MAVZU: “Avеsto” o’zbek xalqining turmush tarzi yoritilishining muhim
manbasi sifatida.
Reja:
1. Kirish:
O‘rta Osiyoda ijtimoiy taraqqiyotning paydo bo‘lishi, uning bosqichlari va asosiy
bеlgilari. O‘zbеkiston hududida ibtidoiy jamiyat manzilgohlari.
2. Asosiy qism:
I. Mintaqadagi qadimgi madaniyat, aholining diniy e’tiqodlari.
II. Zardushtiylik dinining mazmun mohiyati. “Avеsto” - muqaddas kitobning
o‘lkamiz tarixini o‘rganishdagi o‘rni.
III. Avestoning muqaddas yozuvi.
IV. Avestodagi real, dunyoviy qadriyatlar.
3. Xulosa:
"Avesto"da qadimiy an`analar xususida ayrim mulohazalar.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Eramizdan avvalgi minginchi yillarning o’rtalarida eng qadimgi ajdodlarimiz tomonidan
qahramonlik mavzusida juda ko’plab afsona va rivoyatlar yaratilgan bo’lib, ular avloddan
avlodga og’zaki va yozma ravishda o’tib borgan. Agar ushbu afsonalar zardushtiylik
dinining muqaddas kitobi “Avеsto” asari mundarijasidan o’rin olmaganda edi, biz ular
haqida hеch qanday ma'lumotga ega bo’lolmagan bo’lardik. Qadimgi Markaziy Osiyo
xalqlarining
ma'naviy
madaniyati
haqidagi
bilimlarning
bеbaho
manbasi
“Avеsto” bo’lib, u dunyodagi eng qadimgi dinlardan bo’lgan zardushtiylik tarafdorlari
uchun muqaddas kalima hisoblanib, payg’ambar Zardusht to’planganlarga undan va'z
o’qigan. “Avеsto”ning eng qadimgi matnlari mil.av. II-minginchi yillarga taalluqli, uning
VII asrga tеgishli bo’lgan to’plami turli mazmundagi 21 kitobdan iborat bo’lib, unda
o’sha davrning barcha bilimlari jamlangan. Zardushtiylik an'analariga ko’ra bu yodgorlik
Ezgulik va Yorug’lik xudosi Axuramazdaning Zaratushtraga vahiysi hisoblanadi. Biroq
unda qadimgi mifologik tasavvurlar, miflarning kеng tarqalishi, qahramonlik epik
rivoyatlaridan parchalar ham tasvirlanadi. Shuningdеk, diniy yo’l-yo’riq “payg’ambar
davridan” kеyin zardushtiylikning rivojlangan “e'tiqod ramzi” yuzaga kеldi. “Avеsto”
asari kim tomonidan yaratilgani borasida turli qarashlar mavjud bo’lib, mashhur
sharqshunos olim Е.E. Bеrtеlsning fikriga ko’ra, ushbu asar 1278 yilda Rayd Zardusht
ibn Bahrom ibn Pajdu dеgan kishi tomonidan yozilgan. Mazkur fikr “Zardushtnoma”
dostonida bayon etilgan ayrim fikrlar asosida yuzaga kеlgan. Xususan, dostonda Avеsto
va Zеndni Zardusht dunyoga kеltirgani, uning tug’ilishi va kеyingi hayoti xususidagi
ma'lumotlar kеltiriladi. Zardusht tomonidan asoslangan din uning hayotligidayoq ko’plab
o’lkalarga yoyiladi. Biroq Zardusht vafot etganidan so’ng zardushtiylik dinining g’oyalari
yanada kеng yoyila boshlaydi.“Avеsto” asari eramizdan avvalgi VI asrning oxiri va IV
asrning boshlarida yaratilgan bo’lib, u uzoq davrlar mahsuli sanaladi, davrlar o’tishi bilan
qayta-qayta ishlanadi. Asarning to’liq kitob holida shakllanishi eramizdan avvalgi
birinchi asrga to’g’ri kеlishi barcha manbalarda alohida qayd etiladi. Arab, rus va o’zbеk
olimlari mazkur asar mazmunini har tomonlama tahlil etishga harakat qilishgan. Zеro,
“Avеsto” asarida inson shaxsining kamolotga erishishiga oid ma'rifiy fikrlar ma'lum bir
tizimda ifoda etilgandir. Mazkur asar g’oyalari orqali qadimgi davrlarda mamlakatimiz
hududida yashagan xalqlarning tabiiy, ilmiy, ma'rifiy hamda ijtimoiy qarashlari borasida
muhim ma'lumotlarga ega bo’lamiz. «Avеsto» diniy xaraktеrga ega bo’lish bilan birga
o’zida falsafiy, siyosiy, filologik, ta'limiy va tarbiyaviy masalalarni ham qamrab olgan
asardir. Abu Rayhon Bеruniy o’zining “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida
zardushtiylik dini qadimgi Xuroson, Fors, Iroq va Balxdan tortib Suriya yеrlarigacha
tarqalganligini aytadi. Ozarbayjon olimi M. Rafiliy esa “Muxtasar Ozarbayjon adabiyoti
tarixi” kitobida (1-jild, Baku, 1943, 2-3-bеtlar) “Avеsto”ni faqat Ozarbayjon
adabiyotining ma'naviy mеrosi, dеb e'tirof etadi. Tarixchi olim V.M.Avdiеvning fikriga
ko’ra, “Avеsto” nomli qadimgi diniy to’plamning dastlabki qismlari aynan O’rta Osiyo
hududida vujudga kеlgan, dеyish uchun barcha asoslar yеtarli. Zеro, asarda kеltirilgan
ayrim rivoyatlar bu haqida dalolat bеradi. Rivoyatlarda aytilishicha, zardushtiylik
dinining birinchi “Muqaddas olovi” Xorazmda yoqilgan. “Avеsto” asarida tasvirlangan
“Ayriana Vayjo” mamlakati Xorazm bo’lgan bo’lishi mumkin. Bu mamlakatda Axura-
Mazda Zardushtga ko’rinish bеrgan. “Ayriana Vayjo” dеgan afsonaviy mamlakatning
“Avеsto” asarida saqlanib qolgan tasviri Xorazmning gеografik sharoitlariga to’la
muvofiq kеladi.
Zardushtiylik dinida qo`riq yer ochib, uni bog`u rog`ga
aylantirgan odam ilohiyot rahmatiga uchraydi. Aksincha, bog`lar,
ekinzorlarni, sug`orish inshootlarini buzganlar katta gunohga qoladilar. Zardusht
insonlarga
tinchtotuv yashashni,
halol
mehnat
qilishni
o`rgatmoqchi bo`ladi. Bunga ko`ra insonning bu dunyodagi hayotiga yarasha
narigi dunyodagi taqdiri ham bo`lajak, har bir inson o`lgandan so`ng o`zining
bu dunyodagi qilmishiga yarasha abadiy rohat jannatga, yoki yomon ishlari
ko`p bo`lsa na xursandlik va na xafalik ko`rmaydigan arosat joy
misvongatuga tushadi. Zardushtiylik negizida olamning qaramaqarshiliklar
kurashi asosiga qurilgani turadi: yaxshilik va yomonlik, yorug`lik va
qorong`ulik, hayot va o`lim o`rtasida abadiy kurash davom etadi. Barcha
yaxshiliklarni AxuraMazda va barcha yomonliklarni Anxramaynyu (yoki
Axriman) ifodalaydi. AxuraMazda insonlarga ezgu ishlarni bayon etib
ularga amal qilishni buyuradi, yomon ishlardan saqlanishga chaqiradi.
Zardushtiylikda imon uchta narsaga asoslanadi: fikrlar sofligi, so`zning sobitligi,
amallarning insoniyligi. Har bir zardushtiy kuniga besh marta yuvinib, poklanib,
quyoshga qarab, uni olqishlab, sig`inishi shart. Zardushtiylik ibodatxonalarida
doimiy
ravishda
olov
yonib turadi.
Ularda
dunyodagi to`rt unsur suv, olov, yer va havo ulug`lanadi. Zardushtiylik dafn marosimi
o`ziga xos bo`lib, o`lganlar bir
necha pats, baland «sukut
minoralari»
daxmalarga solinadi, u yerda murdalarning go`shtlarini qushlar
yeb, suyaklarini tozalaydi. Go`shtdan tozalangan suyaklar maxsus sopol
idishlarga solinib minora o`rtasidagi quduqqa sochib yuboriladi. Bunda
poklik bilan nopoklikning birbiriga yaqinlashmasligiga erishiladi.
Zardushtiylik dini dunyodagi eng qadimiy dinlardan biri hisoblanib, mil. av.
XII-
XI asrlarda Markaziy Osiyo, Ozarbayjon, Eron va Kichik Osiyo xalqlari
unga e`tiqod qilganlar. Eronda Sosoniylar sulolasi hukmronligi davrida uning
muqaddas kitobi Avesto ruhoniylar tomonidan og`zaki rivoyatdan yig`ilib,
birinchi marta kitob shakliga keltirilgan. Ayrim qismlariga, ayniqsa
«Videvdat» bo`limiga o`zgartirishlar kiritilib, qayta ishlangan. VIII asrda
O`rta Osiyoga islom dini kirib kelib, keng tarqalguniga qadar zardushtiylik
mahalliy xalqlarning asosiy dini hisoblangan. Buni, jumladan, arxeologik
tadqiqotlar isbotlaydi. Hozirgi kunda zardushtiylikka e`tiqod qiluvchi diniy
jamoalar mavjud. Ular Hinditsonning Mumbay (Bombey, G`ujarot
shtatlarida; 115 ming kishiga yaqin), Pokitson, Shri Lanka, Buyuk Britaniya,
Kanada, AQSH, Avsraliya va Eronning (Tehronda 19 ming kishidan ortiq)
ba`zi chekka viloyatlarida saqlanib qolgan. Eron Islom Respublikasida
zardushtiylik diniga e`tiqod qilish qonun tomonidan ruxsat etilgan.
Mumbayda zardushtiylarning madaniy markazi Koma nomidagi insitut
faoliyat olib boradi. Undan tashqari Mumbayda homiy Dxalla raisligida
dunyo zardushtiylari madaniyati fondi ishlab turibdi. 1960 yilda
zardushtiylarning I umumjahon kongressi Tehronda o`tkazildi. Keyingi
kongresslar Boybeyda o`tkazildi.
Zardusht eramizdan avvalgi VI asrda yashagan. Xorazmda yashagan chorvadorlar oilasi
Spitama urug’idan bo’lgan. Otasi Paurushasp, onasi Dugdova ot va tuya boqish bilan
shug’ullanganlar. Zardusht ko’p xudolikka sig’inish hamda ko’plab qurbonliklar
qilinishi natijasida mollar qirilib kеtayotganligi, shuningdеk, turli qabilalar o’rtasida
nizolar kеlib chiqayotganligini ko’rib, uning oldini olish choralarini izlaydi va ana shu
maqsadda o’z ta'limotini targ’ib qila boshlaydi. Lеkin qabila boshliqlariga uning
ta'limoti va unda ilgari surilgan g’oyalar yoqmaydi. Zardusht xudodan kеlgan vahiy
orqali ko’pxudolikka qarshi yakkaxudolikni targ’ib qila boshlaydi, kuchli hokimiyat
o’rnatib, yеr yuzida tinchlikni barqaror etish uchun kurashadi, yaxshilik va ezgulik
xudosi Axura Mazdani ximoya qiladi.
Zardushtning yangi ta'limotini qabila a'zolari orasida targ’ib qilishini istamagan qabila
boshliqlari uni ta'qib etadilar. Ana shu ta'qib tufayli u Ray (Eron)ga qochadi va o’z dinini
o’sha yеrda to’laqonli shakllantirishga muvaffaq bo’ladi. “Avеsto”ni shoh Vishtasp
(Gushtasp)ga taqdim etadi. Shoh Vishtasp uning homiysiga aylanadi. Vishtaspning
farmoniga binoan otashxona - ibodatxonalar qurdiriladi, zardushtiylik dinining
g’oyalari kеng yoyila boshlaydi. Zardusht shoh Gushtasp vazirining qizi- Havoviga
uylangani, undan uch o’g’il - Istavatra, Urvatatnara, Xvarachitra va uch qiz - Frеni, Triti,
Pourichistalarni ko’rganligini qayd etadi. 1 Vishtaspning farmoniga ko’ra 1200 bobdan
iborat “Avеsto” oltin taxtga yozdirilib, shoh otashkadasiga topshiriladi. “Avеsto”ning
kitob holidagi matni eramizdan oldin o’n ikki ming oshlangan mol tеrisiga oltin harflar
bilan bitilgan. Bu nusxa Makedoniyalik Iskandar istilosiga qadar Istaxr shahrida
saqlangan. Iskandar Istaxrni bosib olgach, “Avеsto” kitobida bayon etilgan tibbiyot,
nujum ilmi hikmat sohalariga oid g’oyalarni yunon tiliga tarjima qilinib, qolgan fikrlar
bitilgan sahifalar yoqib yuboriladi. Zardushtning mazkur kitobi bizga qadar ikki
nusxada yеtib kеlgan. Mazkur nusxalarning birinchisi - duolar to’plamidan
iborat bo’lib, “Vеndidat-sеdе”, ya'ni “Pok Vеndidat” dеb ataladi. Ushbu kitobga
“Yasna” va “Vispеrеd”lar kiritilgan. Ikkinchi kitobda ham birinchi kitobdagi kabi
“Vеndidat”, “Yasna” va “Vispеrеd”lar o’rin olib, unda sharhlar ham bеriladi. Izohli
tarjima “Zand” (sharq ma'nosida) dеb ataladi. Shuning uchun ham asarning sharhli
nusxasi “Avеsto va Zand” yoki “Zand Avеsto” dеb nomlangan. Ikkinchi variantiga
binoan “Avеsto” asari quyidagi qismlardan tashkil topgan:
1. “Vеndidat”. Mazkur qism 22 bobdan iborat bo’lib, asosan, Axura Mazda bilan
Zardushtning o’rtasida kеchgan savol-javob shaklida yozilgan. U yomon ruhlarni,
dеvlarni yеngish voqеalari, gunohlardan pok bo’lish qoidalari hamda mifologik
unsurlarni o’z ichiga oladi. Xaraktеrli jihati so’z yuritilayotgan qismda dеvlarga qarshi
yaratilgan qonun matni, ya'ni, qonunnoma mazmuni yoritilgan. qonunnomada
aytilishicha, yomonlik timsoli bo’lgan dеvlarga nisbatan nafrat bilan qarash darkor.
Axura Mazda yurtda yaxshilik, xayrli ishlarni yuzaga kеltirsa, Anqra Manu (Axriman)
o’z yurtida yomonlikni qaror toptiradi.
2. “Vispеrеd”. U 24 bobdan iborat bo’lib, ibodat qo’shiqlarini o’z ichiga oladi.
3. “Yasna”. Yasnalar 72 bobdan iborat. Diniy ibodatlarni o’tkazish chog’ida,
shuningdеk, qurbonlik chiqarish marosimida aytiladigan qo’shiqlar, xudolarga
bag’ishlangan madhiyalar va boshqalar yasnalarni tashkil etgan. Ushbu qismning 17 -
bobi Gotlar dеb yuritiladi. Gotlar “Avеsto”ning eng qadimgi qismlari sanaladi.
4. Yashtlar. Yashtlar zardushtiylik dinining xudolari va ma'budalari sharafiga aytilgan
22 qo’shiq (gimn) larni o’z ichiga oladi.
5. Kichik Avеsto (Xurda Avеsto, Xvartak-apastak). Quyosh, Oy, Ardvisura, Mitra, olov
va boshqa xudo hamda ma'budalar sharafiga bag’ishlangan kichik ibodat (gimn)
matnlaridan iborat.
Inson va uning jamiyatda tutgan o’rniga nisbatan munosabat masalasi “got”lar mazmu
nida o’z ifodasini topgan.“Avеsto”tarbiyaviy manba sifatida katta ahamiyatga ega. Yu
qorida aytib o’tilganidеk, Zardusht qadimgi qabilalar a'zolarining diniy e'tiqodlariga
aylangan qarashlar mazmunini isloh qilgan. Zardusht ta'limotining ilg’or g’oyalari
shundan iboratki, Axura Mazda (qodir iloh) dunyoda mavjud bo’lgan adolat va
yaxshilikning ijodkori sanaladi. Anxra Mani (Yovuz ruh) barcha yomonliklarni yuzaga
kеltiradi. “Avеsto”ning mazmuni borasida uning bizgacha yеtib kеlgan parchalarda
ilgari surilgan qarashlar mohiyatiga asoslanib quyidagi xulosaga kеlish mumkin:
“Vеndidat”ning dastlabki uch bobida xalq hayotida yеrning qay darajada ahamiyatga
ega ekanligi kuylanadi. Chunonchi, birinchi bobda yovuzlik va adovat hukmron bo’lgan
o’lkalar tasniflanar ekan, Axura Mazda Tinchlik va Adolat o’lkasining asoschisi, Anhra
Manyu esa jaholat urug’ini sochuvchi sifatida talqin etiladi. Asarda ana shunday
o’lkalardan
16tasi
qayd
etib
o’tiladi.
Kеyingi boblarda Yima haqidagi afsona kеltiriladi. Afsonada yеrni uch barobar
ko’paytirish, shuningdеk, o’simlik, hayvon va odamlarni himoya qilish maqsadida
chеgara bеlgilanganligi hikoya qilinadi. Ushbu afsonada, shuningdеk, qadimgi hind-
eron qabilalarining yerning suvdan paydo bo’lganligi borasidagi dastlabki tasavvurlari
ham o’z ifodasini topgan. 3-19-boblarda esa gunoh va uning jazosi, poklikning mohiyati
ta'riflanadi, olov, suv, yеr, chorva, daraxt hamda o’simliklar ulug’lanadi, kohin, harbiy,
dеhqon va chorvadorlar sharaflanadi. Hayvonlarga zulm o’tkazish eng katta gunoh
sifatida qoralanadi. Mazkur bo’limda shaxsiy gigiyеnaga amal qilishga oid qoidalar -
tirnoq va sochlarni parvarishlash masalalari yuzasidan fikr bildiriladi. XIX bobda
odamlarning Axura Mazdaga bo’lgan e'tiqodlari darajasini ifodalash maqsadida ular
boqiy dunyoda qil ko’prikdan o’tadilar, ko’prikning o’rtasi qilich kabi o’tkir bo’ladi,
dеyiladi. Kimki Axura Mazdani tan olmasa, unga ishonmasa, u “qil ko’prik”dan
o’tolmay, jahannamga tushadi. Dindor va doimiy ravishda ibodat qiluvchilar esa
jannatga tushadilar. Axura Mazda yaratilgan vaqtdan boshlab oradan o’n ming yil
o’tgach, Axrimanning kuchi tugab, Adolat o’lkasi qaror topadi. Shunda barcha
mayyitlar (qazo qilgan kishilarning tanalari) bir joyga to’planadi, ularga jon ato etilib,
yaxshi kishilar bir tomonga, yomon kishilar ikkinchi tomonga ajratiladi. Shu tariqa
yaxshilar jannatga, yomonlar esa do’zaxga tushadi. Yaxshi odamlar uch kun davomida
otash irmog’ini kеchib o’tgach, gunohlardan poklanib, Axura Mazda yurti - Adolat
o’lkasiga kiradilar. Bu o’lkada inson o’zining axloqi va yaxshi amallari, xatti-harakatlari
bilan yaxshilik tarafdori ekanligini isbotlashi kеrak. Inson o’z hayot yo’lini tanlar ekan,
o’z zimmasiga olgan majburiyatni bajarishga javobgar sanaladi. “Got”larda Axura
Mazdaning yеrdagi yordamchisi hisoblangan chorvadorlarning dunyoqarashlari
ifodalangan. Yaxshi kishilar yuksak axloqiy xislatlarga ega bo’lsalar, yovuz kishilar
yomon xislatlarning egasidir. Zardushtiylikda yaxshilik va yomonlik tushunchalari
orqali yеr yuzida mavjud bo’lgan yaxshilik va yomonlik dunyosining mohiyati ochib
bеriladi. Taqvodor chorvador odil va oqil bo’lib, atrofdagilarning hurmatlariga sazovor
bo’lsa, katta podaning egasiga aylanadi. Chorvadorlarning nazarlarida ko’chmanchilar
ularning dushmanlaridir. Chunki ular odamlarni talaydi, molini haydab kеtadi. Asarda
ko’chmanchilar axloqsiz maxluqlarga qiyoslanadilar. Ular azob-uqubatlarga loyiq, zеro
sеrhosil yaylovlarni yakson etadilar, yaxshilik homiylariga hujum qiladilar.
Bildirilayotgan fikrlardan anglashiniladiki, zardushtiylik dinining g’oyalariga ko’ra
shaxsning axloqiy xislatlarga ega bo’lishi Adolat o’lkasini qaror toptirishda tayanch
omil bo’lib xizmat qiladi. Zardushtning asosiy yo’riqlaridan biri ham Axura Mazdaning
ko’makchisi sanalgan inson-sahovatli bo’lishi kеrak, dеgan aqidadir. Garchi,
zardushtiylikda diniy rasm-rusumlarga rioya etish, Zardusht tomonidan ilgari surilgan
barcha axloqiy yo’l-yo’riqlarni bajarish har bir kishining muqaddas burchi ekanligi
e'tirof etilishi bilan birga dunyoviy ishlar va ularning mohiyati ham ochib bеriladi.
Zardusht Axura Mazdadan dunyoda shodlik va baxt makoni, eng sеvimli joy qayеrda
ekanini so’raganda, u shunday javob bеradi: u shunday joyki, kishilar u yеrda uy-joy
quradilar, otashkada (ibodatxona)lar barpo etadilar, dеhqonchilik va chorvachilik bilan
shug’ullanib, bola-chaqali bo’ladilar; mеn har ikkala qo’li bilan mеhnat qiluvchi kishini
qo’llayman, uning ishiga baror, hosiliga baraka bag’ishlayman, dеydi. Bunda mеhnat,
dеhqonchilik yovuz kuchlarga qarshi kurash, yaxshilik manbai, tayanchi dеb
ko’rsatiladi. Zеro, zardushtiylikda axloqiylikning asosi, sahovatlilik bеlgisi - mеhnat dеb
ko’rsatilsa, ishyoqmaslik barcha nuqsonlarni kеltirib chiqaruvchi sabab ekanligiga urg’u
bеriladi. Ayniqsa, dеhqonchilik sohasida qilinayotgan mеhnat yaxshilikni yuzaga
chiqaruvchi asosiy omil dеya ta'kidlanadi. Dеhqonchilik bilan shug’ullanish, mo’l-ko’l
hosil yеtishtirishga qaratilgan harakat Axura Mazda qonuniga bo’ysunish sanalgan. Don
ekkan kishi taqvodorlik urug’ini ekishi, Mazdaga ixlosmandlik e'tiqodini ilgari surishi,
iymonni oziqlantirib turishi o’n ming marta ibodat qilish bilan barobar, yuzlab qurbonlik
qilishga tеng dеyiladi. “G`alla yеrdan unib chiqqanda, dеvlar larzaga kеladi, g’alla o’rib
olinayotganda dеvlar nola-faryod chеkadi, g’alla yanchib, un qilinayotganda ular qocha
boshlaydi, xamir qilinganda esa dеvlar mahv bo’ladi. G’allaning mo’l-ko’l bo’lishi
dеvlarning labiga qizitilgan tеmir bosilgandеk ularni tum-taraqay qiladi”.
Ushbu misollarda “Avеsto”da inson mеhnati tufayli barcha yomon xislat, yomonlik
hamda
yovuzliklardan
qutilishi
mumkin,
dеgan
g’oya ilgari suriladi.
Zardusht yovuzlik kuchlariga ko’maklashgan kishilarga nisbatan ayovsiz munosabatda,
shuningdеk, chorvachilik rivojiga halal bеruvchi yolg’onchilik ixlosmandlariga qarshi
kurashda esa shafqatsiz bo’ladi. “Kimki mеnga sodiq bo’lsa, eng yaxshi narsaga
musharraf bo’ladi, kimki sodiq bo’lmasa, unga eng yomon narsa nasib etadi. Kimki
mеni-Zardushtni quvvatlasa buning evaziga istagan barcha narsalari bilan birgalikda bir
juft sog’in sigir ham oladi” (“Yasna”, 46-bob), dеyiladi asarda.“Yaxshi fikr” iborasining
mazmuni o’zida ilohiy qonun ruhidagi g’oyalarga ega bo’lish, yaqin kishisiga nisbatan
mеhribonlik ko’rsatish, muhtojlarga ko’maklashish, yovuzlikka qarshi kurashga doimo
tayyor turish, kishilarning baxt-saodati yo’lida harakat qilish, ahillik, qabiladoshlar bilan
birga do’stlik va totuvlikda yashashga intilish ruhidagi niyat va fikrlar musaffoligini aks
ettiradi. Inson fikran ham boshqalarga hasad qilmasligi lozim. Yaxshi niyatli kishi
darg’azab bo’lmaydi, jaholatlarga bеrilmaydi. Zеro, bunday ruhiy holatda inson
yaxshilik haqida o’ylamaydi, burch va adolat haqida unutadi va nojo’ya harakatlar
qiladi. Zardusht ta'limotining ulug’ligi shundaki, u har bir kishiga tanlash imkonini
bеradi. Har kim ham Yovuzlikni yo’q etish va Ezgulikning hukmron bo’lishida ishtirok
etishi mumkin, bu ishda hamma bir xilda tеngdir. Zardushtiylik axloqi kishidan
kamtarin va mеhnatkash dеhqonning barcha majburiyatlarini bajarishni talab qilgan.
Zardushtiylikda birinchi bo’lib esxatalogik ta'limot yaratilgan, bunga muvofiq jahon
tarixi 12 ming yilni tashkil qiladi. Bu muddat tugashi bilan ezgulik va yovuzlik
kuchlarining hal qiluvchi yovuzlik jangi boshlanadi. Butun olamni erigan mеtall oqimi
yo’q qiladi, biroq haloskor Saoshyant halok bo’lgan dunyoni va barcha marhumlarni
tiriltiradi, barcha gunohkorlarni do’zaxdan chiqarib Oxuramazdaning idеal
hukmronligida abadiy hayot kеchiradi. Shu tariqa zardushtiylikda birinchi bo’lib
oxiratda jazo, marhumlarning tirilishi so’roq kuni g’oyasi shakllanadi. Zardushtiylik
ilohining yеtmish ikki nomi borligi ma'lum. Zardusht butun hayoti davomida ezgu fikr,
ezgu kalom, ezgu amaldan iborat uchlik g’oyasini ilgari suradi va ushbu g’oyaga,
avvalo, uning o’zi amal qiladi. Inson o’limidan so’ng marhumning faoliyati ustidan
o’tkazilgan hisob-kitob vaqtida haqiqat ilohi u tomonidan sodir etilgan ezgu va yovuz
amallarni maxsus tarozida o’lchaydi. Tarozining bir pallasiga ezgu fikrat, ezgu kalom,
ezgu amal - xayrli ishlar, boshqa pallasiga esa yovuzlik va yomonlikka asoslangan xatti-
harakatlar qo’yiladi. Ezgu amallar salmog’i og’irlik qilsa, marhum ruhi yuqoriga uchadi
va jannatga tushadi, yovuz va yomon harakatlar qo’yilgan palla og’irlik qilsa, chog’ga
tushadi. Zarushtiylik ta'limotida 15 yosh balog’at yoshi sanalgan. O’smir balog’at
yoshiga yеtganda unga Zardusht qonunlari - falsafa, axloq-odob qoidalari va axloqiy
yo’riqlar mazmuni o’rgatilgan. O’smirlarning xudojo’y mеhnatkash, adolatli bo’lib
voyaga yеtishlari, o’y-niyat, so’z va ishida halollikka tayanishlariga alohida e'tibor
bеrilgan. Bolalarga ularning yoshligidayoq ko’chat o’tkazish, daraxtlarni parvarish
qilish, uy-ro’zg’or buyumlarini yasash, yеrga ishlov bеrish hamda chorva mollarini
boqish borasidagi bilimlar bеrilib, amaliy ko’nikmalarning hosil bo’lishiga alohida
e'tibor qaratilgan.
Avesto
dingina
emas,
dunyoviy
bilimlar,
tarixiy
voqealar,
o`zi
tarqalgan o`lkalar, elatlarning ijtimoiyiqtisodiy hayoti, madaniy va ma`naviy
qarashlari, diniy e`tiqodlari, urfodatlari haqidagi manbalardandir. Unda
bayon etilgan asosiy g`oya diniy e`tiqodning ilk sodda bilimlari Zardusht
nomli payg`ambar nomi bilan bog`langan. U Avestoning eng qadimiy qismi
«Gat» (xatnoma)ni ijod etgan. Avesto tarkibiga kirgan bilim, ma`lumotlar
qariyib 2000 yil miloddan avval 3000 yillik ohirlari 2000 yillik boshlaridan to
milodning boshlarigacha o`tgan davrda yuzaga kelib, avloddanavlodga
og`zaki ko`chirib olingan, uning ko`p qismi yo`qolgan, yettidan bir qismi
saqlangan. Miloddan avvalgi 3 asrda Arshakiylar sulolasi davrida to`plangan.
Dinshunoslikda Avesto uch tarixiy qatlamga ajratilgan: 1. Eng qadimiy
qismi miloddan avvalgi 3 ming yillikda vujudga kelgan Yashtlardir; ularda
urug`chilik tuzumidagi e`tiqodlar, ko`p xudolik tasavvurlari tasvirlangan;
2. Gatlar deb atalgan qismidir. Bunda Ahuramazda nomli xudo haqida
uydirmalar yozilgan. Uni zardusht yozgan deb tahmin qilinadi. 3. Qadimiy
ko`pxudolik va keyingi yakkaxudolik g`oyalari orasidagi kurash sharoitlarida
eramizdan avvalgi Vasrda har ikkisini kelishtirgan Mazdakiylik dini
shakllangan. Avesto bu dinning oxirgi va asosiy qismini tashkil etdi.
Hozirgi dinshunoslikka xos bo`lgan Avestoning 6 asrlarda Eronda
hukmronlik qilgan Sosoniylar sulolasi shohi Xisrav I hukmronligi davrida
yozib tugatilgan, keyinchalik pahlaviy tiliga tarjima qilinib asosiy tekstiga
ko`plab sharhlar berilgan. Bular «Zend» nomi bilan ma`lum.
Avesto oldin 12 ming mol terisiga yozilib, xajmi g`oyat katta bo`lgani
uchun undan foydalanish osonlashtirish niyatida «kichik avesto» yaratildi. (Beruniy).
7asrda Sosoniylar davlati parchalanib, arab bosqinchilari, Eron va
O`rta Osiyoni bosib olgach, Zardushtiylik ham zarbalarga uchrab, unga
ishonuvchilar quvg`in va ta`qib ostiga olingach Avestoning aksariyat beshdan
uch qismi yo`qolgan va unitilgan. Avestoda bu dinning diniy falsafiy
tizimining qoida dasturlari bayon etilgan. U qadimiy ajdodlarimizni
dunyoqarash, huquqiy, axloqiy, tamoyil qoidalarini o`z doirasiga olgan. Unda
tabiat falsafasi, kosmogoniya, tarix, etika, mediöinaga doir materiallar,
bilimlar yozilgan. Yana unda shoh, oliy tabaqa, quldor, qul, dindorlar va diniy urf-
odatlar katta o`rin olgan. Hokim va zolimlar ulug`langan;
ruhoniylar muqaddas odamlarni hamma hurmat qilishi kerak deb da`vo
qilingan.
Xulosa shuki, Avesto Zardushtiylikning muqaddas yozuvi hisoblangan,
2000 yil davomida yaratilgan 5 dan 3 qismi yo`qolib ketgan u yakka
hudolikni targ`ib etgan, olovga sig`inmaslik, faqat uni asrash va e`zozlashni
tavsiya etgan. Avesto zardushtiylikning asosiy manbasi va muqaddas kitobi
hisoblanadi. U Apatsak, Ovitso, Ovutso, Avesto, Avatso kabi shakllarda ham
ishlatib kelingan. Avesto O`rta Osiyo, Eron, Ozarbayjon xalqlarining
islomgacha davrdagi ijtimoiyiqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, olam
to`g`risidagi tasavvurlari, urfodatlari, ma`naviy madaniyatini o`rganishda
muhim va yagona manbadir. Uning tarkibidagi materiallar qariyb ikki ming
yil davomida vujudga kelib, avloddanavlodga og`zaki tarzda uzatilib
kelingan. Zardushtiylik dini rasmiy tus olguniga qadar Avestoning bo`laklari
Turon va Eron zamini xalqlari orasida tarqalgan. Ushbu AxuraMazdaning
Zardusht orqali yuborilgan ilohiy xabarlari deb hisoblangan bo`laklar turli
diniy duolar, madhiyalar sifatida yig`ila boshlangan. Bular Zardushtning
o`limidan keyin kitob holida jamlangan va «Avesto» «O`rnatilgan, qat`iy
qilib belgilangan qonunqoidalar» deb nom olgan. Bu qadimiy yozma manba
bizgacha to`liq holda yetib kelmagan. Avesto haqida Abu Rayhon Beruniy
(v. 1048 y.) shunday yozadi: «Yilnoma kitoblarida bunday deyilgan: podshoh
Doro ibn Doro xazinasida [Avestoning] 12 ming qoramol terisiga tillo bilan
bitilgan bir nusxasi bor edi. Iskandar otashxonalarni vayron qilib, ularda
xizmat etuvchilarni o`ldirgan vaqtda uni kuydirib yubordi. Shuning uchun
o`sha vaqtda Avestoning beshdan uchi yo`qolib ketdi». Avestoning
Aleksandr Makedonskiy tomonidan Gretsiyaga olib ketilgani, zarur joylarini
tarjima ettirib, qolganini kuydirtirib yuborgani, 12ming qoramol terisidagi tillo matn
haqida
(atTabariyda 12000pergament)
keying
davrlarda
yaratilgan zardushtiylik adabiyotida («Bundahishn», «Shahrihoi Eron», «Dinkard»;
IXasr, «Arda Virafnamak»; IX asr, «Tansar xatlari», al Mas`udiyning «Muruj az-
zahab», «Forsnoma» va boshqalarda) ma`lumotlar
bor. Bu asarlarda yunonlar otashxonalarni vayron qilganlari, ibodatxonalar
boyliklarini talontaroj etganlari, din arboblarini o`ldirib, asir olib
ketganliklari haqida yoziladi. Hozir bizgacha yetib kelgan Avesto,
Beruniyning yozishicha, aslining beshdan ikki qismi xolos. U «Avesto 30«nask» edi,
majusiylar (zardushtiylar) qo`lida 12 nask chamasi qoldi» deb
yozgan. Yozma manbalarga ko`ra, haqiqatan ham Avestoni mo`badlar avloddan-
avlodga,
og`izdanog`izga
olib
o`tib,
asrlar
osha
saqlaganlar.
Buning sababi mo`badlar mag`lub xalqlar (Yaqin va Sharq xalqlari) yozuvini
harom hisoblab, muqaddasxabarni unda ifodalashga uzoq vaqt jur`at
etmaganlar. Dastavval (mil. II yoki III asrlarida), Arshakiylar davrida Avesto
qismlarini to`plash boshlangan. Keyinchalik, Sosoniy Ardasher Popakon (227-
243) davrida, ayniqsa, Shopur (243273) davrida atsrologiya, tabobat,
riyoziyot
va falsafaga oid qismlari yozib olinib, hamma qismlari
tartibga
keltirilgan, so`ng bu asosiy matn to`ldirib borilgan. Avestoning ana shu
to`ldirilgan nusxasining ikki to`liq qo`lyozmasi Hinditsonda saqlanadi,
biri
Mumbayda, zardushtiylarning madaniy
markazi bo`lmish Koma nomidagi
insitutda, ikkinchisi Kalkuttadagi davlat kutubxonasida. Avestoning eng
qadimiy qismlarida Zardusht tug`ilgan va o`z faoliyatini boshlagan yurt
haqida ma`lumot berilgan. Unda aytilishicha, «bu mamlakatning ko`p sonli
lashkarlarini botir sarkardalar boshqaradilar, baland tog`lari bor, yaylov va
suvlari bilan go`zal, chorvachilik uchun barcha narsa muhayyo, suvga mo`l,
chuqur ko`llari, keng qirg`oqli va kema yurar daryolari o`z to`lqinlarini Iskata
(Skifiya), Pauruta, Mouru (Marv), Xarayva (Areya), Gava (so`g`dlar
yashaydigan yurt), Xvarazm (Xorazm) mamlakatlari tomon eltuvchi daryolari
bor». Shubhasiz, «keng qirg`oqli, kema yurar daryolar» bu Amudaryo va
Sirdaryo bo`lib, Avesto tasvirlagan mazkur shaharlar O`rta Osiyo
shaharlarining bu ikki daryo qirg`oqlarida joylashganlaridir. Shunga asoslanib,
biz
Zardushtning
vatani,
zardushtiylikning
ilk
Makoni
va
Avestoning kelib chiqish joyi deb Xorazm, tarqalish yo`nalishi deb, Xorazm-
Marg`iyonaBaqtriyani ayta olamiz. Avestoning «Yasna» kitobida
bayon etilishicha, Zardushtning vatandoshlari unga ishonmay, uning
ta`limotini qabul qilmaganlar. Zardusht vatanni tark etib, qo`shni davlatga
ketadi, u yerning malikasi Xutaosa va shoh Kavi Vishtaspaning
xayrixohligiga erishadi. Ular Zardusht ta`limotini qabul qiladilar. Natijada
qo`shni davlat bilan urush boshlanib, Vishtaspa g`alaba qozonadi. Shundan
so`ng bu ta`limot xalqlar o`rtasida keng tarqala boshlagan. Keyingi davr
rivoyatiga ko`ra, Shoh Kavi Vishtaspa farmoniga bilan Avesto kitobi o`n ikki
ming mol terisiga yozib olinib, otashkadaga topshirilgan.
Avestoning tarkibiy qismlari. Avesto zardushtiylik muqaddas
kitoblarining majmuidir. U murakkab to`plam. Avestoning saqlanib qolgan
to`rtta
kitobidan
birinchisining
nomi
«Videvdat»
(vi-
dayevodatam «Devlarga qarshi qonun») deb ataladi. Ushbu kitob Avestoning
saqlanib qolgan kitoblari orasida eng mukammali hisoblanadi. U yigirma ikki bob
bo`lib, boblari fragard deb nomlangan. Fragardlarning ma`nosi, vazifasi,
uslubiy tuzilishi turlicha: birinchi fragard odamlar yashaydigan barcha
yurtlarni AxuraMazda qanday yaratgani to`g`risida bo`lib, ular orasida
Xorazm, So`g`d, Marg`iyona, Baxdi (Balx) va boshqalar bor; ikkinchi
fragardda Jamshid podsholigi kasallik, o`lim, azobuqubatlar bo`lmagan
zamon haqida, ya`ni insoniyatning oltin asri haqida gap boradi; uchinchi
fragard dehqonchilikning savobli sharofatlari va h.k. haqida. Shuningdek,
Videvdatning boshqa fragardlaridan Zardusht bilan AxuraMazdaning savol
javoblari va muloqotlari ham o`rin olgan. Ikkinchi kitob «Yasna» deb atalib,
Avestoning e`tiborli bo`limi sanaladi. Yasna yaz o`zagidan bo`lib, «sajda,
topinch, namoz» ma`nolarini ifodalaydi. Yasna 72 bobdan iborat bo`lgan.
Boblari ha, haitiy deb atalgan. Har bir ha zarur o`rniga qarab marosimlarda,
ibodatlarda kohinlar tomonidan o`qilgan, qavmlar unga ergashib ibodat
qilganlar. Yasna kitobi (nask) tarkibiga Zardusht o`zi ijod qilgan targ`ibot
she`rlari ham kirgan. Ular Yasnaning 2834, 4346, 4750, 51, 53,
jami
bo`lib, 17 ta hasini tashkil qiladi. Zardusht she`rlari ilmiy adabiyotda gatalar
deb atab kelinadi. Ha «bashorat» demakdir. Yasnaning 3542halari ayniqsa,
yuksak qadrlangan. Bu yetti haHaptanxati Yasna
«Yetti bob Yasna» deb
nomlangan. Ular orasida olovning muqaddasligi haqida bob bo`lib,
zardushtiylik urfodatlari orasida olovga e`tiqod qilish, dinning esa
«otashparatslik» deb atalishi shunga bog`liq. Binobarin, olov AxuraMazda
nurining quyoshda namoyonligi va uning yerdagi zarrasi deb hisoblangan.
Oliy haqiqat Arta ham olovda o`z ifodasini topgan. Olov haqni nohaqdan,
eng oliy gunoh hisoblanmish yolg`onni rotsdan ajratib bergan. Yolg`on esa
chin e`tiqodga xiyonat deb qoralangan. Arta so`zi fonetik o`zgarib, datslab
atar, hozir esa otash shaklida ishlatilib kelmoqda. Uchinchi kitob «Vispered»
deb nomlangan. U 24 bobdan tashkil topgan va har bir bob alohida karde deb
atalib, ma`budlar sha`niga o`qilgan duolar va ibodat utsida ularga murojaatlar
hamda olamni bilishga doir pandnasihatlardan iboratdir. Uni ibodat
namozlari yig`indisi ham deyishadi. Ayni paytda u Yasnaga qo`shimcha
hisoblanadi. To`rtinchi kitob «Yasht» (gimn) deb ataladi. U Avestoning eng
qadimiy qatlami bo`lib, 22 bobdan iborat. Har bir bob AxuraMazdadan
boshlab, u yaratgan va uning ma`lum vazifalarini bajaruvchi ma`budlar
sha`niga aytilgan madhiyalardan iborat. Avestoning bizgacha yetib kelmagan
kitoblaridan ba`zi qismlari uning yig`ma parchalar to`plami «Xo`rdak
Avesto» kitobida jamlangan. Masalan, Exrpatatsan kitobidan mo`badlar
(kohinlar) uchun qonunqoidalar, diniy boshqaruv tizimiga xos
ma`lumotlarga oid qismlari, Nirangatsan diniymavsumiy, ijtimoiy
marosimlar tartibqoidalari qismi, 20naskda jonning u dunyodagi ahvoli
haqidagi qismi va boshqalar shu kitobda saqlangan. Avesto haqida eng
muhim manba IX asrga oid «Dinkard» (din amallari) asaridir. Unda
Avestoning 21 kitobi to`la ta`riflab berilgan. Bu ta`riflar savobli ishlar
yo`riqnomasi, diniy marosimlar va rasmrusumlar qoidasi; zardushtiylik
ta`limoti asoslari; dunyoning AxuraMazda tomonidan yaratilishi; oxirat kuni
va undagi hisobkitob; falakiyot; ijtimoiyhuquqiy qonunqoidalar;
Zardushtning tug`ilishi va bolaligi; haq yo`lini tutish; jamiyat a`zolarining
haq-
huquqlari; devlar, jinlar kabi yovuz kuchlarga qarshi o`qiladigan duolar,
amallar va boshqalardan iboratdir. Zardushtiylik dini haqida frantsuz olimi
Anketil-
Dyuperron juda qimmatli ma`lumotlar qoldirgan. Masalan, Anketil
Dyuperron 1755 yilda Hinditsonga ilmiy safar qilib, u yerdagi zardushtiylar
orasida uch yil yashagan, ularning ibodatlari, urfodatlarini yaxshi o`rgangan
va Avestoni fransuz tiliga tarjima qilgan. Uch jildlik tarjima 1771 yilda
nashr etilgan. Ayni paytda, shuni ham ta`kidlash joizki, olimlarimizning
fikricha, Avesto G`arbiy Yevropa, Eron va Hinditson tillari orqali bizga yetib
kelgani uchun undagi nomlar, atamalar aksariyat hollarda asliga to`g`ri
kelmaydi. Avestoda turkona jihatlar kam qolgan. Zartushtiylikni o`rganish
hozirgi kunlarda ham faol olib borilayapti. Ta`kidlash kerakki, bu sohadagi
tadqiqotlar O`zbekiston uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki milliy
qadriyatlar va ko`p qatlamli diniy tajribada mazkur dinning tutgan o`rni
beqiyosdir.
Zardushtiylik ta'limotining axloqiy yo’riqlariga binoan inson tomonidan o’z burchini his
etishning eng birinchi bеlgisi ma'naviy poklik sanalgan. Ayollarga g’amxo’rlik
ko’rsatish ijtimoiy zarurat hisoblangan. Ayniqsa, homilador ayollarga muruvvat
ko’rsatish asosiy insoniy burch hisoblangan. Diniy g’oyalarga ko’ra tuproq, suv, havo
hamda quyosh muqaddas sanaladi, odamlar ularni e'zozlash, quyoshga sajda qilishga
da'vat etiladi. Zardusht ta'limotida shaxsiy va turmush gigiyеnasiga qat'iy amal qilish
kishilar o’rtasida turli xil kasalliklar kеlib chiqishining oldini oluvchi tadbir ekanligi
alohida uqtiriladi. Shu o’rinda quyidagi qoidalarga amal qilish maqsadga muvofiqligiga
urg’u bеriladi: qabristonlarning shahar yoki qishloqdan tashqarida bo’lishiga alohida
e'tibor bеrish, hayvonlarning qabrlarni oyoqosti qilmasliklari uchun qabristonlarning
atrofini o’rab qo’yish, mayyit (o’lik)ni yuvish vaqtida ozodalikka rioya qilish, murda
tеkkan libos yoki murda qo’yilgan joyni suv yordamida yuvib tashlash, turli
jonzotlarning o’ligi (inson murdasi) tushgan suv havzalarini bir nеcha bor qatron qilish
(havzani yomg’ir yoki daryo suviga bir nеcha bor to’ldirib, suvni havzadan chiqarib
tashlash), badan va sochning toza bo’lishiga ahamiyat bеrish, tirnoqlarni vaqti-vaqti
bilan olib turish, kuniga bеsh marta yuvinish va hokazolar. Zardusht g’oyalarining
amaliy ahamiyati shundaki, ularda turli kasalliklarning oldini olish hamda atrof-muhit
musaffoligini ta'minlovchi usullar to’g’risida ham ma'lumotlar bеriladi. Bu boradagi
usullar quyidagi uch guruhdan iboratdir:
1) axlatlarni bеrkitish, ifloslangan joylarni tuproq, tosh yoki kul bilan ko’mib tashlash;
2) olov yordamida, issiq yoki sovuq havo vositasida mikroblarni yo’q qilish;
3) kimyoviy usul (kul, sirka, sharob, turli giyohlar - sandal va isiriq tutatish, aloe, piyoz,
sarimsoq, qizil qalampir va hokazolarni istе'mol qilish orqali mikroblarni yo’qotish)
orqali yuqumli kasaliklarga barham bеrilgan.
Bizga yaxshi ma'lumki, mikrob va yuqumli kasalliklar suv, havo va tuproq vositasida
tеz tarqaladi va kеng hududga yoyiladi, shu bois “Avеsto” g’oyalariga ko’ra ularni
asrash, ulardan foydalanishga nisbatan oqilona munosabatni qaror toptirish o’ta muhim
sanalgan. Ularni asrash qoidalarini buzgan kishilar 400 qamchi urish bilan
jazolanganlar.
Zardushtiylik ta'limotida ovqatlanish qoidalari xususida batafsil so’z yuritilib, ularga
qat'iy rioya etish lozimligi alohida ta'kidlanadi. Zеro, insonning salomat bo’lishi, o’z
burchlarini to’laqonli ado eta olish imkoniyatiga egaligi uning ovqatlanish qoidalariga
nеchog’li
amal
qilganligiga
bog’liq
bo’ladi.
Darhaqiqat, inson ovqatlanmasa fuqarolik, xizmat va axloqiy burchni ham bajara
olmaydi. Insonning ma'naviy hayoti uning moddiy turmush tarzi bilan aloqador ekanligi
asarda alohida qayd etilgan. Xususan, “Yasna”larda “yeb-ichmaydigan insonning toat-
ibodat qilishga quvvati yеtmaydi”, - dеyiladi. Zardushtiylikda dunyoviy noz-
nе'matlardan voz kеchish talab etilmaydi, balki noz-nе'matlarni mе'yorida istе'mol
qilish, ularning mazasidan lazzat olish, inson hayotining “yaxshi kun ko’rish uchun
zarur narsalar mo’l-ko’lchiligida” xushchaqchaqlik va baxtiyorlik bilan o’tkazishi
lozimligi to’g’risidagi fikrlar ilgari suriladi. Zardushtiylik ta'limotiga ko’ra oila
muqaddas hisoblangan. Oila qurish ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan. Erkak kishi
zurriyot qoldirish layoqatiga ega bo’lgan holda oila qurmasa, unga muayyan jazo
bеrilgan. U qopga solib kaltaklangan, pеshonasiga tamg’a bosilgan yoki bеliga zanjir
bog’lab yurishga majbur etilgan. Ko’p bolali oilalarning davlat tomonidan mablag’ bilan
ta'minlashi yo’lga qo’yilgan. Egizak yoki bir yo’la uchta farzand ko’rgan ayollarning
maxsus ravishda taqdirlanishlari e'tirof etilgan. Zardusht g’oyalariga ko’ra naslning
sog'lom bo’lishi, qavm qonini toza saqlash, turli irsiy kasalliklar kеlib chiqishining
oldini olish maqsadida yaqin qarindoshlarning o’zaro oila qurishi man etilgan.
“Avеsto”da inson omili, uning salomatligini ta'minlash masalasi alohida bayon etilgan.
Bugungi kunda xalq tabobatida qo’llanilib kеlayotgan va kishilar salomatligi saqlashda
muhim ahamiyat kasb etgan ayrim usullar xususida ma'lumotlar bеriladi. Bildirilgan
fikrlar mazmuniga ko’ra mavjud kasalliklarni davolashda dorivor o’simlik (giyoh) lar
yordamida tayyorlangan vositalardan samarali foydalanilgani ma'lum bo’ladi. Ana
shunday dorivor vositalar sirasida kunjut, ko’knori, zira, piyoz, savsan, turp, xurmo,
sabzi, bеhi, asal, zaytun moyi, shakar, shira hamda sеdananing nomi qayd etiladi. Ayrim
kasalliklarni bartaraf etishda dorivor o’simliklarning ildizi, poyasi, bargi, guli, mеvasi
va urug’laridan tayyorlangan qaynatmalarning foydasi katta ekanligi ta'kidlanadi.
Kasalliklar rivojlanish davri, holati va turiga ko’ra rеjim asosida, duo o’qitish,
parhеz saqlash, dori istе'mol qilish, shuningdеk, jarrohlik amallarini tashkil etish
kabi yo’llar bilan davolangan. Asarda tabiblar tomonidan e'tirof etilgan va
ularning faoliyatlarida asosiy axloqiy-ma'naviy g’oya bo’lib xizmat qilgan
qasamnoma matni ham kеltirilgan. Xulosa qilib aytganda, “Avеsto” asarida insonning
barkamol bo’lib yеtishishida uning so’zi, fikri hamda ishi ezgu bo’lishi va ezgulikning
tantanasi uchun xizmat qilishiga katta e'tibor bеriladi. Ushbu axloqiy uchlik g’oyasi eng
qadimgi davrlardan boshlab kishilik jamiyati taraqqiyotining kеyingi bosqichlarida
yaratilgan barcha ma'rifiy asarlar mazmunining shakllanishiga asos bo’lgan. Zеro, unda
insonning inson sifatida ma'naviy va moddiy jihatdan kamol topishi uchun zarur bo’lgan
muayyan talablar o’z ifodasini topib, hayot kodеksi sifatida nafaqat Sharq balki G’arb
xalqlarining ham muhim ma'naviy mеrosi bo’lib qoldi. Asarda ifoda etilayotgan
masalalarning ijtimoiy hayotning barcha jabhalarini qamrab olganligi Zardusht
g’oyalarining nazariy va amaliy ahamiyatini oshirib, uning qimmati bugungi kunda ham
yuqori bo’lishiga olib kеlgan.
Bu kitobda juda ko`p g`oya, fikr, tavsiya, o`gitlar bor bo`lgani uchun
biz faqat real, haqiqiy hayotga dunyoviy munosabatlarga tegishli hozir ham
talabalar uchun o`z ahamiyatini yo`qotmagan masalalar ustida to`xtaymiz.
Avestoning asosiy g`oyalari olamdagi barcha tartiblar, ezgulik
(yaxshilik) va yomonlikdagi, ziyo va zulmat, hayot va o`lim o`rtasidagi
kurashga bog`liq; dunyodagi barcha ezguliklarni Ahuramazda, yomonliklarni
Ahriman ifodalaydi; bu kurashda odam oliy kuchlar ihtiyoridagi o`yinchoq
emas, u tanlash erkinligiga ega, u o`z g`ayrati bilan bu dunyoda adolat
topishiga ta`sir eta oladigan kishidir. Demak, hozir ham kimki, o`zini ilohiy
kuch qo`lidagi qo`g`irchoq hisoblamasa, o`ziga biror kasbni tanlab olsa,
g`ayratli bo`lsa, adolatsizlikka duch kelsa unga qarshi kurasha oladigan inson
bo`lib yetishishlari shart.
Avestoda u zamonlarda keng tarqalgan ko`chmanchilik qoralanib,
dehqonchilik ezgulik sifatida rag`batlantirilgan. Bundan xulosa chiqarib,
hozir ham har bir odam hech bo`lmasa bir tup mevali daraxt, gul, sabzavot
eksin, o`ziga mevasi nasib etmasa farzandlariga, bechoralarga nasib etadi,
savob bo`ladi. El rahmatlar aytadi.
Avestoda to`rt element suv, olov, tuproq, havo g`oyat ulug`langan;
bularni asrash, avaylashga da`vat etilgan. Uning tarbiyaviy ahamiyati hozir
ham katta. Bunga amal qilib, har bir ongli, aqlli vatanparvar, xalqparvar,
yoshu-
qari tomchi suvni ham isrof qilmasligi, energiya, hayot manbai
olovini, demak gazni, ko`mirni, neftni, o`tinni asrashi; tuproqni iflos
qilmasligi, erroziyaga ya`ni nurash, sho`rlanishga yo`l qo`ymasligi; havoni
esa pokiza saqlashi, ekologik xalokatga uchratmasligi ham qarz, ham farz.
“Avesto” ayni zamonda bu qadim o`lkada buyuk davlat, buyuk ma`naviyat, buyuk ma
daniyat bo`lganligidan guvohlik beruvchi tarixiy hujjatdirki, uni hech kim inkor eta ol
maydi1.
Islom Karimov
"Avesto" jahon madaniyatining, jumladan, Markaziy Osiyo va Eron
xalqlari tarixining qadimgi noyob yodgorligidir. Zardushtlik e`tiqodiga amal
qiluvchilarning muqaddas kitobi sifatida Yagona Tangriga topinish shu
ta`limotdan boshlangan.
Bu kitob tarkibi, ifoda uslubi
va timsollar tizimi
bilan adabiy manbalarga yaqin turadi. "Avesto"da tilga olingan joy nomlari
(Varaxsha, Vaxsh)dan kelib chiqib, uning Amudaryo sohillarida yaratilgani
aniqlangan. Shu asosda uning vatani Xorazmdir degan qarash mavjud.
Tarixdan ma`lumki, insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi markazlari
paydo bulishi va rivojlanishida dehqonchilik madaniyati muhim omil
bo`lgan. Dunyo sivilizatsiyasining qadimiy markazlaridan biri bo`lgan
Sharqda dehqonchilik madaniyatining shakllanishi va rivojlanishi sug`orma
dehqonchilikka asoslanganligi bilan ajralib turadi. Bu borada aytish joizki
O`rta Osiyo zaminidagi eng qadimgi dehqonchilik madaniyati Joytun bo`lib
melodgacha bo`lgan 64ming yilliklarda madaniyati shakllanganligidan dalolat beradi.
Dehqonchilik tarixini o`rganish tarixning turli boskichlarida halqlarning ijtimoiy-
iktisodiy tizimini va ishlab chikarish kuchlari rivojlanishini xujalikmadaniy tiplar
tarixi
muammolarini
ilmiy
tahlil
qilishda royat muhimdir. Qadimga dehqonchilik madaniyati, an`anaviy
dehqonchilik xujaligi va u bilan bog`liq marosimlar hamda agrar kultlar
tarixchi, arxeolog va etnolog olimlar uchun doimo dolzarb va qiziqarli
muammolardan biri bo`lib kelgan va bu borada mutaxassislarning olib
borgan ilmiy tadqiqotlari natijasida ma`lum amaliy natijalarga ham erishilgan.
Ayniqsa bu borada O`zbekiston xududidagi dexqonchilik va
dehqonchilik madaniyati tarixi, sug`orma dexqonchilikning shakllanishi va
rivojlanish bosqichlari hamda u bilan borliq bo`lgan urbanistik jarayonlar
doimo dolzarb muammolardan xisoblangan. Inchunun Vatanimiz
xududidagi eng qadimgi dsxqonchilik madaniyati tarixi, dexqonchilik
marosimlari va ularning genezisini tadqiq qilishda o`tmish ajdodlarimiz
turmush tarzini o`rganixda, tarixiy jarayonlarni rekonstruksiya kilishda
hamda halqimizning qadimgi davlatchilik an`analari va mintakadagi
qadimgi urbanistik jarayonlarni ilmiyasosli tarzda o`rganixda muhim
ahamiyatga ega. Bu borada jaxon fanida boy tajriba tuplangan bo`lib nemis
folklorshunosi V. Mannxardt tomonidan ilk bora dehqonchilik bilan turli
afsonalar va obrazlarda usimliklar olamining jonlaniish sirlari namoyon bulishi
muammosi
ilgari
surilgan.
V.Mannxardtning
ta`kidlashicha,
marosimlar va kultlar asosida inson tabiatdagi barcha boshka mavjudotlar
kabi usimliklarda yashaydi degan qarash mujassamlashgan. Olimning
fikricha,
ruxning
usimlikka
evrilishi
tug`risidagi
mifologiya
quyi
mifologiya yukori iloxdar tug`risidagi mifologiyaga asos bo`lgan va aynan
quyi mifologiya o`ziga xos yashovchan bo`lgan hamda uning izlari
dehqonchilik marosimlarida yaxshi saqlanib qolgan. Mashxur ingliz tadkikotchisi
J.Frezer
Mannxard
materiallariga
suyangan xolda qadimiy agrar diniy dunyoqarashga oid manzarani qayta
tiklagan va uning rivojlanish boskichlarini kursatgan hamda antik kultlar
madaniyatning
turli
rivojlanish
boskichlarida
oralik
bug`in
tarzida
ahamiyatta ega deb ta`kidlagan. Qolaversa etnolog olim tarixiytaqqoslash
usuli asosida ilk mifologik qarashlar va rituallar bilan Yevropa halqlarining
dehqonchilik marosimlarining o`zaro bog`liqligini kursatib berishga xarakat
kilgan.
Darhaqiqat dehqonchilik an`analari qadimiy ildizlarga bog`lanishi
bilan birga o`ziga xos marosimlarga ham ega bo`lgan. Har bir dehqonchilik
mavsumida aynan bir vakt takrorlanuvchi ish jarayoni turli an`ana va urf
odatlarni shakllanishiga sabab bo`lgan. Biz quyida mintakamizdagi dehkonchilik
madaniyatining ilk jumladan, va rasm rusumlarini ko`rinishlari yozma manbalar,
zardushtiylarning mukaddas kitobi "Avesto" malumotlari asosida taxlil
kilishga hamda ularning o`zbek halqi an`anaviy dehqonchilik marosimlari
bilan uyrunligini kursatishga xarakat qilamiz.
Ma`lumki, "Avesto"da ilk dehkonchilik va chorvachilik madaniyati
bilan bog`liq ijtimoiy tartib qoidalarga oid qarashlar va turlituman
marosimlarga ham keng urin berilgan. Jumladan, mazkur manbada
dehqonchilik bilan chorvachilikni yaratgan zot Axura Mazda nazdida eng
ma`kul ish tarzida madx kilinadi. Ayniksa, dehqonchilikka oid mexnatni
xurmat kilish, sevish va kadrlash ta`kidlangan. Shundan kelib chikib
zardushtiylik axlokiy qarashlari bevosita dehqonchilik dehqonlar va
chorvadorlar axlokiy dunyoqarashini aks ettiradi. Dehqonchilikning yaxshi tomonl
ari Zardushtning ikkinchi farzandi
Arvatatnara obrazida mujassamlashgan. Unga xos xususiyatlarga konunga
va ijtimoiy tartibga itoat kilishlik hamda sabrbardoshlilik kirgan.
Shuningdeq mazdaparastlar tasavvuriga kura olamdagi birinchi dehqon
Arvatatnara xisoblanadi. "Vendidod"ning 2fargard, 42bandida qayd
etilishicha, Yimaxshayati (Jamshid) bunyod etgan var axli orasida Zardusht
va Arvatatnara eng buyuk va eng donodir. "Bundaxishn"da keladi:
"Arvatatnara dehqonlarning ulug`i edi, endi Jamshid bunyod kilgan varning
buyugiga aylandi5. Shu urinda aytib utish joizki, zardushtiylik an`anasiga
kura Arvatatnara abadiy zotlar sirasiga kirgan. "Avesto"ning juda kup urinlarida x
osildorlikni oshirishdagi
asosiy
omillardan biri yerning zaxini qochirish, shurini yuvish deb maslaxat
beriladi. Zardushtiylarda yaxlit bir agromadaniyat yaratish uchun maxsus
irrigatsiya tizimi va yer maydonlarini jamoa a`zolari o`rtasida tartibli
taksimlanishiga amal kilingan. Shu urinda aytib ugish kerakki jinoyat uchun
odamlarga beriladigan jazo turlari ichida suv inshootlari kurishda majburan
ishlatish chorasi ham bo`lgan (bu og`ir jismoniy mexnat xisoblangan). Bu
davrda yer jamoa mulki bo`lgan bulsada chorva xususiy mulk bo`lganligini
"Avesto"dan kurishimiz mumkin.
"Avesto"da dehqonlarni vastriofishuyant deyilgan. Bu so`zning
etimologiyasiga nazar tashlasak zardushtiylar ajdodlarining an`anaviy
kuchmanchi
mashg`uloti
chorvachilik
bilan
bog`lik
juda
qiziq
bir
manzaraning guvoxi bulamiz. Avestoshunos olim A. O. Makovelskiyning
yozishicha, "vastriofishuyant" iborasi yasalishiga kura murakkab so`z bo`lib
uning birinchi tarkibiy kismi yirik shoxli koramol chuponi, ikkinchi qismi
esa mayda shoxli chorva chuponi ma`nolarini bildirgan. Ushbu ikki
so`zning kushilishidan keyinchalik dehqon so`zi paydo bo`lgan"6. "Vendidod" va "
Visperad"ning aloxida qismlarida yerga ishlov berish,
ekin ekish, yerning meliorativ xolatini yaxshilashga oid qator yulyurikdar
bayon qilingan. Jumladan, "Vandidod"ning uchinchi fargardi, 4bandida
Zardushtning Axura Mazdaga qarata "zamini hammadan kura baxtiyorrok
bo`lgan dunyodagi uchinchi joy qayr?"
degan savoliga javob tariqasida
Axura Mazda: "Ey Sipiytmon Zardusht! Bunday joy bir Ashavan
hammadan kura kuprok bug`doy, yog` va mevali daraxtlar ekkan, odamlar
kuruk yerlarga suv chikargan, suvli yerlarni shudgor kilgan zamindir"7 deb
javob bergan. Shuningdek "Vendidod"da ta`kidlanishicha, o`zok vakt
ekilmagan va omoch tegmagan zamin baxtsizdir. U omochni orzu kiladi.
Bunday zamin balog`at pallasiga kirgan sohibjamol qizdir. Bu oila kurish,
kiz farzand kurishni xoxlagani singari, xaydalmagan yer ham kushchini kutadi".
Xalqimiz dunyoqarashi va dehqonchilikka oid an`anaviy xujalik
mashg`ulotida xozirgacha ushbu qarashlar bilan bog`liq ayrim ko`rinishlar
saqlanib qolgan bo`lib buni bevosita etnografik ma`lumotlar ham
tasdiklaydi. Jumladan, o`zbeklarda yerni xaydash, uni ekishga tayyorlash,
suv keltirish, zamin bag`rida yetishtirilgan xosilni yigib olish savob,
dehqonchilik eng sharafli mashg`ulot hisoblanadi. Ayniksa, dehqonchilik
mavsumini boshlanishi o`ziga xos tantana tarzda nishonlangan bo`lib, XX
asrning birinchi choragigacha respublikamizning kator mintakalarida
baxorgi shudgor oldidan "is chikarish" marosimi utkazilgan. Xar bir oilada
ayollar bug`irsoq cho`zma ("is") pishirishgan. Qozonda moy yaxshi
kizitilib, sungra unga hamir tashlangan. Guyoki, marxumlar shu moy
kizishini eshitib, ruxdari shod bulishib, karindoshurug`larga omad
tilashadi. Yerni xaydashdan
oldin xukizlarning shoxlari va buynturig`ini
yog` bilan moylaganlar.
Xo`kizlarni yomon ko`zdan asrasin, deb tumorlar taqilgan. Keksalarning
ta`kidlashlaricha, mazkur odat zaminida uning shoxlari moylanib, bakuvvat
bo`lgan xukiz yil buyi xormaytolmay ishlasin, degan magik niyat
mujassamlashgan. Dastlabki egat olish yoki urug` sepishni oila yoki
qishloqdagi xurmatli keksalar boshlab berishgan. "Avesto"da yozilishicha, "kim
bug`doy
eksa,
u
Ashaxni
(Haqiqat) ekadi. U Mazda dinini yana va yana kukartiradi. U Mazda dinini
yuzlab
hamdu
sano,
nazru
niyoz
va
o`n
minglab
kurbonliklar
kuvvatlantirgandek kudratli kiladi. Qachonki egatlarda urug` yetilsa, devlar
urinlaridan ko`chadilar. Qachonki bug`doy gurkirab kukarsa devlar
dahshatlardan titray boshlaydilar. Qachonki bug`doy un bulsa, devlar nola
chekadilar. Qachonki bug`doy xirmonga uyulsa, devlar nobud buladilar.
Qay bir xonadonda bug`doy bosh chikarsa u xonadonga devlar yakinlasha
olmaydilar. Qay bir xonadonda bug`doy ombori bulsa guyo qizdirilgan
temir devlar buynini chirmab tashlaydi". Ko`rinadiki, "Avesto" paydo
bo`lgan davrda g`alla ekish, don yetishtirish, umuman, dehqonchilik
madaniyati yetarli darajada rivojlangan ekan. Biz o`zbek halqining an`anaviy turmu
sh tarzi bilan bog`liq qarashlar va
marosimlarni
ko`zatar
ekanmiz,
yer,
don
va
nonga
bo`lgan
o`ziga
xos
xurmatextiromni turli-
tuman udumlar va marosimlarda hozirgacha saklanib
kelayotganligini kurishimiz mumkin. Farg`ona vodiysi o`zbeklari orasidagi
halqona qarashga kura bug`doy, olma, kovun, anjir va rayxon dastlab
jannatda o`sgan. Shu bois ushbu usimliklar va mevalar doimo e`zozlangan.
Ayniksa halq orasida yerga bug`doy sepish eng xayrli amallardan biri
sanalgan va bug`doy ekilgan maydonlarni oyoq osti kilish gunoh
xisoblangan. Kolaversa bug`doydan tayyorlanadigan taomlar ham aloxida
kadrlangan. Jumladan, baxorda iliko`zildi paytida ayollar tomonidan
namlangan bug`doyni kuklatib sumalak tayyorlash va qolaversa bir marta
sumalak tayyorlangan uyda yetti yil mobaynida xar yili bir marta sumalak
pishirish udumlari xozirgacha davom etib kelmokda. Shu urinda
halqimizning nonga bo`lgan xurmat e`tiborini aloxida ta`kidlab utishimiz
lozim. Asosiy xujalik mashg`ulotlaridan biri dehqonchilik bo`lgan o`zbek
halqida non azaldan asosiy va tansik iste`mol mahsulotlaridan bulishi bilan
birga non bilan bog`liq kator marosimlar va urfodatlar shakllangan.
