Ma'lumki, ixtiyoriy chiziqli programmalash masalasining optimal yechimini topish jarayoni boshlang‘ich tayanch yechimini kurishdan boshlanadi.
Masalaning (1) va (2) sistemalari birgalikda mn – ta noma'lumli m+n – ta tenglamalarda iborat. Agar (1) sistemaning tenglamalarini hadma-had qo‘shsak, va aloxida (2) sistemaning tenglamalarini hadma-had qo‘shsak, ikkita bir xil tenglama hosil bo‘ladi. Bu esa (1) va (2) dan iborat sistemada bitta chiziqli bog‘lik tenglama borligini ko‘rsatadi. Bu tenglama umumiy sistemadan chiqarib tashlansa, masala m+n-1 ta chiziqli bog‘liq bo‘lmagan tenglamalar sistemasidan iborat bo‘lib qoladi. Demak, masalaning buzilmaydigan tayanch yechimi m+n-1 ta musbat komponentalardan iborat bo‘ladi.
Shunday qilib, transport masalasining boshlang‘ich tayanch yechimi biror usul bilan topilgan bo‘lsa, (xij) – matritsaning m+n-1ta komponentalari musbat bo‘lib, qolganlari nolga teng bo‘ladi. Agar transport masalasining shartlari va uning tayanch yechimi yuqoridagi jadval ko‘rinishda berilgan bo‘lsa, noldan farqli xij – lar joylashgan kataklar «band kataklar», qolganlari «bo‘sh kataklar» deyiladi.
Agar band kataklarni vertikal yoki gorizontal kesmalar bilan tutashtirilganda yopiq ko‘pburchak xosil bo‘lsa, bunday xol sikllanish deyiladi va yechim tayanch yechim bo‘lmaydi. Demak, birorta yechim tayanch yechim bo‘lishi uchun band kataklar soni m+n-1 ta bo‘lib sikllanish ro‘y bermasligi kerak.
Shimoliy-g‘arb usuli. Transport masalasi jadval ko‘rinishida berilgan bo‘lsin. Yo‘l harajatlarini xisobga olmay B1 iste'molchining talabini A1ta'minotchi xisobiga qondirishga kirishamiz. Buning uchun a1 va b1yuk birliklaridan kichigini A1B1 katakning chap pastki burchagiga yozamiz. Agar a1< b1 bo‘lsa, B1 ning extiyojini to‘la qondirish uchun A2B1 katakka yetishmaydigan yuk birligini A2 dan olib yozamiz va h.q. Bu jarayonni AmBn katakka yetguncha davom etdiramiz. Agar (5) shart o‘rinli bo‘lsa, bu usulda tuzilgan yechim albatta tayanch yechim bo‘ladi.
1-misol. Transport masalasining boshlang‘ich yechimini toping.
Ta'minotchilar
Iste'molchilar
Zaxira xajmi
B1
B2
B3
B4
B5
A1
10
100
7
4
1
4
100
A2
2
100
7
150
10
6
11
250
A3
8
5
50
3
100
2
50
2
200
A4
11
8
12
16
50
13
250
300
Talab xajmi
200
200
100
100
250
Minimal qiymat usuli. Bu usulda boshlang‘ich yechim qurish uchun avval yo‘l harajati eng kichik bo‘lgan katakka ai va bj lardan kichigi yoziladi va keyingi eng kichik qiymatli katakka o‘tiladi va h.q. Bu usulda tuzilgan boshlang‘ich yechimni buzilmaslik va sikllanishga tekshirish shart.
2-Misol. Minimal qiymat usuli bilan boshlang‘ich yechimini toping.
Ta'minotchilar
Iste'molchilar
Zaxira xajmi
B1
B2
B3
B4
B5
A1
10
7
4
1
100
4
100
A2
2
200
7
50
10
6
11
250
A3
8
5
3
2
2
200
200
A4
11
8
150
12
100
16
13
50
300
Talab xajmi
200
200
100
100
250
Optimal yechim qurishning potensiallar usuli
Teorema:Agar transport masalasining X*=(x*ij) yechimi optimal bo‘lsa, unga quyidagi shartlarni qanoatlantiruvchi m+n-ta sonlar sistemasi mos keladi:
X*ij > 0lar uchun U*i + V*j = Cij X*ij = 0 lar uchun U*i + V*j ? Cij i=1,2,…,m; j=1,2,…,n. U*i va V*j sonlar mos ravishda «ta'minotchi va iste'molchilarning potensiallari» deyiladi.
Bu teoremaga ko‘ra boshlang‘ich tayanch yechim optimal bo‘lishi uchun quyidagi ikki shart bajarilishi kerak:
a) har bir band katak uchun mos potensiallar yig‘indisi shu katakdagi yo‘l harajati qiymatiga teng bo‘lishi kerak:
U*i + V*j = Cij (6) b) har bir bo‘sh katak uchun mos potensiallar yig‘indisi shu katakdagi yo‘l harajati qiymatidan katta bo‘lmasligi kerak:
U*i + V*j ? Cij (7) Agar kamida bitta bo‘sh katak uchun (7) shart bajarilmasa, ko‘rilayotgan yechim optimal bo‘lmaydi va bu yechimni bazisga (7) shart buzilgan katakdagi noma'lumni kiritish bilan yaxshilash mumkin.
Shunday qilib navbatdagi tayanch yechimni optimallikka tekshirish uchun avval (6) shart yordamida potensiallar sistemasi quriladi va so‘ngra (7) shartning bajarilishi tekshiriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Laura Tomson i LyeokVelling. razrabotka web -prilojeniy na php i mysql. DiaSoft. Sankt-Peterburg – 2003.
N. N. Kussul, A.Yu. Shelestov. samouchitel ispolzovanie php. Dialektika Moskva-Sankt-Peterburg-Kiev-2005.
http://www.inetwork.realsofts.com/ . zarabotok v internete.