Kraudsorsing texnologiyalari – kelajak texnologiyalari ekanligi haqida xulosa shak- shubha uyg‘otmaydi. Kraudsorsing instituti kraudsorser yo‘lini tanlagan shaxslarning ijtimoiy himoyalanmaganligi va ishsizlik muammosini yuzaga keltirmaydimi degan savolga javob berishdan oldin ko‘plab ilmiy masalalarni hal qilish zarur. Bu makroiqtisodchilarning vazifasi, zamonaviy rahbarlar uchun esa bir narsa aniq – kompaniyalarga tijorat qudratini oshirishga imkon beradigan barcha innovatsion marketing vositalari biznes hamjamiyati tomonidan qo‘llab- quvvatlanadi va amaliyotga tatbiq etiladi.
Kraudsorsing ishlab chiqarish modellarining ham, iste’mol modellarining ham o‘zgarishga ta’sir etdi. Mahsulot va xizmatlar iste’molchilari ishlab chiqarish jarayoniga jalb qilinishi uchun kompaniyalar tobora ko‘proq u yoki bu ishlab chiqarish funksiyalarini
«olomon»ga uzatishga harakat qilmoqda. Ochiq boshlang‘ich kodli dasturiy ta’minot mahsulotlari tobora ommaviylashmoqda. Kraudsorserlarning o‘zi qo‘shimcha iste’mol talabini faollashtiruvchi hisoblanadi. Aynan shu olimlar va mutaxassislarga kraudsorsingni mahsulot/xizmat/loyihalarni marketing asosida ilgari surish vositasi sifatida ko‘rib chiqishga imkon beradi.
Kompaniyalarni «100% kraudsorsing» biznes-modeliga o‘tkazish trendi barcha tarmoqlar uchun ham dolzarb emas. Lekin shunga qaramay, alohida tarmoq vazifalarini hal qilish uchun kraudsorsing texnologiyalaridan foydalanish deyarli barcha kompaniyalar uchun ochiqdir. Kraud-loyihalar ishlab chiqish va joriy qilish sohasida boshqaruv vakolatlarini kengaytirish ularning barcha iqtisodiyot tarmoqlarida ommaviyligi yanada o‘sishiga xizmat qiladi.
Agar kraudsorsing bu – jamoaviy ong bo‘lsa, kraudfanding – jamoaviy hamyon hisoblanadi. Kraudfanding turli loyihalarni moliyalashtirish uchun pul mablag‘lari jalb qilish texnologiyasisifatida barcha kompaniyalar uchun, ularning hajmi va faoliyat sohasidan qat’i nazar, katta qiziqish uyg‘otadi.
Kraudsorsingkeltiradiganfoyda.Kompaniyauchunfoyda: Transaksiya harajatlari qisqarishi.
Mahsulot yoki xizmatga qo‘shimcha qiymat qo‘shish.
Innovatsion ishlanmalarni rag‘batlantirish.
Iste’molchi bilan o‘zaro aloqalar.
Mahsulot/xizmat/loyihani ilgari surish.
«Olomon» ishtirokida yaratilgan mahsulot/xizmat/loyihaga talabni oshirish.
Mahsulot/xizmat/loyihaga qo‘shimcha talab shakllantirish hisobiga foyda olish.
Ijtimoiylashuv – boshqa odamlar bilan o‘zaro aloqalarni amalga oshirish.