Musobaqalarning turkumlarga boʻlinishi
1. Ahamiyati boʻyicha
|
Tayyorgarlik, asosiy, maqsadli
|
2. Mazmuni boʻyicha
|
Engil atletika, suzish va h.k. spartakiadalar,
Olimpiada oʻyinlari (kompleksli)
|
3. Koʻlami boʻyicha
|
Jamoa, tuman, shahar, viloyat va respublika.
|
4. Idoralar yoki territoriya tamoyili boʻyicha
|
“Dinamo” KSJ boʻyicha, Respublika, MDH, Evropa, milliy, xalqaro, dunyo
birinchiliklari
|
5. Hal qiladigan vazifasi boʻyicha
|
Nazorat
Klassifikatsiya
Tanlash
Birinchilik uchun
koʻrgazmalilik
|
6. tashkil qilish xarakteri
boʻyicha
|
Ochiq, yopiq, an’anaviy, matchli, sirtdan
tenglashtirilmagan
|
7. sinov olish shakli boʻyicha
|
SHaxsiy,Jamoa, shaxsiy-jamoa
|
8. Oʻtkazish tizimi boʻyicha
|
Aylanma tizimida, chiqib ketish bilan,
aralash
|
9. YOsh kategoriyalari
boʻyicha
|
Bolalar, oʻsmirlar, yosh sportchilar,
kattalar,qarilar
|
10.Qatnashuvchilarning jinsi
boʻyicha
|
Erkaklar uchun,xotin-qizlar uchun
|
11.Qatnashuvchilarning
kasbini yoʻnalishi boʻyicha
|
Maktab, talabalar, oʻqituvchilar, harbiy
xizmatchilar, oʻt oʻchiruvchilar
|
12.Sogʻligʻini ogʻish xarakteri
boʻyicha
|
Koʻrlar uchun, karlar, nogironlar oʻrtasida
|
MUSOBAQALARNI OʻTKAZISH USULLARI
(Oʻyin tizimi)
|
Har xil sport turlari boʻyicha musobaqa amaliyotida musobaqa oʻtkazishning
quyidagi usullari qoʻllaniladi:
|
A) aylanma usul
|
-bunda har bir sportchi (jamoa) boshqalari bilan birma-bir uchrashib chiqqunga qadar musobaqa
davom ettiriladi;
|
B) oʻyindan chiqish
|
-bunda sportchi (jamoa) birinchilik uchun kurashda
bir yoki ikki magʻlubiyatdan keyin (musobaqa
|
|
shartiga binoan) bellashuvni davom ettirishdan
mahrum etiladi.
|
V) oraliq
|
- bunda yuqoridagi har ikkalausul aralashma holda
qoʻllaniladi;
|
|
Musobaqa oʻtkazishning u yoki bu usulini qoʻllash
ushbu musobaqa haqidagi nizom bilan belgilanadi.
|
Odatda, eng muhim sanalgan yirik rasmiy musobaqalar sportchini tayyorlashdagi davomiy jarayonning yakuni hisoblanadi. Ularda imkoni boricha yuqori sport natijalariga erishish zarurati koʻpincha bunday musobaqalarning yuksak maqomini, shuningdek, ularga tayyorgarlik tizimining tarkibi va mohiyatini belgilaydi. Boshqa musobaqalar saralash, jamlash, tayyorlash yoki nazorta xarakteriga ega boʻlib, turli texnik-taktik vazifalarni bajarishi mumkin.
Musobaqa oʻtkazishning u yoki bu usuli musobaqa oldiga qoʻyilgan vazifa, musobaqa yakunlanishi lozimboʻlgan muddat; sportchilar (jamoalar) soni, ularning sport tayyorgarligi, oʻquv ishlab chiqarishda bandligi va hududiy joylashganligi, qatnashchilar bellashuvini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan joylar miqdori hamda albatta mablagʻ bilan ta’minlanishiga qarab belgilanadi.
Sport musobaqalari pedagogik, sport, metodik va ijtimoiy-siyosiy vazifalarni echishga yaqindan yordam beradi.
Yosh sportchilardan tortib mahoratli sportchilargacha musobaqa juda muhim ahamiyat kasb etadi.
Musobaqalar- sportchilar uchun, ragʻbatlantiruvchi omil hisoblanadi va shu paytning oʻzida sportchini yuklamani tobora oshirib borish, irodani tarbiyalash, sport kurashiga oʻrganish va mashq jarayonini nazorat qilishga oʻrgatadi.
Sportchilarni musobaqa vaqtidagi faoliyati musobaqa faoliyati deb yuritiladi. Musobaqa faoliyati eng yuqori sport natijalariga erishishga qaratilgan ayrim harakat, usul, kombinatsiyalardan iborat, tayyorgarlikning texnik, jismoniy, taktik, ruhiy, integral darajasi bilan ta’minlanadi. Sport musobaqalarida qatnashish musobaqa faoliyati koʻrinishining shakli hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |