Maruza mashg’ulotlari 23-Mavzu: Chqbt va ute fani asosida kurs ishlarini tashkil qilish va bajarish. Reja


-Mavzu: Jarohatlar to‘g‘risida tushuncha. Jarohatlar tasnifi



Yüklə 4,03 Mb.
səhifə80/131
tarix09.12.2023
ölçüsü4,03 Mb.
#138510
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   131
Maruza mashg’ulotlari 23-Mavzu Chqbt va ute fani asosida kurs i (1)

34-Mavzu: Jarohatlar to‘g‘risida tushuncha. Jarohatlar tasnifi.
Reja:
1.Qon ketishi turlari. Qon ketishini vaqtincha to‘xtatish usullari.
2.Suyak sinishi to‘g‘risida tushuncha. Suyak sinishining turlari va uning belgilari.
3.Bosh suyagi, yelka, ko‘krak qafasi, oyoq yoki qo‘l suyaklari singanda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish.
Tayanch iboralar: Jaroxatlar, o’q, tekkan, kesilgan, chopilgan, sanchilgan, urilgan, ezilgan, yirtilgan, tishlangan.Qon, qon ketish, vaqtincha, to‘xtatish, usullari.
Qon ketishi turlari. Qon ketishini vaqtincha to‘xtatish usullari.
Qon ketishi (qonash) jarohatlarning bevosita hayotga xavf soluvchi eng xatarli asoratidir. Qon ketishi yoki qonash deganda shikastlangan tomirlardan qon chiqib turishi tushuniladi, qon ketishi birlamchi yoki ikkilamchi bo‘lishi mumkin. Tomirlar shikastlanganidan keiyn o‘sha zaxoti qon keta boshlashiga birlamchi qon ketishi deyilsa, birmuncha vaqtdan keyin qon keta boshlashiga ikkilamchi qon ketish deyiladi.
SHikastlangan tomirlarning tabiatiga qarab arteriyalardan, venalardan, kapillyarlardan qon ketishi va parenximatoz qon ketish turlariga bo‘linadi.
Arteriyalardan qon ketishi xatarlidir, bunda qisqa muddat ichida organizmdan talaygina miqdor qon ketib qolishi mumkin. Arteriyalardan qon ketishining alomatlari chiqayotgan qonning qirmizi qizil rangda bo‘lishi, uning otilib-otilib chiqib turishidir. Venalardan k­on ketishi arteriyalardan qon ketishidan farq qilib, birmuncha to‘qroq rangda bo‘ladi gap qonning uzluksiz ravishda oqib chiqib turishi bilan xarakterlanadi, bunda qon otilib chiqmaydi. Kapillyarlardan, qon ketishi teri, teri osti kletchatkasi va muskullardagi mayda-mayda tomirlar zararlanganida ko‘riladi. Kapillyarlardan qon ketayotgan mahalda jarohatning butun yuzasi qonab turadi. Parenximatoz qon ketishi ichki organlar: jigar, taloq, buyrak, o‘pka zararlanganida boshlanadi (o‘pkadan qon ketishi hamisha hayot uchun xavfli bo‘ladi).
Qon ketishi tashqi va ichki bo‘lishi mumkin. Tashqi qon ketishida teri qoplamlari va ko‘rinib turgan shilliq pardalardagi jarohat orqali yoki bo‘shliqlardan qon kelib turadi. Ichki qon ketishida to‘qimalar, organ yoki bo‘shliqlar qon bo‘lib ketadi, qon quyulishi deb shunga aytiladi. To‘qimalarga qon quyulganida qon singib o‘tib, ularni shishirib yuboradi, infiltrat yoki qontalash deb shunga aytiladi. qon to‘qimalarga bir tekis singib o‘tmasdan, to‘qimalarni so‘rib qo‘yganligi tufayli qon bilan to‘la cheklangan bo‘shliq yuzaga kelgan bo‘lsa, buni gematoma deyiladi. Odamning ayniqsa bir yo‘la har xil og‘ir shikastlarga uchragan maxallarida birdan 1-2 litr qon yo‘qotib qo‘yishi o‘limga olib kelishi mumkin.
Mashg‘ulot raxbari ana shularni aytib, ko‘rsatib tushuntirib bo‘lganidan keyin o‘ziga yordamchi qilib olgan o‘quvchi va rasmli plakatlardan foydalanib arteriya qon tomirlarini barmoq bilan bosish nuqtalarini ko‘rsatib tushuntiradi. SHundan keyin o‘quvchilar o‘qituvchi ko‘rsatgan nuqtalarni o‘z yonidagi sheriklari bilan bir-birlaridan foydalanib topishga harakat qiladilar.Mashg‘ulot raxbari esa o‘quvchilar harakatini kuzatib ularga kerakli yordamni va ko‘rsatmalarni beradi.
Mashg‘ulot raxbari ushbu mashg‘ulotni amaliy shaklda o‘tkazadi. Bunda u rasmli plakatlarga xam o‘quvchilar e’tiborini qaratadi. O‘quvchilardan bemor o‘rnida turgan o‘quvchi bilan barcha harakatlarni tartib bilan ko‘rsatib tushuntiradi. Tushuntirishda o‘quvchilarning diqqat e’tiborini qon to‘xtatishda foydalaniladigan qo‘lbola vositalarni to‘g‘ri tanlay bilishga va uning ahamyatiga qaratadi. SHundan keyin mashg‘ulot raxbari qolgan vaqt hisobidan o‘quvchilar bir-birlari bilanqon to‘xtatish bo‘yicha ko‘rsatilgan harakatlarni bajaradilar.
Ular tomonidan yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarga mashg‘ulot raxbari tuzatishlar kiritadi.



Yüklə 4,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin