Mavzu: O‘zbek adabiyotida davr va qahramon masalasi. Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism



Yüklə 64,93 Kb.
səhifə3/5
tarix06.12.2022
ölçüsü64,93 Kb.
#120508
1   2   3   4   5
kurs ishi (1)

2.Badiiy asarda davr masalasi.
O‘zbek adabiyotida davr masalasi, uning talqini adabiyotshunoslar tomonidan turlicha talqin qilinadi. Adabiyotda har qanday badiiy asar yaralibdiki, unda davr ta’siri aks etadi. Masalan, urush davri yoki urushdan keyingi yaratilgan asarlarda o‘sha davr muhiti, insonlarning ijtimoiy ahvoli, mavjud siyosiy tuzum va boshqalar ham badiiy asarda o‘z ifodasini topadi. Shu bilan birga shu davrda kechayotgan voqealar turli qahramonlar taqdiri misolida yoki u bilan bog‘liq voqealar atrofida ifodalanadi. Badiiy adabiyotdagi davr masalasini Abdulla Qahhor ijodi misolida ko‘rish mumkin. Ijodkor hikoyanavislik faoliyatida ikkinchi jahon urush davri alohida o‘rin tutadi. To‘g‘ri, u boshqa janrlarda ham bu sinov yillarida ancha-muncha asarlar yozgan. Chunonchi, uning qalamiga mansub bir qator feletonlar, ocherklar va ikkita qissa shu davr ijodining mahsuli hisoblanadi. Lekin ular g‘oyat hozirjavoblik bilan (o‘sha paytlarda bunday talab ham emasdi!) yaratilgan asarlar hisoblansa-da, bu qoralamalari badiiy jihatdan yetuk asarlari ro‘yxatidan o‘rin ololmadi. Ammo yozuvchining shu davrda yaratilgan hikoyalari, umuman o‘zbek hikoyachiligi tarixida alohida o‘rin egallaydigan asarlardan hisoblanadi. Bunday asarlar sirasiga uning mashhur “Asror bobo”sidan tashqari “Botirali”, “Xotinlar”,” Ko‘k konvert” va urush tugagandan so‘ng sal vaqt o‘tib yozilgan ” Kampirlar sim qoqdi” kabi hikoyalari kiradi.
Yozuvchining urush mavzudagi hikoyalarida dastlab bir uslubiy xususiyat ayricha ko‘zga tashlanadi. Bundan faqat uning “Sep”, “ Qizil konvert” kabi hikoyalari mustasno. Bu uslubiy xususiyat Abdulla Qahhorning o‘z asarlari uchun qahramon tanlanishida namoyon bo‘ladi. E’tibor berilsa, u nimagadir bu davrda yaratilgan aksariyat hikoyalarida hayotda ko‘pni ko‘rgan, yoshi bir joyga borib qolgan qariyalar obrazini birinchi o‘ringa qo‘yib tasvirlashga harakat qiladi. Masalan, “Botirali” dagi chol-kampir, “Asror bobo”dagi Asrorqul, uning kampiri va Haydar ota, “Xotinlar”dagi Asqar ota, “Ko‘k konvert”dagi Latofatxonning onasi, “Kampirlar sim qoqdi”dagi besh onaxonlar obrazlari bunga misol bo‘la oladi. Bunday tasvirda, tashqi tomondan qaraganda, bir oz takroriylik bordek tuyuladi ham. Lekin zimdan e’tibor berilsa, bunday ifodaning tagida chuqur hayotiy ma’no, o‘tkir mantiq, g‘oyat ishonarli asos borligini payqash qiyin emas. Chunki urush ketayotgan sharoitdagi hayot, garchi u jang maydonlaridan uzoq bo‘lsa ham, nihoyatda murakkab va og‘ir edi. Bunday og‘ir sharoit sinovlari oldida hamma ham o‘zini birdek tuta olmas, chunki hammaning ham bardoshi, irodasi bir xil emas edi. Shunday kezlarda hayotning baland-past to‘lqinlarida suzaverib badani qotib ketgan, turmush tajribalari g‘oyat boy bo‘lgan qariyalarning ibratli harakatlari, chuqur ma’noga ega bo‘lgan gap-so‘zlari juda kerak bo‘lishi, asqotishi tabiiy. A.Qahhor shularni nazarda tutgan holda bu mavzudagi asarlarida qariyalar obraziga keng murojaat qildi va bu borada qator badiiy kashfiyotlar qilishga muvaffaq boldi.
