70
Qattiqlik Brinell usuli bilan gidravlik va mexanik yuritmali
presslarda aniqlanadi.
Qattiqlikni Shor usuli bilan o‘lchash
Qattiqlikni Shor usuli bilan o‘lchashda yuk bilan unga
mahkamlangan indentor (odatda, po‘lat sharcha) N
p
baland-
likdan namunaning yuzasiga tik yo‘nalishda tushiriladi. Shor
usuli bilan qattiqlik indentorning
urilib qaytish balandligi H
o
ga
qarab aniqlanadi (21- rasm). Qattiqlik shkalasi 130 birlikka bo‘-
lingan. U toblangan evtektoid po‘latning qalinligi 100 birlikka
teng degan fikrga asoslanib hisoblangan. Bu asboblardan sho-
shilinch tahlillar uchun foydalaniladi. Shor bo‘yicha
qattiqlik
bilan boshqa usullar orasida hech qanday o‘zaro bog‘liqlik yo‘q.
Qattiqlikni o‘lchashda yuqorida aytib o‘tilgan usullarni
qo‘llash mumkin bo‘lmagan hollarda u og‘irligi o‘lchangan
egovlar yordamida aniqlanadi. Bu usulning aniqligi kam bo‘lsa
ham oddiy va uni sex sharoitida osongina tatbiq etish mumkin.
Zarbiy qovushoqlikni aniqlash dinamik yuklamada me-
tallning yemirilishiga moyilligini aniqlashga imkon berdi. Zarbiy
sinovlar materialning mo‘rtlashuvi (donlari
katta-kichikligining
o‘zgarishi, dispers fazalarning tushib qolishi, flokenlar paydo
bo‘lishi va h. k.) bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘pgina
tarkibiy
o‘zgarishlarni nisbatan oson aniqlash imkonini beradi. Zarb
ta’sirida sinish, ko‘pincha zavod amaliyotida metallarga ishlov
berish me’yorining to‘g‘riligini va me-
tallning sifatini baholash maqsadida qo‘l-
laniladi. Zarbiy
qovushoqlikni aniqlash
uchun besh turdagi (I—V) kesikli na-
munalardan foydalaniladi.
Namunaning yemirilishiga sarflangan
ishni bilgan
holda zarbiy qovushoqlikni
aniqlash mumkin:
KS=W/F.
Bu yerda:
F–namunaning sinashga qa-
dar kesilgan joydagi ko‘ndalang kesim
yuzi, m
2
,
W – namunaning yemirili-
shiga
sarflangan ish, MJ.
Asosiy namuna sifatida I turdagi na-
munalarni sinashda
KC simvoliga ke-
Dostları ilə paylaş: