Mashg’ulot vaqti-80 daqiqa Talabalar soni: 60 gacha


-mavzu: Oilada farzand tarbiyasi va axloqiy qadriyatlar



Yüklə 125,88 Kb.
səhifə8/24
tarix31.12.2021
ölçüsü125,88 Kb.
#112895
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24
Axloqiy e'tiqod

5-mavzu: Oilada farzand tarbiyasi va axloqiy qadriyatlar

Reja:

  1. Axloqiy qadriyatlar va ularning farzand tarbiyasiga ta’siri.

  2. Ma’naviy barkamol, jismoniy sog’lom farzandlarni voyaga etkazishda oilada amalga oshiriladigan axloq odob tarbiyasining o‘rni.

1-masalaning bayoni. O‘zbekistonda xalq ma’naviy-axloqiy merosining jamiyat hayotidagi o‘rni masalasiga yangicha qarash jamiyatning tadrijiy rivojlanishi uchun nihoyatda katta ahamiyatga ega ekanligi tobora ayon bo‘lib bormoqda. Qadim davrlardan to hozirgi zamonamizgacha yaratilib, avlodlarning ezgu ishlariga xizmat qilib kelgan boy axloqiy, siyosiy, huquqiy merosimizni, milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimizni o‘rganib, xalqqa etkazish, kelajak asoslarini yaratishga xizmat qildirish muhim vazifalardan biri bo‘lib, ulug’ allomalarimizning axloq, xulq-odob, ta’lim-tarbiya masalalariga oid asarlari, dono va ibratli so‘zlari, pand-nasihatlari yosh avlodni barkamol insonlar qilib tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega.

Asrlar mobaynida shakllanib kelgan axloqiy qarashlar va ularning ijtimoiy-ma’naviy ildizlari, jahonda va mintaqada axloqshunoslik ilmining turli yo‘nalishlari va ularda ma’naviyatga oid muammolarning in’ikos topishini o‘rganish orqali O‘zbekistonda ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalarini jahon axloq ilmi yutuq va kamchiliklarini qiyosiy tahlili va xalqimiz ma’naviy-axloqiy merosiga tayangan holda hal qilish yo‘llarini izlab topish va ularni hayotga tatbiq etish ushbu fan yo‘nalishining asosiy maqsadi hisoblanadi. Shu asosiy maqsadning ijrosi yo‘lida quyidagi vazifalarni amalga oshirish ko‘zda tutiladi:

O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimov asarlaridagi milliy ma’naviyat va milliy axloq, ularning o‘zaro bog’liqligi va bugungi kun uchun alohida ahamiyati haqidagi qarashlarni o‘rganish;

O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimovning «Axloq - ma’naviyatning’ o‘zagi» deb bergan ta’rifining’ mazmun-mohiyatini anglab etish;

Millatning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi milliy taraqqiyotning muhim omili ekanligini, uning sabablari va oqibatlarini tushunish;

Mustaqil O‘zbekiston davlati tomonidan yosh avlodning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini yaxshilashga qaratilgan amaliy tadbirlar haqida ma’lumot hosil qilish;

Milliy g’oyani shakllantirish va fuqarolik jamiyati asoslarini
yaratishda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarning o‘rnini aniqlash;

Jahon fanida ma’naviyat va axloq sohalarining o‘rganilish darajasi, bu sohada jahon fani erishgan yutuq va kamchiliklarni ko‘zdan kechirish;

Milliy ma’naviyatimiz tarixida axloq ilmiga oid yaratilgan asarlar va ularning mazmun-mundarijasi, Sharq mutafakkirlari ijodiy faoliyatida axloq va axloqiy tarbiya masalalari, ijtimoiy hayotning ma’naviy-axloqiy negizlari xususidagi qarashlarini ilmiy-nazariy tahlil qilib, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib ko‘rsatish;

Axloqiy fazilatlar va ma’naviy kamolot omillarini tadqiq etishda o‘tmish allomalarimizning xizmatlarini anglab etish va ular erishgan yutuqlarning bugungi kun uchun ahamiyatini, ma’naviy meros namunalaridan jamiyatning ma’naviy-axloqiy negizlarini shakllan-tirishda to‘g’ri foydalanishni o‘rganish;

