Mavzu : XI-XV asrlarda Turkiyaning siyosiy rivojlanishi va tashqi siyosati haqida. Reja


Murod I ning o‘limidan so‘ng uni katta o‘g‘li Boyazid sulton deb e’lon qilindi va 1389-1402 yillarda boshqardi



Yüklə 1,77 Mb.
səhifə4/8
tarix05.12.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#138430
1   2   3   4   5   6   7   8
XI-XV asrlarda Turkiyaning siyosiy rivojlanishi va tashqi siyosati haqida

Murod I ning o‘limidan so‘ng uni katta o‘g‘li Boyazid sulton deb e’lon qilindi va 1389-1402 yillarda boshqardi.
  • Shundan keyin Serbiya hududining bir qismini egallab, faqatgina Dunay bo‘yi Serbiyasi (u Podunaviya ham deyiladi) ning qolgan kichik bir qismigina serb knyazlari sultonning vassali sifatida bir oz idora qildilar.
  • Turklarning Maritsa daryosi bo‘yidagi (1371y) va Kosovo maydonida (1389y) Nikopol yonidagi (1396y) g‘alabalari Konstantinopolni qulashini muqarrar qilib qo‘ydi.
    • Vizantiya imperatori Manuil II (1399-1402) G‘arbiy Yevropaga ketib u yerda Italiya, Angliya, Fransiya qirollaridan yordam so‘radi, lekin uning urinishi befoyda ketdi.
    • XIV asr oxirlarida turklarning asosiy maqsadi Bolqon yerlarini zabt etishdan iborat edi. 1393 yili turklar bolgarlar poytaxti Tirnovoni bosib oldi. 1395 yili Vidin shahri taslim bo‘ldi, 1396 yilda Bolgariya bosib olindi va 1459 yilga kelib bu so‘nggi serb hududi ham turklar tomonidan istilyo qilinib, turk mulklariga kiritildi.
    • 1394 yili turklar Pelloponesga hujum qilishdi va grek knyazlari vassallikni tan olishdi. Albaniyaning kichik bir qismi turk sultoniga tegishli hududga aylandi.
    • Boyazid qo‘shinlari Vengriyaga suqilib kirdi. Vengriya qiroli Siguzmund I 1392 yili muvaffaqiyatsiz urush olib bordi.
    • Boyazid Anatoliyaning g‘arbiy va markaziy qismidagi Oydin, Saraxun, Garmiyon, Menteshe va Hamid beyliklarini tobe qildi. 1390-1392 yillarda Qaramon beyligi tor-mor etildi. 1396 yili Boyazid davlatiga Sivas qo‘shib olindi.
    • Boyazidning shiddatli harakatlari unga zamondoshlari “Yildirim, ya’ni shiddatli” laqabini berishgan. 1396 yilgi g‘alabalardan ruhlangan Boyazid Vizantiya poytaxtini egallashga harakat qila boshladi. Lekin Vengriya qiroli Siguzmund I ning usmoniylarga qarshi salib yurishi boshlayotgani haqidagi xabar unga yetib keladi. Venger qiroli salib bayrog‘i ostiga nafaqat vengerlar, balki Yevropaning boshqa davlatlaridan ritsarlar to‘pladi. Uning qo‘shini safida ingliz, fransuz, italyan, nemis va chex ritsarlari bor edi. Salibchilarning umumiy soni 100 mingta askar edi.
    • Asosiy jang 1396 yil 25 sentabrda Dunayning o‘ng qirg‘og‘idagi Nikopol shahri yonida bo‘ldi. Jangda dastavval salibchilar ustu n bo‘ldi, fransuz ritsarlari turk yanicharlarini siquvga oldi. Jang taqdirini saralangan turk chavandozlari hal qildi.
    • Vassal knyaz Stefan Lazarevich boshchiligidagi 15 ming kishilik serb qo‘shini hal qiluvchi pallada turklar g‘alabasiga hissa qo‘shdi.
    • Siguzmund qo‘shini tor-mor bo‘ldi, uning o‘zi Dunay bo‘ylab qatnaydigan venetsiya kemalariga minib qochdi. Turklarga 10 mingga yaqin salibchi asir tushdi va ular Boyazidning buyrug‘iga asosan qatl etildi. Boyazid bir necha nomdor ritsarlarni fransuz qiroli Karl VI ga juda katta to‘lov evaziga qaytarib berdi. Fransuz qirolining sultonga to‘lagan to‘lovi miqdori 200 ming oltin
      Yüklə 1,77 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin