Maruza mashg’ulotlari 23-Mavzu Chqbt va ute fani asosida kurs i (1)
Dushmanni erdan va xavodan ko‘zatish uchun ko‘zatuvchilar tayinlanadi. Piyodalar jangovar mashinasi, tank va bronetransportyordan aylana bo‘ylab ko‘zatuv olib boriladi. Ko‘zatish sektori shahsiy tarkibni, ko‘zatuv moslamasini va tuynukni joylashuviga qarab tayinlanadi.
Ko‘zatuv sektorida tunda ko‘zatuv olib borilganda, albatta, eshituv bilan birga kushib olib boriladi.
Eshituv - razvedka usullaridan biri bo‘lib, dushman bilan bevosita to‘qnash kelish xolatida va dushman orkdsida razvedka olib borganda keng qo‘llaniladi.
Eshituv kunning istalgan vaqtida, ayniqsa, tunda, ko‘rinish cheklanganda texnik vositalarni qo‘llab yoki qo‘llamasdan olib boriladi.
Texnika vositalarisiz eshitib razvedka dilganda tovushlarni eshitish (qo‘lok solish) orqali, dushmanni kderdaligi, faoliyati xususiyatlarini aniqlash imko-nini beradi. Eshitib razvedka kilish maydoni joylarning xususiyati, iqlim sharoiti va dushman faoliyatiga bog‘liq, bo‘lib, bir necha yuz metrdan bir necha kilometrgacha bulishi mumkin. Eshitib razvedka qilishni bo‘linma ko‘zatuvchilari, ko‘zatuv posti (punkt) ko‘zatuvchilari hamda razvedka harakatlarida qatnashayotgan razvedka organlari va poyloqchi, ko‘rikchi bo‘linmalardan maxsus tayinlangan razvedkachilar olib boradilar. Eshitish orqali razvedka qilib olingan ma’lumotlar boshqa razvedka usullari bilan tekshiriladi.
Pistirma - razvedka usullaridan biri bo‘lib, u barcha jang turlarida, razvedka dozori, jangovar razvedka dozori, dozordagi seksiya (tank) hamda maxsus tayinlangan guruxlar tomonidan qo‘llaniladi.
YAxshi tashkil etilgan va tayyorlangan pistirma - bu dushman uchun o‘ziga xos kopqondir, o‘nga tushib qolish oson, undan chiqib ketish esa kiyin bo‘ladi.
Razvedkaning bu usuli tankchi bo‘linmalar tomonidan ham kup qo‘llaniladi.
Pistirma dushman harakati k o‘tilayotgan yo‘nalishlarda, tezlik bilan jangovar tartibga yoyilishi kiyin bo‘lgan hamda o‘t ochishning va atakaning to‘satdanligini ta’-minlaydigan joylarda tashkil etiladi.
Pistirma qo‘yiladigan yaududdagi joylar guruh shahsiy tarkibi yashirin joylashuvini, puxta ta’minlaydigan xamda dushmanga tezlikda xujum kilib, yashirincha o‘z qo‘shinlari tomonga kaytarishiga qulay bulishi kerak.
Pistirmaga tayinlangan guruya, pulemyot, granatomyot seksiyasi (raschyota), sara seksiyasi (vzvodni o‘t bilan madad guruhiining ATS-17 va PKM raschyota), minomyot, alanga otuvchilar (ognemyot), muxadis-sapyor bulinmalari xamda boshqa kuch va vositalar bilan kuchaytirilishi mumkin.)
Dushman kelishi ko‘tilayotgan tomondagi temir yo‘l stansiyasi, ko‘prik ostonalari, kabriston, axoli punktining chetlari pistirma qo‘yish uchun qulay joy, deb xisoblanmaydi.
CHunki, aynan shunday rayonlarga yaqinlashganda dushman xushyorlikni oshiradi va pistirmani sezib qolish imkoniyati yuqori bo‘ladi.
SHuning uchun pistirma qo‘yish joyini tor daralar, tusikdar, ekinzorlarni chiqish joylaridan, axoli punkta ichidagi daraxtzorlardan, oldindan uzib qo‘yilgan telefon liniyasi yaqinidan, aloqachilar, uk-dori (ozik,-ovkat) tashuvchilar, avtomashinalar yo‘lidan, suv xavzalari va boshqa ob’ektlarga yaqin joylardan tanlash kerak.
Pistirmadan maksad - oz miqdordagi kuch bilan nisbatan kup dushmanga to‘satdan o‘t ochib, uni va vaximaga solib, parokanda qilib talofat etkazish, o‘t ochish vositalarini yakson qilish , xujjatlar, yangi kurol-aslaxa namunalari va asirlarni qo‘lga olishdan iborat.
Dushmanning yakka xarbiy xizmatchilari yoki belgilangan marshda harakatlanayotgan kichik guruhlari, jangovar va transport mashinalari pistirma ob’ekta bulishi mumkin.
Pistirma tarkibidan oldinga yuborilgan ko‘zatuvchi-lar (ko‘zatuv posta), yaqinlashayotgan dushmanni o‘z vaqtida sezib, bu haqda guruh komandiriga radio yoki o‘rnatilgan maxfiy signal orkdli bildiruv berishi kerak.
Dushmanni kichik guruhlari, yakka askarlari va ofitserlari o‘t ochmasdan, seksiya
( guruh) tomonidan to‘satdan xujum qilib qo‘lga olinadi.
Dushmanni yirik guruhlari juda yaqin masofaga keltirilib, tayinlangan o‘t bilan ta’minot guruhi tomonidan xanjarsimon o‘t ochish usulida yo‘q qilinadi. Dushmanni omon dolgan ofitser va askarlari xujum guruhi tomonidan asirga olinadi. Dushmanni yangi kurol-aslaxa va jangovar texnikasi iloji boricha qo‘lga olinadi, jangovar texnikadagi yozuvlar, shartli belgilar chizib olinadi yoki rasmga olinadi. Ulganlar, yakson bo‘lgan jangovar texnika tintib chiqiladi va barcha qo‘lga tushgan xujjatlar olib qo‘yiladi.
Pistirmadagi faoliyat o‘tashi bilan guruh darxol pozitsiyadan olinadi va yashirincha ketadi.
Ba’zida seksiyalarga bulinib, turli yo‘nalishlarga ketadilar, keyinchalik guruh komandiri kursatmasi bo‘yicha tayinlangan rayonga yig‘iladilar.
Dushman pistirmani bilib qolsa, guruh komandiri jang qilib ordaga qaytishni tashkil etadi va dushmanlardan tayoyr olishga harakat qiladi.
Pistirmada eng asosiysi - yashirin tayyorgarlik, bildirmasdan o‘t ochish pozitsiyalarini egallash, tabiiydek niqblanish, kutalmaganda samarali o‘t ochish va qo‘lga olish uchun shiddatli, tezqor harakatlar qilishdir.
guruh komandiri pistirmani tashkil etganda pis-tirmaga kirib keladigan joylardagi ko‘zatuvchilar (ko‘zatuv posta) o‘rnini shaxsan o‘zi belgilaydi, o‘t ochish tizimini puxta tashkil etadi.
Dushman ko‘ringanda harakat qilish , boshqaruv signallari hamda vazifani bajargandan keyingi harakatlar tartibini belgilaydi. vaqt etarli bo‘lganda, pistirma pozitsiyalarida yotib o‘t ochish uchun okoplar kovlanadi va puxta niqoblanadi, pistirma ostonalari, odatda, minalashtiriladi.