.
səhifə77/131
tarix09.12.2023
ölçüsü4,03 Mb.
#138510
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   131
Maruza mashg’ulotlari 23-Mavzu Chqbt va ute fani asosida kurs i (1)

ADABIYOTLAR

  1. “CHaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish va uni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida” gi Nizom, 2014y.

  2. CHaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanidan o‘quv Dasturi, 2019y.

  3. A.YU. Sotvoldiev. “CHaqiruvga qadar xarbiy ta’limni tashkil etish va uning metodikasi” O‘quv qullanma, Ι, II - qismlar, 2007 yil,

  4. O.Ortiqov. “CHaqirvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” Ι qism, 2007 yil, o‘quv qullanma.

  5. B.B. G‘ofurov. “Boshlang‘ich umumqushin xarbiy tayyorgarlik bo‘yicha”o‘quv qullanma, ΙΙ qism, 2005 yil.



33-Mavzu: Inson sog‘ligiga ta’sir etuvchi tabiiy omillar (Sovuq olishi, oftob
urishi, issiqlik eltishi, gazandalar chaqib olishi va b.).

Reja:
1.Kuyish, cho‘kish, sovuq urishi, oftob urishi, issiqlik eltishi, gazandalar chaqishi tushunchalari.
2.Shunday holatlar yuzaga kelganda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalari.
Tayanch iboralar: Jaroxatlar, o’q, tekkan, kesilgan, chopilgan, sanchilgan, urilgan, ezilgan, yirtilgan, tishlangan.


Kuyish, cho‘kish, sovuq urishi, oftob urishi, issiqlik eltishi, gazandalar chaqishi tushunchalari.
Kuyish. Odamga yuqori temperaturalar ta’sir etganida badani kuyib qoladi. YAdro qurolidan zararlangan joylarda badani kuygan odamlar ayniqsa ko‘p bo‘lishi mumkin, badan kuyishi ko‘pchilik hollarda travmalar va radiatsion shikastlar bilan birga bo‘lishi mumkin.
YOrug‘lik nuri, alanga, qaynoq suv va issiq bug‘dan badan kuyishi termik kuyish deb ataladi. Badan terisi va shilliq pardalarga kuchli kislota va ishqorlar ta’sir qilganida ximiyaviy moddalardan kuyish xodisasi ro‘y beradi. Kislota va ishqorlar ta’sir qilgan joyining o‘zini shikastlanib qolmasdan, umuman butun organizmning zaharlanishiga ham sabab bo‘ladi. Napalm va boshqa yondiruvchi moddalardan badan kuyishi og‘ir bo‘ladi. Napalm badan terisi, kiyimga yopishib qoladi va tinmay yonaverib, birgina teri to‘qimalari emas, balki ostidagi sellyuloza muskullarni ham shikastlantiradi, chuqur-chuqur kuyuk yaralar xosil qiladi. Badan terisi va shilliq pardalarga radioaktiv moddalar tushib, uzoq ta’sir qilib turganida radiatsion kuyuk yaralar paydo bo‘ladi. Hamma turdagi kuyuk yaralarning nechog‘li og‘ir yoki engil o‘tishi to‘qimalarning qanchalik chuqur zararlanganiga va kuygan yuzaning katta-kichikligiga bog‘liq. Badan terisi va to‘qimalarning nechog‘li chuqur zararlanishiga qarab kuyishning to‘rtta darajasi farq qilinadi: engil (I), o‘rtacha og‘ir (II), og‘ir (III) va juda og‘ir (IV) darajasi.

Yüklə 4,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin