Mavzu : XI-XV asrlarda Turkiyaning siyosiy rivojlanishi va tashqi siyosati haqida. Reja


ta sulton boshqarib, shulardan 19ta sulton o'rta asrlar davrida boshqarishgan



Yüklə 1,77 Mb.
səhifə2/8
tarix05.12.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#138430
1   2   3   4   5   6   7   8
XI-XV asrlarda Turkiyaning siyosiy rivojlanishi va tashqi siyosati haqida

36ta sulton boshqarib, shulardan 19ta sulton o'rta asrlar davrida boshqarishgan.
  • Usmon hokimiyat tepasiga kelgach barcha e’tiborini Vifiniyani bo‘ysundirishga harakat qildi. U 1291 yilda Melanpiyani zabt etdi va Vizantiyaning bu go‘zal shaharchasini o‘ziga qarorgoh qilib oldi. Melanpiyaning aholisi bu yerni tashlab ketdi. Usmon bu yerga Garmiyon va Anatoliyaning boshqa hududlaridan aholini joylashtirdi. Xristianlar sobori Usmon buyrug‘i bilan masjidga aylantirildi va har jumada uning nomi xutbada yangray boshladi.
    • XIII asr oxiri XIV asr boshlarida Usmon beyligi o‘z hududini kengaytirdi.
    • 1301 yil Usmon Yenishehmi zabt etib, u yerga qal’a qurgach, Bursa shahrini qo‘lga kiritish uchun tayyorlana boshladi. 1302 yilning yozida Vizantiyaning Bursadagi vakili qo‘shinlarini Vafeyada tor-mor etdi.Bu usmoniy turklarning katta janglardagi ilk zafari edi. Vizantiya imperiyasi qarshisida kuchli raqib turganini angladi. Usmon mulklari b o‘lgan hududlarga ko‘plab aholi kochib kela boshladi. Bu Usmonning keyingi yurishlariga turtki berdi. Vizantiyaliklar Usmonning mavqei oshayotganini ko‘rib Anatoliya qishloqlarini tark eta boshlashdi.
    • 1305 yili usmoniy turklar Levke jangida mag‘lub bo‘lishdi, ularga qarshi Vizantiyaliklar qo‘shinida xizmat qilayotgan katalon iyalik bo‘linmalar ham qatnashdi. Bu paytda Vizantiyada toju-taxt uchun kurashlar boshlanib ketadi, bu turklar uchun harbiy harakatlarni davom ettirish uchun qulay vaziyat yaratdi. Usmon qo‘shinlari Anatoliyaning Qora dengiz sohilidagi Vizantiyaga tegishli bir qancha shaharlarni egalladi. Shu yili turklar birinchi marta Vizantiyaning Yevropa qismidagi hududlarga hujum qilishdi. Usmoniylar Bursani Usmonning o‘g‘li Urxon davrida egallashdi.
    • Usmoniylar davlatining ikkinchi hukmdori Urxon (1326-1359 yillarda boshqargan), 1288 yilda Anatoliyada tug‘ilgan. Urxon Bursani beklik poytaxti deb e’lon qildi. Urxon 1327 yilda birinchi marta kumush tanga- aqcha (aqcha.turk.-savdo-sotiq, to‘lov muomalalarida narx, baho, qiymat o ‘Ichovi birligi bo ‘lib, asosan kumushdan zarb qilingan) zarb qildi.
    • 1330 yili Urxon qo‘shini Nikeyani, 1337 yili Nikomediya (Izmir) ni qo‘lga kiritdi. Turklar Urxonning ukasi A’loiddin boshchiligida Nikeyaga qarab yurish qilayotganda Vizantiya imperatorining qo‘shinlari bilan jang bo‘lib o‘tdi. Jangda imperiya qo‘shinlari yengildi, imperator yaralandi. Nikeyaning zabt etilishi usmoniylarga Vizantiya imperiyasining Osiyodagi mulklariga hujum qilish uchun yo‘l ochdi.
    • Dengiz orqali yordam olib turgan Nikomediya qamali 9 yil davom etib, Urxon bu hududni olish uchun Marmar dengizining tor bo‘g‘ozini qamal qildi. Chorasiz qolgan Nikomediya ahli shahami turklarga topshirdi. Turklaming Marmar dengizi va Bosfo r sohillariga chiqishi ularning Frakiyaga qiladigan hujumlariga zamin yaratdi.
    • 1338 yilda turklar Frakiya tomon yurish boshlashdi. Urxonning o‘zi 30 ta kemasi bilan Konstantinopol ostonalarida paydo bo‘ldi. Vizantiya imperatori Andronik III Paleolog (1328-1341 yillarda boshqargan), Urxon bilan munosabatlarini yaxshilash uchun unga qizini beradi va usmoniylar va Vizantiya imperiyasi munosabatlari bir muncha vaqt yaxshilanadi.
    • XIV asrning 40 yillariga kelib Karesi bekligidagi toju-taxt uchun kurash Urxon qo‘shinlarini Vizantiyaning Yevropadagi qismiga kirib kelishi uchun zamin yaratdi.
    • 1345 yili Urxon Karesi beyligini tugatdi. Turklar 1346 yili Vizantiyada davom etayotgan zilotlar va fuqarolar urushi (13411347) ga aralashib bo‘lajak imperator Ioann VI Kantakuzenga yordam berishdi va amaldagi imperator Ioann V Paleologga qarshi kurashishdi. Buning evaziga Ioann VI qizi Feodorani Urxonga beradi.
    • Turklar 1352-1354 yillarda Yevropaga birinchi yurishlarini boshlashdi. 1354 yili zilzila tufayli mudofaa devorlari vayron b o‘lgan Galliapolni qiyinchiliksiz zabt etishdi.
    • XIV asrdagi to‘xtovsiz olib borilgan urushlar paytida turklarda professional qo‘shin tarkib topa boshladi.
    • Urxon davrida turk qo‘shini orasida xalq lashkari tipidagi muntazam qo‘shinlardan tashqari, yanicharlardan iborat professiona l piyoda askarlar ortyadlari ham bor edi.
    • Turklar Vizantiyaliklar tajribasidan o‘rganib, jang paytlarida devor teshadigan qurol ishlatardilar.
    • XIV asr oxiri va XV asrda turklar o‘q o‘tadigan qurol ishlata boshladilar. 1326 yilda Urxon Bursani egalladi va poytaxtga aylantirildi.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin