Innovative Developments in Sciences, Education and Humanities Hosted New York, USA https: econferencezone.org April 28 th 2022 100
hamma bosqichlariga uyg‘unlashtirilib, bir-biriga bog‘liq holda olib boriladi. So‘z tarkibidan tovushlarni
ajratish va uni to‘g‘ri talaffuz qilish mashqida, o‘quvchilarga yangi tovush hamda uning yozuvdagi belgisini
o‘rgatishda, mustahkamlash mashqlarida, albatta, analiz-sintez metodidan foydalaniladi. Chunki bu usul
o‘quvchilarning o‘qish va yozish malakalarini ongli ravishda o‘zlashtirishga imkon beradi, ularda harflab
o‘qishdan bo‘g‘inlab o‘qishga o‘tish malakasini osonlashtiradi.
Buning uchun o‘qituvchining mahorati, sinfning ruhiy holatini chuqur anglashi, bo‘g‘in, so‘z va gapga doir
ko‘rgazmalarni o‘rinli qo‘llay olishi, darsda didaktik mashg‘ulotga keng o‘rin berishi asosiy rol o‘ynaydi.
Shunda Davlat ta’lim standartidagi «harflarni to‘g‘ri talaffuz etish», «So‘zlarni to‘g‘ri o‘qish», «So‘z
urg‘ulariga rioya qilish», «Gap ohangiga amal qilgan holda ravon va obrazli o‘qish» talablari yuzaga chiqadi.
Pedagogik tajribalarga tayangan holda yangi tovush va harflarni analiz-sintez metodi asosida o‘rgatish
quyidagi tartibda olib borilishi maqsadga muvofiq sanaladi.
Analiz uchun
1. Nutq tarkibidan gapni ajratish.
2. Gapdan so‘zlarni ajratish va so‘zlarning bosh shaklini topish.
3. So‘z ichidagi yangi tovushni aniqlash va uning bo‘g‘indagi o‘rnini belgilash.
4. Bo‘g‘in tarkibidagi yangi tovushlarning talaffuzini orfoepik me’yorda o‘rganish.
5. Bosma harfda o‘rgatilgan yangi tovushning yozma shaklini tanishtirish.
Sintez uchun
1.Kesma harflardan foydalanib, so‘z tuzish va bo‘g‘inga ajratish.
2.Yangi o‘qitiladigan matn so‘zlarining bosh shaklini aniqlash va kesma harflardan foydalanib o‘sha so‘zlarni
bo‘g‘inlash.
3.Berilgan so‘zlardan gap tuzish.
4.Berilgan kichik-kichik gaplardan matn yaratish.
5.Uch-to‘rt so‘zli sodda gaplardan nutq hosil qilish.
«Alifbe» ruhiy-lisoniy nuqtayi nazardan tovush va harfni o‘rgatishning tartibini o‘zida mujassam etgan darslik
bo‘lib, analiz-sintez metodiga shaklan va mazmunan moslanganki, shu jihatdan biz uni savod o‘rgatishning
manbayi, deb tan olamiz. Shu manba orqali o‘quvchilar axloqiy, g‘oyaviy-ma’naviy milliy-an’anaviy,
tabiatni sevish, qadriyatlarni anglash, mehnat va nafosat tarbiyasini olish, kelajakka yangi nigoh bilan qarash
sharafiga muyassar bo‘lishadi.
Davlat ta’lim standartining ona tili o‘qitish dasturida savod o‘rgatish jarayoni oddiy sinflarda 21-
martgacha, iqtidorli sinflarda yanvar oyigacha davom etadi, deb ko‘rsatilgan. Ammo oddiy va iqtidorli
sinflarda o‘quvchilarga beriladigan ta’lim, tarbiya va talab bir xil bo‘lib, ular muddat jihatidangina farq qiladi.
Oddiy va iqtidorli sinflarning har birida alohida o‘quv rejasi tuziladi. Qizg‘in, nozik hamda jiddiy bu jarayonni
mohir metodistlar uch davrga bo‘lishadi:
1.Alifbegacha bo‘lgan davr (bir hafta).
2.Alifbe davri (uch oy-u bir haftadan olti oygacha).
3.Alifbedan so‘nggi davr (ikki hafta).
Alifbegacha bo‘lgan davr tavsifiga o‘tishdan avval boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi 6—7 yoshli bolalarni
fiziologik va ruhiy holatini pedagogik-psixologik nuqtayi nazardan mo‘tadil o‘rgangan bo‘lishi kerakligiga
e’tibor beraylik. Endigina maktabga qadam qo‘ygan bola uzoq davom etadigan mashg‘ulotlarga ko‘nikishi
qiyin. Тez toliqadi.
Chunki u kechagina o‘yin bolasi edi. O‘qituvchi buni hisobga olib, mashg‘ulotlar shakli va usullarini
o‘zgartirib turishi va ayniqsa, tayyorgarlik davridagi mashg‘ulotlarni ixcham va jozibali tarzda tashkil etishi
lozim. Chunki bolalar birdaniga o‘yindan voz kechib, aqliy faoliyatga kirishib ketolmaydi. Shunday ekan,
o‘qituvchi alifbegacha bo‘lgan davrning ish ko‘lamini puxta rejalashtirib olishi, uning vazifalarini belgilab
qo‘ygan bo‘lishi zarur. Zotan, o‘qituvchi faoliyatining muhim bosqichi, bu—didaktik jarayon (yoki o‘quv-
bilish tuzilmasi)ni rejalash (loyihalash) hisoblanadi. Aynan shu didaktik jarayon yangi pedagogik
texnologiyaning asosini tashkil qiladi.
Shu o‘rinda fikrimizga aniqlik kiritmoq ma’qul, ya’ni didaktik jarayon mohiyati nima va uni loyihalashga
qanday pedagogik talablar qo‘yiladi? Bu savolga qisqacha javob berish uchun «Yangi pedagogik