Darsda oʻquvchilar faoliyatini tashkil qilish usullari deganda oʻqituvchi rejasiga muvofiq oʻquvchi mashqlarni bajarish uchun uyushtirish usullari tushuniladi.
Frontal(yoppasiga)shugʻullanishusuli - mashqlarni barcha oʻquvchilar bir vaqtda bajaradilar. Uning ustunligi koʻproq oʻquvchi qamrab olishda, darsda yuqori zichlikka va katta jismoniy ogʻirlikka erishilishidadir, oʻquvchilar oʻqituvchi farmoyishi yoki jamosini baravariga bajarsalar, yoppasiga shugʻullanish usuli mashqlarni jamoa xolda bajarishning yaxshi namunasi boʻla oladi.
Mazkur usul oʻquv muassasalarining barcha bosqich oʻquvchilari bilan olib boriladigan ishlarda, ayniqsa, oʻquv materiali bilan tanishtirishda keng qoʻllaniladi. Guruhliusulshundan iboratki, unda oʻquvchilar guruhlarga boʻlinadilar,
har bir guruh oʻqituvchi topshirigiga binoan mustaqil shugʻullanadi. Mashq uchun jixoz va inventar etishmaganda shu usulga murojaat qilinadi. Vaqtdan oqilona foydalanish maqsadida bir vaqtda ikkita-uchta mashq turi oʻrganiladi. Guruhlar ma’lum bir vaqtdan soʻng joy almashadilar. Har bir guruhga oʻquvching mashgʻulot paytidagi harakatini kuzatib turish uchun boshliq tayinlanadi.
Guruhlarga boʻlinish ikkitagacha, uchtagacha sanash yoki bir qator kolonnadan ikki, uch kator kolonnaga qayta saflanish va har bir qatorni tegishli joyga burib olib borish orqali amalga oshiriladi.
Darsda guruhlar bir-biriga xalakit bermaydigan tarzda joylashadi.
Guruhli usul barcha oʻquvchilar mustakil mashgʻulotlarga yetarli darajada tayyor boʻlganlaridan soʻng qoʻllanilishi mumkin.
Individual usulshundan iboratki, bunda har bir oʻquvchi mashq bajaradi, qolganlar esa uni kuzatib turishadi. Bunday usul yakunlovchi darslarda qoʻllaniladi. Bu oʻqituvchiga har bir mashq bajarilgandan soʻng yakun chikarishga, bolalar e’tiborini mashqni yaxshiroq bajarishga, kamchilik va xatolarga qaratishga imkon beradiki, bu ta’lim va tarbiya jixatdan juda muxim.
Aylanibyuribshugʻullanishusuli- darsning ma’lum bir vaqtida oʻquvchilar 4-8 kishilik bir necha guruhga boʻlinib, oʻqituvchi koʻrsatmasiga binoan turli snaryad yoniga yoki mashgʻulot joyiga boradilar va oʻqituvchi signali
boʻyicha mashqlarni mustakil bajara boshlaydilar. Ma’lum bir vaqt oʻtgach (30-40 sek), oʻqituvchi yangi signal beradi va oʻquvchilar boshqa snaryad yoki mashgʻulot urniga uyushgan xolda oʻtadilar. Barcha oʻquvchilar dars rejasida kuzda tutilgan ham ma mashqlar bilan shugʻullanib boʻlmagunlaricha shu tarzda davom etaveradi. Oʻquvchilar bir snaryaddan ikkinchisiga utib va barcha mashqlarni bajarib,
guyo mashqlar doirasini tugallaganlari uchun bu usul aylanma usul deyiladi. Bu usulni shuning uchun ham trenirovka deb ataydilarki, uning asosiy maqsadga yunalganligi shugʻullanuvchilarning jismoniy sifatlari rivojlanish darajasini oshirish va organizmning funksional imkoniyatlarini takomillashtirishdan iboratdir. Bunga mashqlarni muayyan izchillikda, ixtiyoriy yoki berilgan sur’atda, muayyan vaqtda yoki ma’lum mikdorda koʻp martalab takrorlash orqali erishiladi.