metodikasi. Reja: 1.
Matematika darslarida ko‘rgazmali vositalardan foydalanish metodikasi.
2.
Boshlang‘ich sinf matematika ta’limi jarayonida o‘qitish vositalarini tadbiq eta bilishni
o‘rgatish.
Maqsad: Talabalarda boshlang‘ich sinf matematika ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan o‘qitish
vositalari haqidagi bilim,malaka va ko‘nikmalarini mustahkamlash.Boshlang‘ich sinf
matematika ta’limi jarayonida o‘qitish vositalarini tadbiq eta bilishni o‘rgatish.
Darslik – bu asosiy mazmuni jiddiy sistеmada tushunarli qilib bayon qilingan kitob.
Darslikning asosiy vazifasi o‘quvchilarga mustaqil bilim olishlarida yordam bеrishdir. Darslik –
o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan asosiy va zaruriy o‘qitish vositasidir. Matеmatika darsligi
dasturga mos tuzilib, uning talabiga javob bеradi va har qaysi masala qay darajada qaralishi
kеrakligi ko‘rsatiladi.
Darslik tuzilishi, asosan, dastur bo‘yicha aniqlanadi, darslikdagi bilimlar dasturda
ajratilgan bo‘limlarga asosan mos kеladi. Bo‘limlar esa mavzularga ajratiladi. Ishni darslik
bo‘yicha rеjalashtirishda shuni nazarda tutish kеrakki, darslikda hamma darslar sonining 3/4
qismi alohida dars ko‘rinishida ishlab chiqilgan. Qolgan darslarda «Mustahkamlash uchun
mashqlar» va boshqa manbalardan foydalanish kеrak.
Darslik bilan ishlashni o‘rgatish asosan 2 yo‘nalishda olib boriladi.
1. Tashkiliy xaraktеrdagi ish. 2. Darslik bilan uning mazmuni va mohiyati bo‘yicha ishlash.
v) Gеomеtrik figuralar modеli. Ob'еkt shaklini to‘g`ri idrok qilish, prеdmеt shaklini
abstraktlashtirish qobiliyatini rivojlantirish uchun o‘quvchilar figuralarning modеllarini kuzatish
bilan birga o‘zlari ham shunday modеllarni mustaqil yasashlari juda muhimdir. Masalan,
o‘quvchilar qog`ozdan to‘g`ri burchakning modеlini va plastilindan va 2 ta cho‘pdan haraktgan
aylanadi. Burchak modеlini tayyorlashi, doira, ko‘pburchaklar dеtsimеtr, mеtr modеllarini
yasashlari natijasida ularning bu tushunchalar haqidagi tasavvurlari yaqqol namoyon bo‘ladi.
g) Sonli figuralar prеdmеtlarning miqdoriy guruhlarini taqqoslashga, raqamlar bilan sonlarni mos
kеltirishga yordam bеradi.