Bakteriyali qurolni markazi. Bakteriyali zararlanish markazi deb bakteriyali qurolning ta’siriga giriftor bo’lgan ellar markazi, qishloq xo’jaligi ob’ektlariga aytiladi. Uning chegaralarini bakteriyali ma’lumotlar asosida shu oraliqda va betob odamlarda, hayvonlarda va o’simliklarda laboratoriya tekshirish yo’li bilan aniqlanadi.
O‘t ochish pozitsiyasi tushunchasi. Joydagi predmetlarni mudofaaga moslashtirish. O‘t ochish sektorini tozalash. Portlaydigan, portlamaydigan va aralash muxandislik to‘siqlari Muhandislik ta’minoti guruhga (sektsiyaga, tankka) jangovar vazifani muvaffaqiyatli bajarish uchun zarur sharoitlar yaratish, shunindek, shaxsiy tarkibni, qurol yarog’i va texnikani turli talofat yetkazuvchi vositalardan himoya qilish maqsadlarida tashkil etilib, amalga oshiriladi.
Gurux (sektsiya, tank) faoliyatini muhandislik jihatdan ta’minlash vazifalari quyidagicha: tayanch punktini (ut ochish pozitsiyasini) va guruh (sektsiya, tank) joylashgan yerni fortifikatsion jixozlash va niqoblash; egallangan pozitsiyada mina-portlovchi va portlamaydigan to’siqlar o’rnatish; to’siqlarva vayronalar orasida yo’laklar barpo etish va ularni saqlab turish; dushman tusiqlarini, suv xavzalarini va yullar holatini razvedka qilish.
Gruppaning (sektsiya, tank) tayanch punktini (pozitsiya) muhandislik jixatdan jig’ozlash mobaynida u fortifikatsion jihozlanib, niqoblash ishlari amalga oshiriladi. Shuningdek, pozitsiya oldiga va ung qanotlariga minag’portlovchi va portlamaydigan to’siqlar o’rnatladi.
Fortifikatsion jihozlash davomida tayanch punktida va pozitsiyalarda o’t ochishni yuritish, kuzatish, jangni boshqarish, o’axsiy tarkibni himoya qilish uchun qulay sharoitlar yaratish, shuningdek, jangovar texnikalar, o’q-dorilarga joy yaratish maqsadlarida fortifikatsion inshootlar qurilishi nazarda tutiladi.
Sektsiya pozitsiyasida avtomatchilar, pulemyot va granatomyot uchun transheyalar bilan bog’langan okoplar, PJM (BTR) uchun asosiy va zaxira okoplar yaratiladi, ular transheyalar bilan xandaq yulaklar orqali bog’lanadi, shuningdek, shaxsiy tarkib va PJM (BTR) ekipaji uchun ximoyalanish maqsadida yopiq yerkapalar qaziladi.
Guruhning tayan punktini jihozlash mobaynida pozitsiyalarni xandaq yulaklari va transheyalari o’zaro bog’lanadi. Guruhning KKP jihozlanadi. Mergan, berilgan tank, granatomyotlar, pulemyotlar raschyoti uchun asosiy va zaxira o’t ochish pozitsiyalarini (okoplar) barpo etiladi.
Motoo’qchi vzvodning birinchi eshelondagi guruhi tayanch punktini fortifikatsion jihozlash davomida sektsiyaning xandaq yulaklari bilan tutashtirilib, doira sifatida bog’lanadi. Ushbu doirasimon xandaq yulakka guruhning KKP, mergan berilgan tank, granatamyotchilar va pulemyotchilar raschyoti uchun asosiy va zaxira o’t ochish pozitsiyalarini (okoplar) yakinlashtirilib bog’lanadi.
Xandaq yulaklarining alohida uchastkalari usti yopilib, aylanasiga mudofaa yuritish uchun moslanadi. Doirasimon xandaq yulaklar bilan motoo’qchi vzvodi tayanch punktini bog’lovchi yulak qaziladi.
Motoo’qchi vzvodning ikkinchi eshelonidagi guruh tayanch punktida sektsiyalarni xandaq yulaklari bog’lanmaydi (boshi berk yulaklar qaziladi). Guruhning xandaq yulagi, sektsiya transheyasidan boshlanib, vzvod tayanch punkti ichkarisiga qadar davom etadi. Guruhni xandaq yulagiga mergan uchun okoplar, tankning asosiy va zaxira o’t ochish pozitsiyalari yakin kilib bog’lanadi. Bu xolda aylanasiga mudofaa olib borish uchun guruhning tayanch punkti atrofida PJMning zaxira okoplari, pulemyot uchun maydonchalar va ikki uchun o’qchi uchun okoplar barpo etiladi.
Guruhning KKPda oskolkalaridan to’sishga moslab jihozlangan kuzatuv joyi, ochiq kuzatuv tokchasi (joyi)va blindaj (yopik yerkapa) qaziladi.
Fortifikatsion inshootni joylashtirish mobaynida joyning himoya va niqoblash xususiyatlarini hisobga olish zarur. Okop uchun joy shunday tanlanishi lozimki, toki u yerdan berilagan sektorni yaxshi kuzatish va o’t ochish imkoni bo’lsin. SHu jumladan, dushmanga ham sezilmasligi kerak. Okop qazish uchun eng qulay joy bu tepaliklarning dushman kutilayotgan tomondagi etaklaridir. Okoplar tepaliklarning topografik cho’qqilarida qazilganda yaqin masofalardagi ko’rinmas bo’shliqlar soni ko’pligi sababli ularni kuzatish va u yerlarga o’t ochish qiyinlashadi. Okoplar tepaliklarning orki tomonlardagi etaklaridan qazilganda ular topografik chuqqilardan 200 m masofadan oshmay qazilishi darkor. Okop do’ngliklari imkon qadar yassilanishi, dushman sezilmaydigan, zichlangan (kurak bilan urib chiqiladi) va chim, xashak yoki shoxlar bilan niqoblangan bulmog’i kerak.
O’t ochish uchun tuynuk 60o oshiq bo’lmagan otish sektoriga ega bo’lishi zarur. Okopning ichki yonboshidan o’qdorilar uchun tokcha qilinadi, ikki o’qchi uchun okop, ikkita o’t ochish sektoriga va o’q-dorilar uchun ikkita tokchaga ega bo’lishi kerak.
Transheyalar jang mobaynida o’t ochishni taxminlash, kuzatish, pinxona joylashish va bo’linma manyovr qilishi uchun mo’ljallangan. Transheya – bu chuqurligi 110 – 150 sm, tubi buyicha eni 40-50 sm, avtomatlar va pulemyotlardan o’t ochish uchun joy va maydonchalarga, shaxsiy tarkibni yashirish uchun to’siqqa va o’q-dorilar uchun tokchalarga ega bo’lgan xandaqldan iborat qurilma.
Transheyalani qazish mobaynida, avvalambor uning rejasi, qo’l bilan qaziladigan bo’lsa 20-30 m uzunlikda, egri va to’g’ri chiziqlari chizib olinadi (er qazish mashinasi bilan qaziladigan bo’lsa 40-50 m uzunlikda).
Transheya yer qazish mashinasi bilan qazilgach, u tuproqdan tozalanib, o’t ochish uchun tuynuk, o’t ochish joylari va maydonchalari, ximoya ayvoni, o’q-dorilar uchun tokchalar bilan jixozdanadi. SHuningdek, tuprog’i bo’sh va to’kiladigan joylarda transheyalarga qo’shimcha xodalar, yog’ochlar yoki shunga o’xshash materiallar yotqizilib mustaxkamlanadi. Transheyalarni yer usti (yomg’ir) suvlaridan ximoya qilish uchun uning atrofida ariqchalar, suv yig’iladigan quduqlar va suvni emib oladigan o’ralar qaziladi.
Tanklar va piyodalar jangovar mashinalarini uchun okoplar o’t ochishni ta’minlashga qulay sharoitlar yaratish, qazuvchi vositalaridan mustahkam himoya qilish maqsadida qaziladi.
Quyilgan vazifa va joy sharoitlariga ko’ra tanklar va piyodalar jangovar mashinasi uchun okop, aylana yoki cheklangan o’t ochish sektori bilan qaziladi. Ushbu okoplarning xususiyati g’ ularning to’g’ri burchakligidir, bu esa mexanizatsiya vositalaridan, shu jumladan, osma moslamali buldozerlardan unumli foydalanish imkonini yaratadi.
SHaxsiy tarkibni tayanch punktidagi yashirinish joylari, (ochiq va yopiq yerkaplar, blindajlar) odatda, okoplarga, transheyalarga va xandaq yulaklarga bog’lanib, birlashtirilib joylashtiriladi. Ochiq yerkapa 3-4 m uzunlikda, chuqurligi 1.5 m, tubining eni 60 sm qilib qovlanadi.
Tevarak – atrof joylarda do’ngliklar va o’simliklar ko’p bo’lib, ko’rinishga va o’t ochishga halal beradigan bo’lsa, kuzatuv va o’t ochishga uchun qilingan transheya va okoplar juda chuqur qilinmasdan do’ngligi (brustveri) ko’tarib jihozlanadi.
Hujumda:
- muxandislik to’siqlar va g’ovlarni bosib o’tishda , ulardan o’tish usullari , o’tish joyi o’rnini va raqami belgisini , bo’linmalarni unga tomon harakatlanib borishi va to’siqlardan o’tish tartibini hamda dushmanlarning to’siq va g’ovlaridan o’tish usullarini
- suv to’siqlaridan o’tishda har bir PJM , BTR va tanklar uchun daryoga borish marshrutini , bundan tashqari , tank gurux komandiri paromga yuklash joyi va parom raqamini ko’rsatadi.