Kuzatish davomida dars bir oʻquvchi ustidan olib boriladi va uning familiyasini bayonnomaga yozish tavsiya etiladi.
Ikkinchi grafaga pedagog faoliyatining mazmuni aniq va mashgʻulotning ketma-ketligi yoziladi. Masalan: Oʻquvchi saflash. Raport. Oʻqituvchi tomonidan dars vazifalarini tushuntirish. Yurish. Mashqlarni tushuntirish.
Umumrivojlantiruvchi mashqlarni oddiy tarzda yoki qisqacha – egilish, sakrash va b.k. deb yoziladi.
Uchinchi grafaga sekundomer boʻyicha har kaysi ish faoliyatining tugash vaqti yoziladi. Masalan, oʻquvching saflanishi va raportiga 2 daqiqa 10 soniya vaqt ketsa, shu ish faoliyatining toʻgʻrisiga yoziladi.
Oʻqituvchi tomonidan mashqlarni tushuntirishga, koʻrsatishga, koʻrgazmali qurollarni tayyorlashga, mashgʻulot joyini tayyorlashga, oʻquvching mashqni bajarishga ketgan vaqtlar aniq qilib tegishli grafaning toʻgʻrisiga yoziladi.
Dars tugagandan keyin xronometraj ma’lumotlarini ishlab chiqish kerak. Bunda har qaysi faoliyatga ketgan aniq vaqtni topish uchun keyingi sekundomer koʻrsatgan keyingi vaqtdan oldingisi olib tashlanishi shart.
Tashkil qilish uchun boʻsh ketgan vaqt ya’ni oʻquv-tarbiyaviy vazifalarni echishga ta’lluqli boʻlmagan harakatlar yoki vaqtdan oldin darsni tugallash intizomining buzilishi, inventarlarning sinishi, oʻquvchining sababsiz ish faoliyatidan ketib qolishi natijasida mashgʻulot vaqtida xosil boʻladigan tanaffuslar- boʻlarning ham masi dars jarayonining oqlanmagan vaqtiga kiradi. Darsning umumiy zichligini hisoblaganda, dars uchun ajratiladigan 45 daqiqa vaqt 100% deb olinadi. Masalan: pedagogik oklangan vaqtda 42 daqiqa sarflangan boʻlsa, hisob qoʻyidagicha yechiladi: