Mavzu : bank tizimida yangi texnologiyalar qo‘llanilishi va ularning ahamiyati. Reja : Kirish I bob. Omonatlarni kafolatlash tizimi, uning zarurligi va turlari


Omonatlar himoyalash tizimining xususiy mulk shakli-



Yüklə 41,76 Kb.
səhifə7/11
tarix26.11.2023
ölçüsü41,76 Kb.
#136101
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
kurs ishi

Omonatlar himoyalash tizimining xususiy mulk shakli- omonatlarni himoyalash muassasining ustav kapitali unga a’zo bo’lgan tijorat banklarining mablag’lari hisobidan shakllanadi. Bunda bir tomondan omonatlarni kafolatlash tizimining mablag’larini maqsadli va effektiv tarzda ishlatilishi ta’minlanadi, lekin shu bilan birga kafolatlash tizimining daromadliligi va tizimning asosiy vazifalarini bajarish o’rtasida nomutanosiblik uyg’otishi mumkin. Chunki tijorat banklari ta’sischilar sifatida tushgan mablag’larni daromad keltiruvchi sohalarga jalb etib, omonatlarni himoyalash vazifalaridan chetga chiqishi ehtimoli bo’lishi mumkin.
Omonatlar himoyalash tizimining aralash mulk shakli amal qilishi quyidagicha bo’ladi: himoyalash tizimi muassasining ustav kapitali teng qismlarda davlat va mamlakatdagi tijorat banklari tomonidan tashkil etiladi. Xodimlar Markaziy bank va tijorat banklari tomonidan tayinlanadi.
Omonatlarni kafolatlash tizimida davlatning ishtirok etishi juda muhim masala hisoblanadi. Chunki omonatchilarga davlatning kafolati aholining bu tizimga ishonishini orttiradi. Shu bilan bir vaqtda, tijorat banklari majburiyatlari miqdori etishmovchiligi bo’lsa, davlat- kafolatlash tizimiga mablag’ tushumining likvidliligini ta’minlaydi.
IV. To’lov stavkalari o’rnatilishiga qarab, o’rnatilgan, bank opeartsiyalari bo’yicha o’zgaruvchan va vaqt bo’yicha o’zgaruvchan kabi turlarga bo’linadi.
O’rnatilgan to’lov stavkasi bu- kafolatlash tizimiga a’zo bo’lgan barcha tijorat banklari bir xil summadagi mablag’lar orqali o’z mijozlarining omonatlarini kafolatlaydi. Bu shakl juda qulay va tushunarliligi bilan afzal bo’lsa, kamchiligi shundan iboratki, turli darajali banklar ham bir xil to’lovlarni amalga oshiradi.
Banklarning operatsiyalari bo’yicha o’zgaruvchan to’lov stavkalari quyidagicha belgilanadi: mamlakatdagi kafolatlash tizimiga a’zo bo’lgan har bir tijorat bankining iqtisodiy, likvid ko’rsatkichlari bo’yicha egallagan darajalariga qarab stavkalar belgilanadi va har belgilangan muddatda bu stavkalarga qarab himoyalash tizimiga ma’lum summadagi mablag’ o’tkaziladi.

Yüklə 41,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin