Mavzu: O‘zbek adabiyotida davr va qahramon masalasi. Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism


Said Ahmadning qahramon yaratish mahorati



Yüklə 64,93 Kb.
səhifə4/5
tarix06.12.2022
ölçüsü64,93 Kb.
#120508
1   2   3   4   5
kurs ishi (1)

3. Said Ahmadning qahramon yaratish mahorati.
Dunyo yaralibdiki, inson erishdigan eng katta narsa mashaqqatli hayot yo‘lini jasorat bilan bosib o‘tish, unda o‘zidan biron iz qoldirishdir. Yozuvchining izi esa uning kitoblari va yaratgan qahramonlaridir. O‘zbek adabiyotida shunday izga ega bo‘lgan ijodkorlardan biri Said Ahmad hisoblanadi. Kimdir ijodkor asarlarini charaqlab turgan oddiy quyoshli kunga o‘xshatadi. Charaqlab turga kunni, u har qancha oddiy bo‘lsa ham, bearmon qadriga yetsang arziydi. Ba’zan bunday kunlarga o‘rganib qolamiz, o‘zi azaldan shunday bo‘ladi shunday bo‘lishi kerak deb o‘ylab qolamiz. O‘tayotgan, o‘tishi muqarrar kunlar qatorida, ulardan besanoq biri deb qabul qilamiz. Holbuki, u takrorlanmas, bugun o‘tadi va boshqa hech qachon qaytib kelmaydi. Kelgani endi boshqa kun bo‘ladi. Charaqlab turgan oddiy quyoshli kunning o‘zi qaytarilmas nuri, mehri, sir-sinoati, yo‘l-yo‘rig‘i, ravish-raftori bor. Odamning ko‘ngli ravshan tortadi, Said Ahmad asarlarini o‘qiganda. U hikoya qilgan voqealar zamirida toza bir gavhar tovlanayotgandekk ko‘rinadi. Tasvirdagi so‘zlar va tasvirdagi yuraklarni ham shu gavhar nuri ich-ichidan yoritib turadi. Bu charaqlagan kun o‘z-o‘zidan paydo bo‘lgan emas. Uning ulug‘ manbalari bor. Diqqat bilan qarang, charaqlagan kunning quyoshi Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, G‘afur G‘ulom, Oybek, Abdulla Qahhorlar choponi etagidan chiqqanligini ko‘rasiz. Hayot uchun bilmadim-u, lekin o‘zbek adabiyoti uchun Said Ahmad shu adiblar etagida tug‘ilgan, shu adiblarning mehr ziyosidan to‘la bahramand va bahrador bo‘lgan. Qorong‘uda tug‘ilgan, qorong‘ulik, tunlik, badqovoqlikni yoqtirgan yoki ulug‘lagan o‘zbek adiblari bo‘lmasa kerak.
O‘zbek adiblari boshlariga qanday ishlar tushgan bo‘lmasin, aksaran va asosan hayosevar bo‘ladilar. O‘zbek adiblari hamisha yaxshilikka chog‘langanlar. Umid bilan munosib yashashga chaqiradilar. O‘zbek xalqining tabiatida va xarakterida charaqlagan quyoshli kuning ulushlari va ulgilari bor. Mehr, oqibat, imon, diyonat, muhabbat, vafo quyoshli kunda tug‘ilgan o‘zbekning o‘zak ildizlaridir. Uning o‘zagini sabr matonat va qanoat azal-azaldan quvvatlantirib turadi.
Milliy g‘oya haqidagi yuksak suhbatlarda birinchi prezidentimiz Islom Karimov milliy g‘oya va milliy mafkurani juda ham murakkablashtirib, unga haddan ortiq ilmiy-nazariy tus berib yubormanglar. Milliy g‘oya ham, milliy mafkura ham huddi hadislardek sodda va hammaga tushunarli, ta’sirli bo‘lsin, degan fikrni aytganlar. Tagini o‘ylasangiz juda chuqur bu fikrning. Milliy g‘oya uzog‘i bilan ikkita-uchta, o‘nta so‘zdan iborat bo‘lishi mumkin. Lekin uning qudrati azalga ham, abadaga ham kifoya qiladi. Yaqinda stalincha qamoq azobalarini ko‘p ko‘rgan Soljenisin o‘z o‘quvchilari bilan kitob va kutubxonalar to‘g‘risida so‘zlasha turib, milliy g‘oyaga to‘xtaldi. Bizning milliy g‘oyamiz ru xalqini asrash bo‘lishi kerak, dedi adib. Xalqni asrash milliy g‘oyasi ostida yashash va ishlashga chaqirdi. Qarang, qanchalar sodda, oddiy va hatto juda, ehtimol, jo‘n so‘z. Prezidentimiz tinchlik, eminlik, farovonlik, erkinlikda milliy g‘oyamizning asoslari bo‘rtib turganligini ko‘rsatyapti. Har qalay, o‘zbek xalqi, O‘zbekiston xalqi uchun milliy g‘oya shu tushunchalardan tug‘ildi, shu tushunchalar zamirida ko‘karadi va samara beradi. Hadis bu avvalo, soddalik, keyin hayotiylik va undan so‘ng inson muammolari, qalbning tugunlarini yechish, hal qilish.