Ijodkorning urush mavzusidagi hikoyalarida yana bir uslubiy jihat alohida ko‘zga tashlanib turadi. Bu asosiy qahramonlar hayotiga va kechinmalariga doir tafsilotlarni muayyan nuqtai nazar, aniq bir nigoh orqali ko‘rsatishga intilishdir. Buni yozuvchi ijodidagi muhim kashfiyotlardan deyish ham mumkin. Masalan, “Asror bobo” hikoyasining markazida Asrorqul va uning kampiri obrazi turadi. Ularning boshiga tushgan og‘ir musibat o‘g‘li Yodgordan qora xat kelishi voqeasi misolida ikki qariyaning insoniy holatini, kechinmalarini, irodasi bilan bog‘liq fazilatlar ifodasini berish yozuvchining bosh muddaosi hisoblanadi. Mashum xabarni har ikkalasi ham eshitgan holda uni bir-biridan sir saqlashga harakat qilishi bilan bog‘liq tasvirlar o‘quvchini hayajonga soladi. Shularning hammasi o‘quvchiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqdim qilinmaydi, balki muayyan vosita-bu ikki qariyaning eski qadrdoni Haydar ota nuqtai nazari, munosabati orqali gavdalantiriladi. Bunday usul asarning ortiqcha tafsilotlardan holi bo‘lishini taminlaydi. Xuddi shunday usul yozuvchining “Xotinlar” hikoyasida ham muvaffaqiyatli qo‘llanilgan. Agar Asror bobo bunday vazifani, ko‘rganimizdek, Haydar ota bajargan bo‘lsa, bunisida Asqar ota zimmasiga shu mas’uliyat yuklandi. Lekin bu gapdan, yozuvchi keyingi asarida oldingi qo‘llagan tasvir usulini takrorlabdi-da, degan xulosa kelib chiqmasligi kerak. Chunki hikoyalash usulida shakliy jihatdan o‘xshashlik bordek tuyulsa-da, aslida mohiyatan bu asarlar bir-biridan keskin farq qiladi. “Asror bobo”da asosiy qahramondagi holatni, o‘zgarishlarni baholaydigan odam uning uzoq yillik qadrdoni, do‘sti edi.Bu jihat bosh qahramon - Asror bobodagi urush davri sharoitida ro‘y bergan ham ichki, ham tashqi o‘zgarishlarni uning oldingi holati bilan hayolan solishtirish, alohida ta’kidlab ko‘rsatish imkonini bergan edi. Xotinlar esa vaziyat tamoman boshqacha. Asqar ota bir sabab tufayli o‘zi duch kelgan bu xotin- qizlarni birinchi marta ko‘rishi. Bir guruh ayollar bilan bo‘lgan bunday uchrashuvga mutlaqo tasodif holat Sobiraxan bilan kutilmagan tanishuv sabab bo‘ladi. Bu yozuvchi uchun o‘ziga xos bir imkoniyat vazifasini o‘taydi. Oldin butunlay notanish bo‘lgan, lekin bir uchrashuvda bir kunlik muloqotdayoq qadrdonga aylanib ketgan bu xotin-qizlardagi urushdek og‘ir bir sharoitda namoyon bo‘layotgan sifatlar Asqar ota nazarida o‘zining haqiqiy bahosini oladi. Dastlab, Asqar otaga ot minib dadil harakatlar qilayotgan Sobiraxoning gaplari umrida bir marta ot minib, o‘zini zo‘r chavondoz hisoblagan yosh bolaning qo‘rsligiday tuyulsa-da, keyinchalik, u bilan yaqinroq tanishgach, bu tasavur butunlay o‘zgarib ketadi. Oldin uy qizi likdan boshqa narsani o‘ylamagan, urushdan ilgari... xomlik O‘tkan, turmush o‘rtog‘ining katta-katta topib kelganiga xursand bo‘lib yuravergan Sobiraxon, eri frontga ketgach, bir muddat gangib qolgani, o‘zining bu ahvolini tanasida chuqur o‘ylab, muhokama qilib ko‘rgani, shunday bir holatda turganida uni yo‘qlab keladigan Komila holaning Qani endi, qizim, yurtdan qarzingni uz, qo‘lingdan nima ish keladi? degan so‘rog‘iga alamiga chiday olmasdan uy qizi bo‘lib o‘tirishdan boshqa hamma ish keladi, deb javob berishi, keyinchalik olti yarim oylik chaqalog‘ini u kishiga qoldirib, astoydil harakat qilib, sal fursatda traktorchi nomini olishga muvaffaq bo‘lgani haqidagi gaplarini eshitib, og‘ir bir sharoitda o‘zini shunchalik qo‘lga ola bilgan, uy qizlik psihologiyasini yengib, o‘zidagi bor imkoniyatlarini ko‘rsata olgan bu ayolga Asqar ota qoyil qoladi. Uning nazarida munglig, mushtipar degan doimiy tamg‘alar bilan yuradigan ayollarimiz Sobiraxon timsolida birdan o‘zgarib ketadi. Hatto u yo‘l bo‘yi uni sansirab kelganidan qattiq hijolat tortadi ham. Asqar otadagi bu ruhiy kayfiyat MTS ga kelgach, yana bir pog‘ona yuqoriroq ko‘tariladi. Yigitlar, keyinchalik kelgan haligi mo‘ysafid ham, uni shunchalik izzat qilishar ediki, Asqar ota bu juvonning oddiy traktorchigina ekaniga shubhalanib qoladi. Biroq oradagi suhbat, o‘rni bilan bo‘layotgan askiyalargina ular o‘rtasida hech qanday amal masofasiyoqligini, gaplashayotganlar teng darajadagi odamlar ekanini anglatib turardi. Bu holatni yozuvchi mazkur qahramon nigohi orqali shunday izohlaydi: “Asqar ota erkaklar qoshida ko‘p muhtaram xotinlarni ko‘rgan, lekin bularning ko‘pchiligi rais, mudir, direktor deganday rahbarlik o‘rnidagi xotinlar edi. Bu oddiy traktorchi juvonga bo‘lgan ehtirom uni ayrim o‘ringa q‘oyar edi”6. Yozuvchi bu qahramonida sharoit toqozosi bilan yuzaga kelgan fazilatlarini, insoniy sifatlarni Asqar ota nigohi orqali berib, ta’kidlab, ko‘rsatib borar ekan, bu niohdagi hayratni boshqacha yo‘l bilan ko‘rsatishga ham erishadi. Nazarimizcha, Asqar ota bu hurmatli juvon boshqa xotinlardan raftori bilan ajralib turar degan bir oyda edi, biroq Sobiraxon yoru do‘stlari orasida shularning biri bo‘lib qolganini ko‘rib, ajablandi deyilishi kitobxonda ushbu personaj haqidagi Asqar ota nazaridan o‘tib, shakllanib kelayotgan tasavvurga yangi bir ma’no bag‘ishlaydi. Asqar ota Sobiraxon bilan suhbatlashar, undagi irodaga yashiringan bir kuchga qoyil qolar ekan, ayollarimizga dahldor, urush tufayli kelib chiqqan birovga aytib tushuntirish qiyin bo‘lgan yana bir muammodan ogoh bo‘ladi. Bunda ham ularning mardligiga bag‘ri kengligiga tan beradi. Bu Sobiraxonning erining frontdan yo‘llagan maktublari, ularda har xil shubha gumonga to‘la gaplarning yozilganligi, bunday sinovlarga ham chidashga, bardosh berishga to‘g‘ri kelganligi, sharoitni tushunish mayda- chuyda ginalardan ustun turganligi bilan bog‘liq masala.Sobiraxondagi bunday insoniy sifatga ham Asqar ota o‘z bahosini beradi: Ering haligiday xatlar yozgan bolsa, seni yaxshi bilmas ekan, sen o‘z qadringni bilasan, o‘z qadrini bilgan xotinga erkak kishi yomon ko‘z bilan qaragani botinolmaydi, degan gaplarni ovoz chiqarib aytmasa-da, ko‘nglidan o‘tkazadi.
“Xotinlar” hikoyasida ijodkorning boshqa hikoyalaridan farqli o‘laroq, personajlar ko‘p. Turgan gapki, janr imkoniyatida ular haqida atroflicha ma’lumot berish mumkin emas. Lekin yozuvchining mahorati shundaki, bir ikki so‘z yoki ishoralar bilan, ba’zan qisqa tafsilotlar orqali ularning ayrimlari haqida kitobxonga kerakli ma’lumotlarni berishga erishadi. Muhimi, ko‘pni ko‘rgan, hayotning baland pastini yaxshi biladigan Asqar ota nigohi orqali ular xarakteriga xos asosiy fazilatlar yarq etib namoyon bo‘ladi. Xotin-qizlar o‘rtasida oqsoqol laqabi bilan yuradigan qishloq Kengashining raisi Ibrohimova ham, bir qo‘y bilan bir ko‘ylak atlas mukofot olgan”ining sababini frontdagi yigitigi ochiq yozmagani uchun dakki eshitgan Bahrixon ham, hamma sinovlarga bardosh berayotgan ayollarimizga isnod keltirgan bir juvonni askiya qilishi, go‘yo yo‘lda tushib yotgan bir parcha jirkanch lattani chopga ilib, ma, ro‘molchang deb bir-biriga otishayotgan Risolat va Qumrinisolar ham shu tariqa tanishadigan, ko‘z oldimizda jonlanadigan personajlar sirasiga kiradi. Bu hikoyada Asqar ota duch kelgan, hamsuhbat bolgan xotin- qizlarning hammasi so‘zga chechanligi, garchi sharoit og‘ir, kuladigan, xursand bo‘ladigan voqealar hayotda unchalik ko‘p emasligiga qaramasdan o‘rni bilan hazilga ham askiyaga ham vaqt va sabab topa olishi, shu tarzda bir-biriga madad, dalda bo‘lishi bilan ajralib turadi. Bu jihat personajlar qiyofasiga, ular harakat qilayotgan makon va zamonga yanada aniqlik bagishlaydi. Ayni chog‘da bunday so‘z o‘yini, askiyalar hikoyada boshqa vazifalarni ham o‘taydi. Bir o‘rinda Asqar ota Bahrining yigitiga bo‘lgan muhabbati sadoqati haqidagi gaplarni eshitib, yoshlardagi bu fazilatlardan ta’sirlanib, umring uzoq bo‘lsin, qizim!deydi. Shunda davradagi ayollardan biri umridan shuncha uzoq bo‘lgandan keyin, xudo xohlasa umri ham uzoq bo‘ladi, deb so‘z o‘yini qiladi. O‘tirganlardan kimdir piq etib kuladi. Asqar ota hijolatli bir ahvolda qoladi. Oqsoqol bu holatni sezib, gap qishloqdagi Umri ismli bir ayol haqida ketayotganini aytadi. Asqar otaning Kim o‘zi u, qanaqa xotin? deb bergan savolidan keyingi vaziyat shunday beriladi: “Uning savoliga oqsoqol ham va boshqa hech kim ham javob bermadi. Og‘ir jimlik chokdi. Shunday jimlik chokdiki, bu xildagi jimlik aytgani til bormaydigan, eslashni ko‘ngil ko‘tarmaydigan biron dahshatli fojiaga uchrab halok bo‘lgan kishining nomi behosdan tilga olingan vaqtda bo‘ladi. Jimlik uzoq davom etdi. Buning sirini anglay olmagan Asqar ota yana so‘z qotgani istihola qildi”.7 Keyinroqqa borib bolib otgan mana shu gap so‘z, undan kelib chiqqan noxush vaziyat hikoyadagi urush davri hayotiga xos bo‘lgan yana bir jiddiy manaviy masalaga oid tasvirning berilishiga yo‘l ochadi. Yozuvchi shu paytgacha biz asarda ko‘rgan xotin-qizlarimizga mutlaqo zid bo‘lgan, ularga isnod keltirgan bir juvonning qilmishlarini ham Asqar ota nazaridan olib o‘tadi, bu ma’naviy tubanlikni uning xukmiga havola etadi. Fikrimizcha, hikoyada berilgan Umri voqeasi bir yo‘la ikki vazifani bajaradi. Aniqrog‘i , yozuvchi bu orqali bir o‘q bilan ikki quyonni urishga erishadi. Bir tomondan, boshqa ayollarning gap so‘zlari, xususan, Risolatning hikoyasi orqali ularning Umrining qilmishiga munosabati ochiq ko‘rinib turadi. Bu juda muhim. Ana shu munosabatda mujassamlashgan nafrat, jirkanish hissi bu ayollarning o‘zlarining qiyofalariga yanada qo‘shimcha oydinlik kiritadi. Demak, bular Umrinisoga mutlaqo teskari ma’naviy axloqiy qiyofaga ega bolgan pokiza ayollar ekanligini anglatib turadi. Ikkinchi tomondan esa mazkur voqeani holis bir odam Asqar ota nigohidan olib otilishi uni ayollar ortasida o‘zaro bo‘ladigan oddiy gap so‘zlar darajasidan boshqa bosqichga olib o‘tadi, bu munosabatga qat’iylik, keskinlik bag‘ishlaydi. Risolat aytib berayotgan hikoyaning kunim bitgan bo‘lsa-yu, oq tegsa Onajon!” deb yiqilarmikanman, Umrixon! deb yiqilarmikanman? deb frontdan xat yozgan erini o‘z ko‘ngil xushligi uchun hech ikkilanmay oldiga chiqarmoqchi, birovga kelgan qora xatni o‘z nomiga yozib olmoqchi bo‘lgan joylariga kelganda Asqar ota otni to‘xtatib, ikki qo‘lini ko‘tarib beixtiyor Ilohi omin! deb yuboradi. Keyingi tasvir shunday davom etadi: “Hamma to‘xtab unga qaradi. Uning ko‘zlaridan oppoq soqoliga qatra-qatra yosh tomar edi. Ilohi omin! Shu ayolning ko‘zi oqib tushsin u, Gafforjon sog‘-salomat kelib, uni ko‘cha –ko‘yda yetaklab yursin! Xudoyo xudovanda, shu yoshga kirib dargohingdan hech so‘ragan emas edim…”.8 Keksa otaxon tilidan aytilayotgan bu gaplar yurt qayg‘usida hamma narsani unutgan, azob chekayotgan, og‘ir va juda og‘ir mehnatda tasalli topayotgan boshqa xotin-qizlarning, ko‘plab kishilarning, xalqning nomidan chiqarilayotgan hukmday bo‘lib eshitiladi.