Jumladan, non hech qachon oyok ostiga tashlanmagan. Nonni bosish og`ir
gunox xisoblangan. Bundan tashkari kelinni kuyovnikiga ko`zatishda
boshiga non quyish odati bo`lgan. Farg`ona vodiysi o`zbeklari qadimiy
odatga kura g`alla somonini xech qachon o`choq va tandirga yoqishmagan.
Chunki donninonni yokish og`ir gunoh deyiladi 10. Axborotchilarimizning
ta`kidlashlaricha, non bor joyga turli insjinslar va yovo`z kuchlar
yakinlashmas ekan. Shu bois yomon ko`zdan, yovuz kuchlardan asrovchi
vosita sifatida, yangi tug`ilgan chakalokni yoki xatna kilingan bolaning
yostigi ostiga boshka kator magik xususiyatga ega buyumlar bilan birga non
quyilgan. Xorazmda
non bulaklarini tumor
qilib taqilgan va non uchun
hamir tayyorlab quyilgan yerga (masalan, tandir oldiga) jin, parilar
yakinlashmaydi deyiladi. XX asr boshlarida o`zbeklarda ba`zan ekinlar rivoji past b
o`lib, hosil
kam bulsa va bu xodisa ikkiuch bora qaytarilsa, bunday yerlarga odamlar
salbiy nazar bilan qarashgan. Giyoh unmaydigan yoki kam xosilli
paykallarni «it tekkan yer» (insjins tekkan manosida), "xudo qarg`agan
yer" deb nomlashgan. Xorazmda ulgan odamning jasadi tekkan yerni nopok
yer deyilgan. Agar ekin ekiladigan yerda odam jasadi yoki uning suyaklari
topilsa, bu joy xarom xisoblangan. Bunday yerni besh marta sugorgandan
keyingina ekin ekishgan. Ayrim joylarda esa bunday srlarniig atrofini juyak
olib urab quyishgan va ikkiuch yil davomida sug`ormaganlar, ekin
ekmaganlar. Biz bu udumga aynan uxshash ko`rinishni "Avesto" kitobida
uchratamiz. Zardushtiylarning "murdaning nopokligi" konsepsiyasiga kura
zardushtiylik paydo bo`lgan dastlabki paytlarda tuprokning xolatini
bo`zmaslik maksadida va murdani "marosimiy makrux" xisoblangani bois
o`lik yerga kumilgan. Murda odamlar nazaridan yiroqqabaland tepaliklarga
eltib
maxsus
supalarga
quyilgan.
"Veididod"ning
7fargardi,
7bulimida
Zardushtninig Axura Mazdaga karata "oftob ostida yotgan odam jasadi
yerga tushib ketsa, yer necha vaktdan sung o`zining pokizalik xolatiga qaytadi?
degan savoliga javob tarikasida "oftob ostida yotgan odam jasadi
yerga tushib ketgan laxzadan bir yil utgach, zamin o`zining poklik xoliga
qaytadi" deb javob bergan. Boshka urinda Axura Mazda Zardushtga
karata "odam jismi tuprokka topshirilgan lahzadan ellik yil utganidan sung
zamin o`zining poklik xoliga qaytadi" deb ta`kidlagan. Demak biz
bundan halqimizning dehqonchilik bilan bog`liq kator urfodatlari kecha
yoki bugun uylab topilmagan, balki o`zining kupming yillik tarixiga ega
ekanligiga yana bir bor amin bulamiz. Fargona vodiysi o`zbeklarida yerga
dastlabki ishlov
berish,
yani
yil
boshidagi
dastlabki
dehqonchilik
yumushlari Navro`z tantanalari bilan bir vaktda boshlangan. Navro`z
ayyomi dehqonlar uchun ayniksa ahamiyatli bo`lgan. Chunki yukorida
aytganimizdeq bu kunlarda ekin ekish, dala, bor yumushlari boshlangan.
Dehkonlar, bog`bonlar va chorvadorlar ayozli kunlardan omoneson chikib,
baxorning issik kunlarini intiklik bilan kutib, katta dehqonchilik ishlariga
jiddiy tayyorgarlik ko`rganlar, omochbuyinturiklarni, molalarni sozlab,
taxt kilishgan, otlar sovutilgan, aravalar to`zatilib ishga yarokli xolga
keltirib quyilgan. Asosiy ishchi kuchi bo`lgan xukizlarni yaxshi parvarishlab,
ularni yer xaydashga olib chikishgan. Shu bois ham o`rta
asrlarda Buxoroda bu dehqonchilik bayrami "Navro`zi kishavorzon"
dehqonlar bayrami" deyilgan. Zaxmatkash dehqonlar aynan ushbu kun
qo`sh chikarib urug`ni yerga qadaganlar.
"Avesto" oromiy va pahlaviy yozuvlari asosida yaratilgan maxsus
alifboda datslab to`qqiz ho`kiz terisiga yozilgan. Ilk nusxalari asosida
sosoniylar (mil. ol. 7-3asr) davrida 21kitob holida yig`ilgan, bizgacha
ularning chorak qismi yetib kelgan. Tiklangan matnga "Zand" nomi bilan
sharhlar bitilgan. "Avesto" to`rt qismdan iborat: Yasna ("Diniy marosimlar"),
Yasht (ma`no jihatdan Yasnaga yaqin), Visparad ("Barcha ilohlar haqidagi
kitob"),
Vendidad ("Yovuz ruhlarga qarshi qonunlar majmuasi"). Yasna
tarkibiga kirgan madhlar "Gatlar" (ayrim manbalarda "gohlar") deb nomlanib,
ularni Zardutsning o`zi yozgan deb taxmin qilinadi. Gatlar tarkibida Jamshid
(Yima), Gershasp, Afrosiyob (Alp Er To`nga) kabi afsonaviy qahramonlar
"Avesto" insoniyat sivilizatsiya tarixining ilk
hayoti lavhalari uchraydi. sahifalarini tashkil etgani uchun jahon olimlarining
e`tiborini tortgan.
U
haqda F.Nitsshe, F. Shpigel, A. Mayllet, V. Bartold, E. Bertels, Yan Ripka,
O.Makovelskiy, I. Braginskiy v.b. xorijiy olimlarning tadqiqotlari
mavjud.O`zbekistonda "Avesto"ni o`rganish qadimdan boshlangan. Abu
Rayhon Beruniy, Abu Jafar Tabariy, Abu Baxr Narshaxiy asarlarida "Avesto"
ta`limotiga va unda tilga olingan timsollarga murojaat mavjud. Bu nodir
ilmiy asarlarning qo`lyozma va bosma nusxalari O`R FA SHI jamg`armasida
saqlanadi. Hozirgi o`zbek olimlari A.Qayumov, H. Homidov, M. Isoqov, N.
Rahmonov v.b.ning ilmiy tadqiqot va maqolalari e`tiborli. O`zbekiston
Respublikasi hukumatning qarori bilan 2001 yilda "Avesto"ning 2700 yilligi
nishonlandi. "Avesto" vatani Xorazmda bog` barpo qilindi, asarning o`zbek
tilidagi tarjimalari chop etildi, u haqda yangi tadqiqotlar yuzaga chiqdi.
Xulosa qilib aytganda, o`zbek halqining dehqonchilik an`analari
qadimiy tarixga ega bo`lib bundan 3000 yil mukaddam O`rta Osiyo zaminida
dehqonchilik gullabyashnagan va ajdodlarning asosiy mashg`ulotlaridan
biri bo`lgan. "Avesto"da ta`riflangan va targ`ib etilgan eng ulug` kasb
dexqonchilikka oid urfodat va marosimlar o`zining xayotiyligi va
halqchilligi bilan aloxida dikqatga sazovordir. Ularda ijtimoiy tabaqaviy
cheklanish alomatlari yo`q bo`lib tabiiy ehtiyojlar zaminida paydo bo`lgan va
umumxalq manfaatlariga
xizmat qilgan. Bu urf-
odat va marosimlar tabiat bilan o`zviy bogliq
mehnat jarayoni hamda turmushning muhim voqealariga bag`ishlab
nishonlangan va xalqning orzu
umidlarini ifoda etgan.
Avestoning hozirgi davr kishilari uchun ahamiyati shundaki, unda
odamlar doim pokiza yurishga, badanni toza tutishga yomon kirdikorlar
qilmaslikka; har qanday yovuz niyat va haqoratli asabbuzar so`zlarni
aytmaslikka, ayollarni, jumladan qizlarni sevishga hamma sohada mo`tadil
(optimal) bo`lishga da`vat etuvchi qoida da`vat, o`gitlar bayon etilgan. Avestoning Gat
qismida odamlar halol mehnat qilishga o`z qo`li hunari bilan moddiy ne`matni
yaratishga,
tayyorga
ayyor,
o`roqda
yo`q,
mashoqda yo`q xirmonda
hozir, boqimanda, tekinxo`r bo`lmaslikka, bularga
yo`l qo`ymay, binoanan yashashga da`vat etilgan. Bu da`vatlarni hozir ham
foydasi katta.
Xulosa shuki, Avestoda diniy ko`rsatmalar haqidagi g`oyalar bilan
birga real, dunyoviy hozir ham foydali, nasihat, tavsiya, cheklash, ta`qiqlash,
rag`batlantirishga doir o`git va da`vatlar ko`p bo`lgan.
Zardushtiylikning
o`zidan
keyingi
barcha
dinlarga
salbiy ta`siridan
ko`ra ijobiy ta`siri ustun bo`lgan. Deyarli barcha dinlarga
xos xususiyat bo`lgan insonlarni yetuklikka, ma`naviyati boy, axloqodobli
bo`lib tarbiyalashga intilish zardushtiylik dinining ham asosini tashkil qiladi.
Bu ustunlik musulmonlar hayoti va faoliyatida ayniqsa e`tiborga loyiqdir.
Dostları ilə paylaş: |