Ma’naviyat, madaniyat va axloqning o‘zaro nisbatlari, axloq va uning fuqarolik jamiyatining shakllanishi va taraqqiyotidagi ahamiyati, ma’naviyat va axloq sohalarining o‘zaro umumiy va farqli jihatlari, ularning ilmiy-qiyosiy ta’riflanishi, shaxs ma’naviyatining asosiy jihatlari va etakchi axloqiy fazilatlar, bosh ma’naviy qadriyatlarning shaxs axloqida o‘ziga xos akslanishi kabi masalalarni batafsil tahlil etish;

Mustaqil O‘zbekistonda ma’naviy va axloqiy tarbiyaning dolzarb masalalari, inson va jamiyat hayotida ma’naviyat va axloqning o‘rni, insonning ma’naviy-axloqiy holatiga iqtisodiy va siyosiy omillarning ta’siri, shaxsninig ma’naviy-axloqiy tarbiyasida din va ijtimoiy fanlarning roli, bugungi kunda yosh avlodning ma’naviy va axloqiy tarbiyasiga ta’sir o‘tkazayotgan turli omillar va ularning oqibatlarini o‘rganish;

Yosh avlod ma’naviy-axloqiy tarbiyasida mumtoz milliy san’at va adabiyotimiz, jahon madaniyati va san’atining yuksak namunalaridan unumli foydalanish shakl va usullari, ma’naviy-axloqiy tarbiyada oila va jamiyat munosabatlari, oila, mahalla, ta’lim tizimining millat ma’naviy-axloqiy tarbiyasidagi ahamiyatiga oid eng dolzarb masalalarni tadqiq etish va tavsiyalar berish.

“Axloqshunoslik” bir necha ming yillik tarixga ega bo‘lgan qadimiy fan. U bizda “Axloq ilmi”, “Odobnoma” singari nomlar bilan atab kelingan. Evropada esa “Etika” nomi bilan mashhur, biz ham yaqin-yaqingacha shu atamani qo‘llar edik. Bu termin dastlab “manzildoshlik”, “yashash joyi”, keyinchalik esa “odat”, “fe’l”, “fikrlash tarzi” singari ma’nolarni anglatgan yunoncha “ethos” so‘zidan olingan bo‘lib, tarixda birinchi marta Aristotel tomonidan alohida fan nomi sifatida ishlatilgan.

O‘zbek tilida biz ishlatadigan “axloq” so‘zi lug’aviy kelib chiqishiga ko‘ra arab tilidagi “xulq” so‘zining ko‘plik shaklini anglatadi. “Xalaqa” – arab tilida “yaratmoq”, “paydo qilmoq” ma’nosidagi fe’l bo‘lib, shu ma’noda Alloh taolo “Xalloqi olam” ya’ni butun borliqning yaratuvchisi hisoblanadi. Arab tilida “xoliq”“yaratuvchi”, “maxluq” – “yaratilgan” (ya’ni Alloh taolo tomonidan yaratilgan barcha mavjudotlar, jumladan, inson ham) ma’nolarini bildiradi. “Xulq” esa ana shu yaratilgan mavjudotlardan har birining o‘ziga xos tabiatini (tabiiy xususiyatlarini) bildiradi. Islom mintaqa madaniyatida axloq ilmi insonlarning tabiiy xislatlarini yaxshi tomonga o‘zgartirib, axloqiy fazilatlarga aylantirish masalasini birinchi o‘ringa qo‘yadi.

Ma’lumki, inson va jamiyat hayoti uch asosiy soha – iqtisod, siyosat va ma’naviyat yo‘nalishlarining murakkab chatishuvidan tashkil topadi. Shu paytgacha jahon ilmida iqtisod va siyosat yo‘nalishlari chuqur o‘rganilgani holda ma’naviyat sohasi alohida yaxlit voqelik sifatida etarlicha tadqiq etilmadi va alohida fan sifatida shakllanmadi. Bu sohaning muammolari odatda o‘zaro bog’lanmagan, chala-yarim holda “Falsafa”, “Ruxshunoslik”, “Jamiyatshunoslik”, “Tarbiyashunoslik”, “Dinshunoslik” kabi qator fanlar doirasida tilga olindi. Ushbu fanlarning barchasi bilan Evropa ilmida uzoq vaqt ko‘proq faylasuflar shug’ullangani va turli faylasuflar tomonidan Borliq haqiqati turlicha talqin qilingani tufayli bu fanlarning har biri aslida ma’naviyatga oid muammolarga o‘z asosiy mavzulari nuqtai nazaridan yondoshib, noto‘kis xulosalar bilan cheklanishga majbur bo‘lishgan1.




Yüklə 125,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin