63
Payvandlash qizdirilgan asbob yordamida,
yuqori chas-
totali tokda, ultratovush, gaz yordamida va boshqa usullar bilan
bajariladi.
Eng ko‘p tarqalgan usul qizdirilgan gaz oqimida payvand-
lashdir. Yumshagan chok materiali qo‘l bilan yopishtiriladi.
Plastmassalarni yelimlab biriktirish ham mumkin.
4.6. Plastmassalarga mexanik ishlov berish
Sun’iy ravishda tayyorlangan kesish asboblari bilan plast-
massani ishlashda uning kichik issiqlik o‘tkazuvchanligini,
issiq-
likka chidamsizligini hisobga olish kerak. Kesish vaqtida plast-
massa tarkibidagi to‘ldiruvchilar tez yeyiladi. Shunga binoan,
plastmassani ishlash talabga javob bera oladigan qattiq qotish-
malar va tezkesar po‘latlardan tayyorlangan asboblar yorda-
mida bajariladi.
Ishlash vaqtida plastmassa yumshashi mumkin,
bunday
hollarda shakl buziladi. Shuning uchun uni sovuq havo bosimi
bilan sovitib turiladi. Frezalash, randalash, pardozlash, teshik
va rezba ochish jarayonlari bajariladi.
Bunday jarayonlarni
bajarish metall kesish dastgohlari yordamida amalga oshiriladi.
Soda (10—12 %), ohak (5—8 %) va qum (82—85 %) larni
pechga yuklab, 1350°C atrofida eritiladi. Shishalarni quyib,
bosim ostida ishlab, zarur shaklli, maqsadli detallar tayyor-
lanadi. Ular xalq xo‘jaligida keng ishlatiladigan material bo‘lib,
yaxshi xossalarga ega. Ayniqsa, har xil haroratdagi ish sharoitida
yuqori plastiklikka ega.
Rezinaning asosi kauchuk bo‘lib, unga har xil to‘ldiruvchi-
lar (plastifikatorlar, vulkanizatorlar,
rang beruvchilar, oltingu-
gurt va h. k) komponentlar kiritiladi. Kauchukning sintetik va
tabiiy xillari bo‘ladi. Mustahkamlikni oshirish uchun buyumga
har xil to‘qima materiallari qo‘shiladi. Qo‘shimchalar to‘qima
mashinalar yordamida aralashtiriladi. Rezina buyumlar bosim
ostida shakl berish bilan birga olinadi.
Rezinani
vulkanizatsiya qilish jarayoni deb,
buyumni
120—150°C gacha qizdirib, bosim bilan biriktirishga aytiladi.
Xom rezinani vulkanizatsiya qilish qizdirilgan bug‘ yoki qiz-
dirilgan havo bilan bajariladi. Kauchukni vulkanizatsiya qilishni
sovuq holda ham bajarish mumkin, lekin sifati past bo‘ladi.
Rezinadan tasmalar,
shinalar, har xil buyumlar tayyorlanadi.
Rezinada 25—30 % C bo‘lib, gaz holidagi qotishma sovitiladi
va unga shakl berib, ebonit hosil qilinadi.