Yozuvchining urush mavzusidagi hikoyalarida yana bir uslubiy xususiyat alohida ko‘zga tashlanib turadi. Bu shu yo‘nalishdagi asarlarida yumor elementlaridan tasvirda mohirona foydalanish bilan bog‘liq. Odatda tasvirda yumor aralashgan joyda tabassum, kulgu bo‘lishi lozim. Lekin urush davri voqealari tasvirlanayotgan asarlarda qanday qilib kulguni berish mumkin?! Axir, har kuni, har qadami fojia bilan to‘liq bo‘lgan bir-sharoit haqida yozilgan asarda odamga zavqli kayfiyat beradigan gapni aytib bo‘ladimi?! Bular hammasi yozuvchining iste’dodiga, mahorat darajasiga bog ‘liq masalalar ekan. A.Qahhorda esa shunday iste’dod ham, mahorat ham bor edi. Lekin yozuvchi bu yo‘nalishdagi asarlarga yumor unsurlaridan boshqacharoq, aniqrog‘i, uning aksi bo‘lgan maqsadda, ya’ni asardagi tragizmni yanada kuchaytirib berishda foydalanadi. Masalan, Asror bobo hikoyasida qo‘llanilgan yumor elementlari qahramonlar taqdiridagi fojeaviy vaziyatni yanada chuqurroq, yanada hayajonliroq qilib ifoda etilishiga xizmat qilgan. Bu, ayniqsa, bosh bosh qahramon Asror bobo obrazi talqinida yorqin namoyon boladi. “Xotinlar” hikoyasidagi qahramonlar ham o‘zaro munosabatda hazil-huzul qilishadi, askiyaga yaqin gaplar aytishadi. Dabdurustdan qaraganda urushdek bir sharoitda bunday muomalani hazm qilish qiyindek tuyuladi. Lekin yozuvchi bunday tasvirdan qahramonlarning ichki dunyosini, asl qiyofasini yanada chuqurroq ochishga, o‘quvchiga ularni yanada yaqinroq, yanada aniqroq qilib ko‘rsatishga erishadi. Yozuvchining bevosita front, jang maydonlaridagi hayotga daxldor hikoyalari esa bundan bir muncha farq qiladi. Avvalo, ularda, garchi urush olovi ichida yurgan odamlar haqida gap ketayotgan va shularning obrazini yaratish bosh muddao hisoblansa-da, sharoit murakkabligi, shunga mos keladigan insondagi og‘ir holat va kechinmalar tasvirini berish yozuvchini unchalik qiziqtirmaydi. Bu yo‘nalishdagi asarlarida yozuvchining ijodiga xos bo‘lgan ikkinchi bir usulni-komik holat va vaziyatlar yaratishni, qahramon xarakterini ko‘rsatishda ko‘proq yumoristik vositalarga murojaat qilishni birinchi oringa chiqaradi. Shu sababli ham bu asarlarning qahramonlari, garchi og‘ir sharoitlarda, urush olovi ichida yurgan odamlar bo‘lsa-da, o‘z qiliqlari, muomalalari va xatti-harakatlari bilan kitobxonda kulguga moyil, serzavq bir kayfiyat uyg‘otadi, ularning hayotidagi urush bilan bog‘liq dahshatlar go‘yo orqaga chekingandek, yozuvchi ularga ataylab e’tibor qilmayotgandek taassurot qoladi. Bularning hammasini ijpdkor ongli ravishda qilganini, o‘z asarlari bilan o‘sha og‘ir kunlarda odamlarning qorong‘u dilini ozgina bo‘lsa-da, yoritishga, kayfiyatini ko‘tarishga intilganini sezmasligimiz mumkin emas. Chunonchi, yozuvchining “Qizil konvert” hikoyasida tasvir shu tarzda beriladi. Hikoyadagi voqealar jang maydonlaridan birida kechadi. Asarning dastlabki jumlalaridanoq biz yumoristik tasvirga duch kelamiz: Hayitboy Badalbekov harbiy qismga kelgan choqlarida urush ilmiga juda uquvi kelavermagan edi: yurganda oldidagi kishining oyogini bosaveradi, gazniqobini ikki-uch minutda zorga kiyadi, miltiq otganda xuddi tishi bilan danak chaqqanday harakat qilib nishonga urolmaydi... Qahramon xarakteristikasida ilk bor uchraydigan bunday yumor unsurlari uning jangchi sifatidagi faoliyati berilgan lavhalarda yanada quyuqlashadi. Yoki yozuvchining “Ko‘k konvert” hikoyasi qahramoni Erkaboy Mirzayev ham dushmanga qarshi bo‘layotgan hayot-mamot olishuvlarida ishtirok etish uchun frontga borgan, dastlab oddiy qismda oddiy qizil askar bolib urishib yurganlardan biridir. Keyinchalik esa katta janglarda qatnashadi, pirovardida, uning qismi gvardiyachi qism, ozi gvardiyachi serjant bo‘ladi. Bu jangchi frontda og‘ir yaralanganda mamlakat ichkarisiga O‘zbekistondagi gospitallardan biriga keltirishib besh yarim oycha davolashadi. Demak, ko‘rinayaptiki, bu qahramon urushning ko‘p dahshatini boshidan kechirgan, hayotida necha martalab qil ko‘prik ustidan otishga to‘g‘ri kelgan. Binobarin, qahramonning jangovar hayotidan bu haqda istagancha tafsilotlar keltirish mumkin edi. Lekin yozuvchini mazkur qahramon hayotining bu tomoni emas, balki boshqa jihati uning Latofatxon G‘ulomova bilan munosabatlariga daxldor tafsilotlar qiziqtiradi. Aniqrogi, tasvirda yumor unsurlarini qo‘llashga imkon beradigan voqealar va holatlar adibning diqqatini o‘ziga tortadi. Hikoyadosh yumoristik ohangida tugun vazifasini otagan holdan Latofat G‘ulomova yuborgan sovg‘ani komandir jangchi Mirzayevga taqdim etaturib, Ma, qora qosh, qora ko‘z yigit, degan so‘zlarni aytishidayoq darhol seziladi. Shu ohang sov‘ganing adresiga yozilgan G‘arbiy front, o‘ntadan ortiq fashistni oldirgan qora qosh, qora ko‘z yigitga tegsin, degan so‘zlarda ham, uning ichidan chiqqan ko‘k konvertga solingan ikki enlikkina xatda ham mavjud. Hikoyadagi bu xususiyatni yozuvchi to voqealar yechimiga qadar saqlashga, qahramon xarakterini ko‘rsatishda, tasvirga samimiylik va joziba bag‘ishlashda muhim vosita sifatida foydalanadi. Yumor unsurlarini yozuvchi qahramonning xatti-harakatiga, gap-so‘zlariga, hatto xayolidan kechayotgan fikr-o‘ylarigacha singdirib yuboradi. Shu boisdan ham hayoti olov ichida, hayot-mamot chizigi ustida o‘tayotgan jangchining bu erdagi sarguzashtlarini zavq bilan kuzatamiz. Demak, bunday jihat ijodkorning boshqa asarlari kabi harbiy mavzudagi prozasi ham turlicha rang va ohanglarga boy ekanligidan, yozuvchi iste’dodi qirralari bu yillarda ham turlicha tovlanishlarda namoyon bo‘lganidan dalolat beradi.
Ijodkorning bunday uslubiy izlanishlari yuqori darajadagi samaralarni berdi, o‘ziga xos badiiy kashfiyot darajasiga ko‘tarildi, hikoya janrining tasviriy imkoniyatlarini yanada kengaytirdi, degan gapni bu o‘rinda bemalol aytish mumkin.


Yüklə 64,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin