“Shakllar-Формы” foydalanuvchilarga MB jadvallariga kirib yurmasdan ularga ma’lumotlar kiritish imkonini beradi. Qolaversa, shakllar so’rovlar ishining natijalarini yozuvlari zich joylashgan natijaviy jadval ko’rinishida emas, balki chiroyli bezalgan ko’rinishda namoyish qiladi. Aytilganlarga kora, shakl tuzilmasini formatlashning jadval asosidagi va sorov asosidagi turlari mavjud bolib, ularning ikkisini muvofiqlashtirilgan holda ham ishlatish mumkin. MB shakllari, odatda, avtomatlashtirish vositalari yordamida tayyorlanadi. Ulardan biri avtoshakl deb nomlangan vositadir. Avtoshaklning uch turi yani ustunlardagi avtoshakl, lentali avtoshakl hamda jadvalli avtoshakl deb ataluvchi turlari qollaniladi.
rasm 5
Korinib turganidek, ustunlardagi avtoshakl bitta qaydning barcha maydonlarini ozida aks ettiradi. Avtoshaklning bu turi malumotlarni kiritish va taxrirlash uchun juda qulaydir. Avtoshaklning lentali turi esa birdaniga bir necha yozuvlarni aks ettirishga moljallangan bolib, undan natijaviy malumotlarni korgazmali ifodalash uchun foydalaniladi. Rasmdagi jadvalli aftoshaklning izohi ozi bilandir.
Avtoshaklni yaratish uchun База данных“ oynasidagi “Формы“ panelini ochish kerak va “Создать“ tugmasini bosish kerak. Ekranda paydo bo’lgan “Новая форма“ nomli muloqot oynasida avtoshakl turi va u asoslanayotgan jadval yoki so’rov tanlanadi. OK tugmasi bosilgan zahoti avtoshakl avtomatik tarzda shakllanadi va malumotlarni kiritishga yoki aks ettirishga tayyor turadi.
Takidlash joizki, avtoshakl faqat bitta obektga asoslanadi. Shakl yaratishning boshqa vositalari shakl tuzilmasi asosiga bir nechta jadvallarning maydonlarini va sorovlarini qoyish imkonini beradi. Demak, shakllarni sodda va murakkab turlarga bolish mumkin. Bir nechta ozaro boglangan jadvallardagi maydonlarga asoslanuvchi, shuningdek, shakllarning birlashmasini ozida ifoda etuvchi shakllarga murakkab shakl deya olamiz. U holda avtoshakllarning har qanday ko’rinishi sodda shaklga misol bo’ladi.
Avtomatlashtirilgan vositalar qatorida MB ni ishlab chiquvchi bilan muloqat tartibida shakl tuzilmasini yaratuvchi
“Мастер форм“ nomli maxsus dasturiy vosita ham mavjud. “База данных“ oynasidagi “Формы” panelida joylashgan “Создание формы с помощью мастера“ nomli tugmani bosish bilan ishga tushiriladi. Shakllar ustasi bilan muloqot jarayonida, avval, tuzilajak shakl tarkibiga kiruvchi jadvallar va maydonlar tanlab olinadi, keyin, shaklning tashqi korinishi, songra, shaklni bezash uslubi tanlanadi va nihoyat, shaklning biror nomi ostida saqlanishi amalga oshiriladi. Toldirilgan shakl tuzilmasini korishga kelgusida ehtiyoj paydo bolib qolishi hisobga olinsa, muloqotni yakunlashdan oldin, Изменить маркет формы“ doirachasini faollashtirib qo’yish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |