Trapezund imperiyasini (bu imperiya 1204-1461 yillarda yashagan) bo‘ysundirdi. Trapezund imperatori David shaharni topshirishdi. David va zodagonlar dengiz orqali shaharni tark etishdi. Aholining ko‘pchiligi Istanbulga ko‘chirildi, 1500 ta bola yanicharlarga olindi.
1462 yili sulton Valaxiyaga yurish boshladi. Valaxiya sardori Vlad III turklarga qarshilik ko‘rsatdi, leki n qochishga majbur bo‘ldi.
1463 yil Bosniya egallanib, qirol Stefan qatl etildi. 1465 yili Gersogovina bo‘ysundirildi. 1466 yili Albaniya egallandi. 1477 yilda Qrim Usmoniylar davlatiga o‘lpon to‘laydigan davlatga aylandi.
Bolqon va Kichik Osiyodagi g‘alabalar turk sultonini ko‘proq yurish qilishga undadi. Uning rejasiga Vengriya, Italiya va Germaniyaga yurish kirgan. Muhammad II 1479 yili Neapol va Milanga qarshi urush e’lon qildi. 1480 yili sulton qo‘shini 300 ta kemada Italiya janubidagi Otranto shahriga yurish qildi va ikki haftalik qamaldan so‘ng 1480 yil 11 avgust kuni shaharni qo‘lga kiritdi. Shahar aholisining yarmi qatl etildi, 800 kishi islomni qabul qilmagani uchun o‘ldirildi. Otrantoning 8 ming aholisi qullikka solindi. Turklarning Otrantodagi xatti-harakatlari butun Italiyaga ma’lum bo‘ldi. Vatikan ulkan salib yurishiga tayyorgarlikni boshlab yubordi.
Muhammad II Misr mamluklariga (arab.qul), (1250-1517yillarda Misrni boshqarganlar) qarshi urush olib borish ko‘zda tutilgan edi, lekin usmoniylar qo‘shini Italiyadan qaytayotganda yo‘lda Muhammad II kasallikdan vafot etadi. Usmoniylar imperiyasi taxtiga Muhammad II ning o‘g‘li Boyazid II taxtga o‘tirib (1481-1512 yillarda boshqargan) uning hukmronligi davrida Vengriya, Polsha, Venetsiya, Misr va Eronga qarshi urushlar olib borildi. Boyazid II yanicharlar fitnasi tufayli 1512 yil 25 aprelda taxtni o‘g‘li Salimga topshirdi va Salim I nomi bilan 1512-1520 yillarda taxtni boshqardi.
Adabiyot
Anadoludan turkiy adabiyot XI asrdan boshlab paydo bo'ldi va rivojlandi.
Saljuqiylar va Usmoniylar davrida asosan og'zaki bo'lgan elita adabiyoti va elita adabiyoti o'rtasida tubdan ajralib ketgan.
Birinchisi ko'chada gapirilgan turkcha ishlatilgan, ikkinchisi deyarli butunlay fors va / yoki arabcha so'zlardan iborat bo'lgan.
Evropa mamlakatlarida eng taniqli va eng ko'p tarjima qilingan zamonaviy mualliflar quyidagilar:
Xolid Edip - mustaqillik urushida qatnashgan yozuvchi.