Onlayn katalog (on-line catalog) –savdo maydoni shunday tashkil qilinadiki, bunda iste’molchilar turli xildagi ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilarning tovarlari va hizmatlari haqida bir qancha ko’rsatgichlar bo’yicha ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar;
Virtual moll(cybermall, e-mall) – bu onlayn katalogning bir turi bo’lib, unda bir internet adresda va bitta portalda bir qancha alohida kompaniyalar haqida ma‘lumotlar to’plangan bo’ladi. Bitta elektron savdo maydonida bir qancha magazinlardan haridlar qilish mumkin bo’ladi. Bu xolda yagonasavdo qoidalari, yagona korzina va yagona to’lov tizimi o’rnatilgan bo’ladi;
Elektron kim-oshdi savdosi – auktsion (e-auction) – bunda savdo maydoni shunday tashkil qilinadiki, xaridor turli ishlab chiqaruvchilarning turli tovarlarini savdo paytida aniqlanadigan narxlarda sotib olishlari mumkin bo’ladi;
Elektron birjalar (e-exchange) – narxlar talab va taklif asosida aniqlaniladigan savdo maydonlari bo’lib, keyingi paytlarda tarmoq elektron birjalari tobora ommabop bo’lib barayapti. Masalan, aviatsiya tarmog’i uchun Aerospanva MyAircraft.com birjalari, avtomobillar uchun Covisint birjasi, ommaviy iste’mol tovarlari uchun esa Transorakabi birjalar mavjud.
Bulardan tashqari, vertikal elektron savdo maydonlari ham mavjud. Ular tarmoqlar chegarasida korxonalarni birlashtiradilar yoki bitta tashkilotning yetkasib beruvchilari va dilerlarini birlashtiradilar. Gorizontal elektron savdo maydonlarida esa turli tarmoqlarning kompaniyalari birlashishlari mumkin. Mijozlar bilan o’zaro aloqa o’rnatish turi bo’yicha ikki turdagi biznes-modelni ajratib ko’rsatishimiz mumkin:
O’z-o’ziga hizmat ko’rsatish – kompaniya elektron platforma va mahsulotni yaratadi, iste’molchi esa mahsulot yoki xizmatni o’zi tanlagan usulda sotib oladi. Misol sifatida onlayn-bankingni, elektron ta’limni yoki internet- savdoni keltirishimiz mumkin;
Kraudsorsing – bunda kompaniya internet-pletformani tashkil qiladi, mahsulot yoki xizmatni esa iste’molchilarning o’zlari yaratadilar (ya’nikraudsorsingmahsulotini). Xozirgi paytda kompaniyalar iloji boricha shu usulni tanlamoqdalar. Misol sifatida ijtimoiy tarmoqlarni, blokcheynlarni, YouTube bideoservisini, fotoservislarni keltirishimiz mumkin.
Elektron biznes tashkil qilayotganda iste’molchining portretini hisobga olish vauning iste’molchi sifatidagi xususiyatlarini o’rganish yaxshi natijalarga olib keladi.