Mavzu: Husnixatga o`rgatishning maqsad va vazifalari reja


Husnixatga o`rgatishda yozuv daftariga qo`yiladigan talablar to`g`ri ko`rsatilgan qatorni toping



Yüklə 199,94 Kb.
səhifə27/33
tarix13.05.2023
ölçüsü199,94 Kb.
#126887
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   33
Referatlar Husnixat

1. Husnixatga o`rgatishda yozuv daftariga qo`yiladigan talablar to`g`ri ko`rsatilgan qatorni toping.
A. 1-2-sinfda yozuv yo`li 4 mm, bosh harflar 8 mm bo`lgan qiya chiziqlari siyrak 2 chiziqli daftar, 3-4-sinfda bir chiziqli daftar
B. 1-sinfda yozuv yo`li 4 mm, bosh harflar uchun 8 mm bo`lgan qiya chiziqlari siyrak 2 chiziqli daftar, 2-4-sinfda bir chiziqli daftar
C. 1-4-sinfda 2 chiziqli daftarda husnixatga mashq qilinadi
D. 1-sinf 1-yarim yilligida kichik harflar uchun 4 mm, bosh harflar uchun 8 mm li 2 chiziqli daftar, 1-sinfning 2-yarim yilligida, 2-,3-,4-sinflarda 1-chiziqli daftar tutiladi
E. Daftar chiziqlari kichik harf uchun 3 mm, bosh harflar uchun 6 mm bo`ladi.
2. Bir chiziqli daftarda harfla bo`yi necha mm. bo`ladi.
A. Kichik harf 4 mm, bosh harf 8 mm.
B. Kichik harf 3 mm, bosh harf 7 mm.
C. Kichik harf 3 mm, bosh harf 6 mm.
D. Kichik harf 5 mm, bosh harf 8 mm.
E. Kichik harf 2,5 mm, bosh harf 5 mm.
A. 1, 2, 5, 7; B. 4, 3, 5, 7; C. 1, 2, 5, 6; D. 4, 2, 5, 7; E. 1, 3, 5, 6.
3. Yozuv jarayonida daftar qiyaligi va daftar bilan ko`z oralig`i qancha bo`ladi?
A. Daftar qiyaligi 250, daftar va ko`z oralig`i 25 sm.
B. Daftar qiyaligi 450, daftar va ko`z oralig`i 30 sm.
C. Daftar qiyaligi 450, daftar va ko`z oralig`i 30 sm.
D. Daftar qiyaligi 650, daftar va ko`z oralig`i 30 sm.
E. To`g`ri javob yo`q.
4. Yozuv jarayonida ruchkaning uchi bilan barmoq oralig`i necha sm bo`ladi?
A. 1,5 sm.
B. 2 sm.
C. 1,5-2 sm.
D. 1 sm.
E. 2,5 sm.


Mavzu: Boshlang`ich sinfda husnixat daqiqalarining mazmuni va o`quv materilaiga qo`yiladigan talablar


Mavzu:

  1. Husnixat daqiqasining mazmuni.

  2. Husnixat daqiqasiningo`quv materilaiga qo`yiladigan talablar

Husnixat daqiqalari ona tili darsining bir qismini tashkil qiladi. Husnixat daqiqasining mavzusi, husnixatga o`rgatishning maqsad va vazifalari, tashkil etish shakllari, metod va usullari darsning maqsadi, turi, shakli, bosqichlariga singdiriladi.


Husnixat daqiqasining mazmunini o’quvchilarni yozuv faoliyatida ishtirok etadigan tana qismlari bilan tanishtirish, yozuv paytida gavdani tutishga o`rgatish, yozish jarayonida o`quv qurollaridan foydalanishga o`rgatish, bosh va kichik harflarni yozish, yozilishi o`rganilayotgan harf ishtirok so`z va gaplar tashkil qiladi.
Masalan, darsning mavzusi “Tovushlar va harflar” shundan so`ng husnixat mavzusi yoziladi. Bosh B va kichik b harfini husnixat bilan yozish. Bb harfi ishtirok etgan gap yozish.
Har bir darsning maqsadiga quyidagi kabi maqsadlar qo`shimcha ravishda kiritiladi:O’quvchilarni yozuv faoliyatida ishtirok etadigan tana qismlari bilan tanishtirish. Yozuv paytida gavdani to’g`ri tutishga o`rgatish. Yozish jarayonida o`quv qurollaridan to`g`ri foydalanish ko`nikmasini shakllantirish” kabilar yoziladi.
Darsning birinchi bosqichiga “Yozuv jarayonida odamning tana qismining holatini ko’rsatish va nomlari bilan tanishtirish. Yozayotgan paytdagi holatini video orqali namoyish qilish. Ularni shunday holatda o`tirishlarini mashq qildirish. Daftarning turishi, kaftni to’g`ri tutish va ruchkani to’g`ri ushlashni mashq qilish. Harflar yuzasidan suhbat o`tkazish va o`quv materiallarini yozish. O`quvchilar yozuvini nazorat qilib borish, kamchiliklarini tuzatishga ko`maklashuvchi ish turlarini tashkil qilish” kiritiladi.
Daqiqaning borishida husnixat daqiqasiga rejalashtirilgan ishlar amalga oshiriladi.
O’qituvchi yozuv jarayonida noto’g`ri o’tirish bir qancha jiddiy kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo’lishini va keyinchalik butun hayoti davomida qolishi haqida ma’lumot berib o’tadi. Bularga masalan: uzoqni ko’ra olmaslik, bukchayish, nafas olishning qiyinlashuvi va o’zidan keyin ko’krak qafasi kasalliklarining kelib chiqishiga va h.zolarga sabab bo’ladi.
Shundan keyin o’qituvchi o’quvchilarga tushuntirib o’tganganlarini takrorlab berishlarini taklif etadi.
Stolga o’tirayotganda o’quvchilarga yaxshi ko’rinadigan joyga (eng yaxshisi profil holda) o’tirib: ‘Qaranglar, men hozir yozish jarayonida qanday o’tirish talab etilsa, shunday o’tiraman. Sizlar ham men qanday o’tirsam, shunday o’tirishga harakat qiling. Qarang-chi, men qanday o’tiribman, egilibmi, yo to’g`ri o`tirdimmi?’
O’quvchilar: To’g`ri.
O’qituvchi: qaranglar, mening qo’llarim qayerda turibdi va diqqat bilan qarang-chi, tirsaklarim qanday holda turibdi?

Yüklə 199,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin