Asosiy adabiyotlar
1.Abdirasilov S.. Tolipov N. Tasviriy san’at o’qitish metodikasi. O’quv qo'llanma. Т.: Aloqachi. 2007 yil. - 110 bet.
2.Abdirasilov S. Tasviriy san'at o’qitish metodikasi. Darslik. T:. Fan va texnologiya nashriyoti: 2012 yil. -230 bet.
3.Hasanov R. Maktabda tasviriy san’atni o'qitish metodikasi. Darslik.-T.: Fan. 2004.
Qo’shimcha adabiyotlar
4.Xodjaboyev A.R., Xusanov I.A. Kasbiy ta’lim metodologiyasi. - Т.: “Fan va texnologiya", 2007, -192 b.
5.Azizxo’jayeva N.N. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar. Т.: 2002 у.
MAVZUNING MATNI
Pedagogik tajribalardan Shu narsa ma’lumki, o‘quvchilarga beriladigan bilim va malakalarning samarali bo‘lishi asosan o‘qituvchining darsga qay darajada tayyorgarlik ko‘rishiga bog‘liqdir.
Har bir tasviriy san’at o‘qituvchisi o‘z darsiga ham nazariy, ham amaliy jihatdan puxta tayyorgarlik ko‘rsagina uning dars samaradorligi ham yuqori darajada bo‘ladi.
Ma’lumki, maktab tasviriy san’ati mashg‘ulotlarini tashkil etish ancha murakkab. Chunki tasviriy san’atni har bir dars mashg‘uloti uchun bir qator didaktik va ko‘rgazma materiallar (rasm daftar, qalam, o‘chirg‘ich, akvarel bo‘yog‘i, palitra qog‘ozlari kabilar) zarur bo‘ladi. Shuningdek, natura va naturmort postanovkasini qo‘yish uchun – taglik, fon uchun material, yorug‘-soyani me’yorda ko‘rsatish uchun yoritish reflektrlari va hokazolar zarur bo‘ladi.
Shuningdek, rasm chiziladigan predmet-natura yoki obyektlar haqida ilmiy ma’lumotlarga ega bo‘lish zarur. Bularning hammasi bo‘ladigan dars konspektida o‘z ifodasini topmog‘i darkor. Shunga ko‘ra tasviriy san’at o‘quv predmetining har bir mashg‘uloti uchun mukammal holda, ilmiy asosda yozilgan dars konspekti bo‘lishi kerak.
Tasviriy san’at darsi bo‘yicha yozilgan konspekt 45 daqiqali dars jarayonining har bir elementini ilmiy asosda ifodalab, unda amalga oshirilayotgan ta’limiy va tarbiyaviy faoliyatni bir me’yorda, tartibda, sistemali bo‘lishini ta’minlamog‘i lozim.
Dostları ilə paylaş: |