Yuqoridagi vazifalar bajarilganidan soʻng, olingan ma’lumotlar asosida tomir urishining egri chiziq grafigi tuziladi.
Yuqoridagi hujjatlarga asoslanib, oxirida, darsdagi ogʻirlikning yozma taxlili bajariladi. Bunda qoʻyidagilar yoritilishi kerak:
Darsning vazifalari, darsning turi, oʻquvching darsgacha boʻlgan faoliyati. Dars davomida tomir urishining uzgarishi va uning sabablari, darsning ayrim va butun dars davomidagi ogʻirlikning maqsadga muvofiqligi. Darsning oxirida tomir urishining soni va uning jismoniy darsdan keyin 5 daqiqa davomida tiklanishi. Tahlilning yakunida kuzatuvchi oʻquvchi darsdagi yuklamasi boʻyicha oʻzining muloxazalarini, takliflarini yozishi kerak.
Tomir urishini oʻlchash bayonnomasi, tomir urishining egri chiziq grafigi va olingan ma’lumotlarning taxlili qoʻshilgan xolda bir butun hujjatni tashkil etadi.
Toʻliq tugallangan hujjat kuzatuvchi tomonidan imzolanadi va darsni oʻtgan oʻqituvchiga tanishib chiqish uchun beriladi. U oʻz navbatida hujjat bilan tanishib, oʻzining muloxazalarini bildiradi va hujjatga imzo chekadi.