Said Ahmad asarlariga milliy g‘oya nuqtayi nazarlaridan qaraydigan bo‘lsak, ular badiiy to‘qimasi hodisalardek sodda va g‘oyatda ta’sirchan ekanligini ko‘ramiz. Shu ma’noda ular xuddi Qodiriy nasri kabi o‘ta xalqona, xalqning qarashlariga yaqin. O‘zbekning mehri keng, bardoshi va qahri ham qattiq. Uning mehri qanchalar bo‘lsa, qahri ham shunchalar bor. Ijodkorning romanlari xuddi taronaga o‘xshagan go‘zal hikoyalari, Taklamakondan Atlantika okeaninig narigi qirg‘og‘igacha saylga chiqqan “Kelinlar qo‘zg‘oloni” asari kuldirib kuydiradigan hajvlari mehr va qahrning yug‘urumi. Hatto uning go‘zal xotira asarlarida ham mehr va qahr tutashib yotadi.9
Said Ahmad o‘zbekistonimizning ne-ne millatparvar farzanlari kabi gunohsiz tarzda ayblanib, og‘ir azob-uqubatlarni boshidan kechirdi. U gunoh va gunoh nima ekanligini juda chuqur biladi. O‘z hayotining qimmati barobarida to‘g‘ri xulosalar chiqargan. O‘z va o‘zgalar hayotining o‘ta iztirobli, fojeali holatlari haqida yozganda ijodkor kechirish va kechirmaslik masalasiga yana qayta-qayta murojaat qiladi. Buni uning keying vaqtlar ichida ketma-ket e’lon qilayotgan voqeiy asarlarini o‘qib kuzatib borayotgan kitobxon ham ilg‘ab oldi. “Sarob” nomli hikoyada Olimjon domla va ota orqali xalqimizning insoniy udumlariga xiyonat qilgan Kimsanboy mustabid sho‘ro davri siyosatining haddan ortiq ayanchli qurboni sifatida itdan ham battar bo‘lib o‘ldi. Olimjon domla qamoqda so‘nggi damda o‘g‘lini tanidi. O‘g‘lining o‘limi har qancha ayanchli bo‘lmasin, uni kechirolmadi. Olimjon domlaning azobi ikromjon fojeasdan kam emas.
“Qorako‘z Majnun” hikoysida begona yurtlarga ketib qolgan suyukli o‘g‘lini o‘ttiz yildan beri kutayotgan kampir Saodat aya o‘g‘li bo‘yniga but taqib kelganda onaning qanday holga tushganligini tushunish mumkin. Kampir uzoq yashab, uning urf-odatlarini qabul qilgan yoshi ellikdan oshgan o‘g‘li Bo‘rixonga o‘zbekligi qolmabdi deb o‘ylaydi. U uchun O‘zbekistonda mustaqillik bo‘ldimi, baribir edi. U o‘zga yurtning fuqarosi, o‘zga e’tiqodning sig‘indisi edi. Tug‘ilgan yurtga muhabbat tuyg‘usi uni tark qilganiga ko‘p yillar bo‘lgan. Ona tili qadim-qadim zamonlardayoq unutilib ketgan, shumer tili qatori tumanlar orasida qolib ketgandi. Kampirning yuragidan o‘g‘lining bu g‘arib ahvolini ko‘rib nimadir uziladi. O‘g‘lidan tirik ayrilganini his qiladi. Bo‘rixonning shuncha yillardan beri asrab kelgan go‘dakligida kiygan kiyimlarini hovli o‘rtasiga olib chiqib yoqadi. Saodat kampir ham, Ikromjon ham, Olimjon domla ham yoki Jalol polvon ham o‘z gunohkor farzandlarini kechirishlari mumkin edi. Lekin ular kechirolmaydilar. Kechirimni qiyomatga qoldirishni afzal ko‘radilar. Ijodkor ulug‘ mehrli lekin qahri ham o‘ta qattiq odamlarni shunday tasvirlaydi. Yozuvchi bunday hollarda o‘zini kimning tarafida ekaligini yashirib o‘tirmaydi. Yozuvchi sifatida holis va betaraf bo‘lish zarurati ham mavjudligini hayoliga ham keltirmaydi. Kechirish va kechirmaslikni aniq tasavvur qiladi. Bunda o‘zbekning qadim axloq tushunchalaridan kelib chiqadi. Diyonat va diyonatsizlikka kelganda xalqning bu narsalaga sog‘lom qarashlari hamda nuqatayi nazarlarini ifodalaydi.
Voqealarga, qahramonlarning xatti-harakatlariga o‘z munosabatinimochiq yashirmay ifodalash Said Ahmadga xos. Bu hol uning barcha asarlariga lirik-publisistik tus beradi. Shu yerga kelganda yana bir narsani aytib o‘tish joiz. Ijodkor barcha qahramonlarini o‘z shaxsidan olib, o‘zidan chiqarib, o‘ziga chog‘ishtirib tasvirlayotgandek tuyuladi. Xuddi shuningdek uning barcha mushfiq, mehribon, vafodor, jonfidoiy ayol qahramonlarida ham go‘zal adiba va shoira Saida Zunnunovadan allanimalardir bor. Ular bir xalqning ayollar shajarasining juda laziz, shavqatlar va mehr-oqibatlarga to‘liq mevalaridir. Betaraf bo‘lmagan adiblarda qahramonlar yozuvchining fazandlari kabi dunyoga keladi.
Ijodkor uzoq izlanishlardan so‘ng “Ufq” romanini e’lon qildi. Ulug‘ vatan urushi tufayli xalq boshiga tushgan qiyinchilik judolik va o‘zbek dehqonlarining qahramonligi, fidokorligi romanda yorqin, teran ko‘rsatildi. Urushdan olis shahar va qishloqlardagi voqealar tasvirlangan bo‘lsada, odamlarning uy va tashvishlarida urushning qonli nafasini sezasiz. Lekin odamlar esankirab qolmaydi. Yaxshilik, odillik, hurlik uchun intiladi, buning uchun tinimsiz mehnat qiladi, barcha qiyinchiliklarga bardosh beradi. Urushning qizg‘in kunlarida yangi qo‘riq ochishadi. Xalqning birdamligi, mehnatsevarligi, birso‘zligi muhabbati namoyon bo‘ladi. Dam Ikromjon timsoli xalq tshvishi siizni band etadi, dam qishlog‘idan hiqqan qahramon yigitning jasoratiga tahsin o‘qiysiz, ham Tursunboyning qilmishidan g‘azablanasiz. Ikromjon qanchalik iztirob alangasiga qolmasin, qaddini egmaydi. Faqat olg‘a intiladi va ufqlarni ko‘zlaydi.Yozuvchi yaxshigina so ’zlab olgan adabiyot tanburini chalishda davom etadi. “Ufq”ning ikkinchi kitobi yaratildi. Davr hayoti butun murakkabliklari bilan ifoda etildi. Ikkinchi kitobda shaddod Asrora go‘zal Dildor, Nizom, Inoyat oqsoqol va boshqa qahramonlarni uchratasiz. Ular bilan cho‘lning bepoyon yerlarida yurgingiz, suhbatlashgingiz keladi. 10 Matonat bilan qahramonlik, oliyjanoblik bilan samimiylik, xudbinlik va hiyonat kabi tushunchalar qahramonlar harakatida tasvirlanganini kuzatib borasiz. Ikkinchi kitob ham o‘quvchilarning sevimli asarlaridan biri bo‘lib qolishi shundandir. Oradan yillar o‘tib adib uch kitobdan iborat asar qilishga urindi. Ulug‘ vatan urushi arafasidagi o‘zbek xalqining matonatli mehnati Katta Farg‘ona kannalining qazilishi qamrab olindi. Kanal bahodirona odim bilan qiriq besh kunda qazilgandi. Adib ham asarni “Qirq besh kun” deb nomladi. Men ikki narsani istayman va o‘zim shunga ahamiyat beraman degan edi adib. Birinchidan, asarda tilning tiniqligi, ikkinchidan o‘sha tl bergan ruh qandaydir musiqiylik bo‘lishi kerak. Yozuvchi faqat qahramonning tilidagini yozmay, uni ichidan ham gapirtirishi kerak. Chunki ichidan gapirtirilgandagina ,qahramonning ichki olami ochiladi. Qahramonning ichki olamini, ichidagi bo‘lgan ohangini, ichidagi dardini yozuvchi o‘z tili bilan olib chiqadi. Ijodkor har bir asarida mana shunga e’tibor beradi. “Qirq besh kun” ning bosh qahramoni bir qarashda dovdir ko‘ringan Azizxon hamqishlog‘i Lutfinisaga ko‘ngil qo‘ygan. U qanday bo‘lmasin sevgi yo‘lida kurashadi. Qosh qoraygach, Azizxon chorboqqa o‘tadi-da, to‘yda to‘polon chiqarib, Lutfiyasini olib qochadi. Ikki oshiq bir-birlarining diydorlaridan hayajonda. Qayoqqa borshlarini, nima qilishlarini bilishmaydi. Kanal qurilishi ikki oshni bag‘riga tortadi. Xali ish boshlamayoq Azizxon hunar ko‘rsatadi. Farg‘onalik yigitlarni yerga urganiga oriyat qilib “alohida kursida taltayib bir o‘zi o‘tirgan” Esh polvonni kursi bilan qo‘shib, ko‘ch o‘rtasiga otadi
Yozuvchi “Ufq” romanidagi Ikromjon ruhiyatini ijtimoiy munosabatlar va turmushdagi ikir-chikirlarning xarakteriga ta’siri orqali ochgan bo‘lsa, “Qirq besh kun”da boshqa yo‘ldan boradi. Endi adibni ko‘proq xarakter xislatlari qiziqtiradi. Azizxonning soflik, insoniylik, oliyjanoblik, fidokorlik, mehnatsevarlikxislatlariga katta e’tibor beradi. XX-asrning 40-yillaridan boshlab, hozirgi o‘zbek adabiyotining taraqqiy etishida, ayniqsa, qayerdagi ulkan muvaffaqqiyatlar, unda bayonchilikdan chekinib, lirizmning ustuvor fazilatga aylanishida, shubhasiz, Said Ahmadning alohida o‘rni va xizmati bor. Adib ijodi haqida gapirganda uning o‘zbek adabiyoti tarixida birinchi martta roman-trilogiya muallifi ekanligi alohida ta’kidlash lozim. Yozuvchi o‘zining “Ufq” trilogiyasi bilan XX asrning zamonaviy o‘zbek adabiyoti tarixida yangi sahifa ochdi.
Mustaqillik yillariga kelib, Said Ahmad ijodiga yangi mavzu, yangi qahramon, yangicha ohang, yangi tasvir usullari kirib keldi. Bu fazilatlarni aslida yangicha, deb ta’riflash ham unchalik tog‘ri bo‘lmas. Negaki, otaxon adibimiz O‘tkan asrning 50- yillarida sho‘ro hukumati tashkil etgan navbatdagi qatag‘on qahriga uchrab sovuq, lagerlarda azobli kunlarni boshidan kechirib kelgan bolishiga qaramay, ko‘p yillar ular haqida lom-lim demay yashashga majbur bo‘ldi. O‘z ko‘rgan kechirganlarini yozishga ham botina olmadi. Mana endi mavridi kelib, Said Ahmad uzoq yillar o‘zining “qalbini o‘rtagan, ardoqlagan, og‘ir va shu bilan birga go‘zal, mungli, faraxbaxsh, musibatga to‘la, va ayni paytda, odamga quvvat berdigan umid, ishonch barq urib turgan haqiqiy hayot manzarlarini, o‘limlarni dog‘da qoldirib, balo-ofatlardan omon chiqqan o‘zi kabi zamondoshlarining madhi” ni (U. Normatov) kuylashga astoydil kirishdi. Aynan muallifning o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan-kechirganlarini realisti usulda tasvirlashi istiqilol davri adabiyoti uchun yangilikdir. Ustoz adibimizning “Kiprikda qolgan tong” kitobidan yozuvchining ikkita qissasi, uchta esse-xotira, o‘nga yaqin hikoya va bir necha adabiy o‘ylari joy olgan. Bu asarlarning barchasi g‘oyat ta’sirchan va samimiyligi ulkan mehr-muhabbatga boyligi bilan qimmatlidir. Undagi asarlarning deyarli barchasi muallifning o‘zi ko‘rgan, guvoh bo‘lgan bilgan odamlar hamda boshidan o‘tkazgan voqealar to‘g‘risidadir. Shu boisdan, bu kitobni bemalol biografik xarakterdagi asarlar majmuasi, deb atash mumkin. Agar bu asar qissasi garchi iste’dodli adib o‘zi ham, so‘zi ham, fe’l-atvori ham, asarlari ham tom ma’noda go‘zal bo‘lgan O‘lmas Umarbekovga bag‘ishlangan. 11


Yüklə 64,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin