Iste’molchilar:
C2A (Consumer-to-Administration) - «iste’molchilar va ma’muriyat oʻrtasidagi munosabatlar»;
C2B (Consumer-to-business) - «iste’molchilar va tijorat tashkilotlari oʻrtasidagi munosabatlar»;
C2C (Consumer-to Consumer) - « iste’molchilararo munosabatlar».
rasm.Iste’molchilaruchune-commerce
Ma’muriyat:
A2A (Administration-to-Administration) - «ma’muriyatlar oʻrtasidagi munosabatlar»;
A2B (Administration-to-Business) - «ma’muriyat va tijorat tashkilotlari oʻrtasidagi munosabatlar»;
A2C (Administration-to-Consumer) - «ma’muriyat va iste’molchilar oʻrtasidagi munosabatlar».
rasm.Ma’muriyat uchune-commerce
Boshqa biznes modellari:
D2C (Decentralized-to-Consumer) - «iste’molchilar oʻrtasidagi Blockchain texnologiyasiga asoslangan markazlashtirilmagan munosabatlar».
G2B (Government-to-Business) - «hukumat va tijorat tashkilotlari oʻrtasidagi munosabatlar». Institutsional doirada yirik korporatsiyalar va moliyaviy institutlar ichki va xalqaro biznesni qulaylashtirish uchun moliyaviy ma’lumotlar almashishda Internetdan foydalanadilar. Ma’lumotlarning yaxlitligi va xavfsizligi elektron tijorat uchun dolzarb muammolardan sanaladi.
P2P (Peer-to-peer) - “shaxslar oʻrtasidagi munosabatlar”.
An’anaviy elektron tijorat bilan bir qatorda, 2013 yil t-tijorat – mobil tijorat (m-commerce) atamalari ham qoʻllanilgan17.
rasm.Peer-to-peertizimi
Shubhasiz, B2B elektron tijorat shakli harid ikki korxona oʻrtasida tuzilganda sodir boʻladi. Muvaffaqiyatli B2B kompaniyalari qatoriga marketing va sotish dasturlarini taklif qiluvchi HubSpot va kichik va oʻrta biznes uchun buxgalteriya dasturlarini ta’minlovchi Xero kiradi.
Barcha muvaffaqiyatli hodisalar B2C elektron tijorat kompaniyalarida roʻy beradi. Bunda
doʻkonlar iste’molchilarga mahsulot va xizmatlarini sotadilar. Onlayn xaridlar (shu jumladan dropshipping) odatda biznesdan iste’molchiga moʻljallangan modelda ishlaydi.
C2C elektron tijorat iste’molchi mahsulotni toʻgʻridan-toʻgʻri sotganda paydo boʻladi. Bu, ayniqsa, soʻnggi oʻn yil ichida koʻzga koʻrinib qoldi. Depop, gumtree va shpock kabi saytlar oʻzlarining nomlarini ulkanlashtirdi. 1995 yilda tashkil topgan eBay hali ham bozorning etakchisi boʻlib, undan keying oʻrinda 2005 yilda tashkil etilgan Etsy bormoqda.
Iste’molchining biznes modellari elektron tijoratda biroz kamroq uchraydi, bu iste’molchi kompaniyaga pul sotganda yoki unga pul kiritganda sodir boʻladi.
Oʻz biznesini moliyalashtirish uchun kraudsoursingdan yoki Kickstarter kompaniyasidan foydalanadigan kompaniyalar C2B toifasiga kiradi.
B2A turdagi elektron tijorat kompaniyalar va hukumat oʻrtasida onlayn ravishda tranzaktsiyalar amalga oshirilganda yuzaga keladi. Ushbu sohada odatda ijtimoiy ta’minot, ish bilan ta’minlash va huquqiy hujjatlar kabi turli xil xizmatlar taqdim etiladi. Soʻnggi yillarda elektron hukumatga sarmoyalar koʻpayishi tufayli ushbu elektron tijorat turi koʻpaymoqda.
Va nihoyat, C2A elektron tijorat turi jismoniy shaxslar va hukumat oʻrtasidagi barcha operatsiyalarni oʻz ichiga oladi.
Bunga bir nechta misollar keltirish mumkin:
Ta’lim – axborotni nashr etish va tarqatish, masofaviy oʻqitish; Soliq – soliq deklaratsiyasining shakllari va toʻlovlari; Sogʻliqni saqlash – tibbiy xizmatga toʻlovlar, uchrashuvlar.
Elektron tijoratda logistika asosan buyurtmalarni bajarish bilan bogʻliq. Onlayn bozorlar va chakana sotuvchilar buyurtmalarni bajarish va tovarlarni etkazib berishning eng yaxshi, eng qulay usulini topishlari kerak. Kichik kompaniyalar odatda oʻzlarining logistika operatsiyalarini nazorat qiladilar, chunki ular qoʻshimcha kompaniya yollash imkoniyatiga ega emas. Aksariyat yirik kompaniyalar pudratchilarni yoki kompaniyaning logistik ehtiyojlarini qondiradigan pudratchi kompaniyani yollashadi.
Ommaviy qarashlardan farqli oʻlaroq, elektron tijoratga kirishda jiddiy toʻsiqlar mavjud. Elektron tijorat oʻziga xos afzalliklarga ega va ularni quyidagicha guruhlash mumkin:
Tashkilotlar uchun global miqyos, xarajatlarni kamaytirish, ta’minot zanjirini takomillashtirish, biznesning doim ochiqligi (24/7/365), shaxsiylik, mahsulotni tezda bozorga chiqarish, raqamli mahsulotlarni tarqatishning arzonligi;
Iste’molchilar uchun joy tanlamasligi, anonimlik, tovar va xizmatlarning keng tanlovi, shaxsiylik, mahsulotlar va xizmatlarning nisbatanarzonligi, tez etkazib berish, elektron sotsializatsiya;
Jamiyat uchun xizmatlarning keng doirasi (masalan, ta’lim, sogʻliqni saqlash, kommunal xizmatlar), turmush darajasini oshirish, milliy xavfsizlikni takomillashtirish, raqamli tafovutni kamaytirish, tovarlarni / xizmatlarni onlayn ravishda sotish / buyurtma qilish avtomobil transportini va atrof-muhitning ifloslanishini kamaytiradi.
Elektron tijoratning kamchiliklari:
Tashkilotlar uchun loyihaning kompaniyaga aloqadorligi toʻgʻrisida tomonlarning shubhalari (salbiy anonimlik), internetda korxona faoliyatini qonuniylashtirish va faoliyatidagi ba’zi bir qiyinchiliklar;
Iste’molchilar uchun Internet orqali sotiladigan xizmatlarga iste’molchilar ishonchsizligi, tovarlarni qoʻl bilan «ushlash» mumkin emasligi, sotib olingan mahsulotni etkazib berishni kutish, tovarlarni qaytarishda mumkin boʻlgan qiyinchiliklar va xarajatlar, mahsulotlarni etkazib berish uchun qoʻshimcha xarajatlar;
Jamiyat uchun firibgarlik uchun jozibador platforma (tarmoq xavfsizligi darajasining pasayishi), oflayn-tijorat korxonalarini bozordan siqib chiqarishi;
Davlat uchun hisobning «kulrang» tizimini yuritishda davlat byudjetiga soliq toʻlovlarining toʻliq kelib tushmasligidan iborat.
Elektron tijorat zamonaviy iqtisodiyotning ajralmas qismiga aylandi. Iste’molchilar tobora
koʻproq Internet orqali tovarlar sotib olmoqdalar va tijorat tashkilotlari oʻzlarining tadbirkorlik faoliyatlarida ushbu tarmoqning imkoniyatlaridan qandaydir tarzda foydalanmoqdalar. Internetda xarid qilishning birinchi sababi – haftaning etti kunida tunu kun xarid qilish imkoniyatining mavjudligidadir.
Internetdagi internet doʻkonlarning 25 foizi WooCommercedan foydalanishmoqda. 2020 yilda AQShdagi onlayn iste’molchilarning 61 foizi blogdagi tavsiyalar asosida xaridlarni amalga oshirishdi. Dunyo boʻylab Internet foydalanuvchilarining 93,5 foizi Internet orqali mahsulot sotib olgan.
2040 yilga kelib barcha xaridlarning 95% elektron tijorat orqali amalga oshiriladi. AQShda 2020 yilda eng ommabop boʻlgan elektron tijorat saytlari:
Amazon - taxminiy trafigi oyiga 2,5 milliard tashrif buyuruvchi; eBay - taxminiy trafigi oyiga 940 million tashrif buyuruvchi;
Walmart- taxminiy trafigi oyiga 450 milliontashrif buyuruvchi; Craigslist - taxminiy trafigi oyiga 420 million tashrif buyuruvchi;
Etsy - taxminiy trafigi oyiga 352 million tashrif buyuruvchi
Y-avlodning 59 foizi onlayn xaridlarni qilishda, avvalo, Amazonga birinchi boʻlib murojaat qiladi.
Elektron tijorat sohasi har yili oʻrtacha 23 foizga oʻsmoqda. Biroq pandemiya munosabati bilan 2019 yildan oʻsish sur’atlari kamaymoqda.
Elektron pochta orqali elektron tijorat statistikasini kuzatadigan boʻlsak, iste’molchilarning 61% elektron brendlar bilan pochta orqali bogʻlanishni afzal koʻrishadi. Elektron pochta marketingi investisiya rentabelligi (ROI) 4400% ga teng, ya’ni sarflangan har bir dollar 44 dollar olib keladi. AQShdagi 1000 ta eng yirik onlayn internet doʻkonlarining 58% “xush kelibsiz” elektron pochta xabarlarini yuboradi. Elektron pochta orqali kompaniyalar daromadini 760% ga oshiradi. Tranzaktsion elektron pochta xabarlari 8 barobar koʻproq ochiladi va 6 baravar koʻproq pul ishlab topadi. Elektron pochta marketingi electron tijorat trafigining 20 foizini tashkil qiladi. Iste’molchilarning 60 foizi elektron pochta orqali yuborilgan marketing xabarlari natijasida xaridlarni amalga oshirishdi.
Ijtimoiy tarmoqlari mavjud boʻlgan onlayn-doʻkonlarda savdo 32 foizga koʻp. Oʻrtacha elektron tijorat sayti haftasiga 4,55 ta xabarni oʻzlarining Facebook sahifalarida nashr etadi. Xaridorlarning 74 foizi sotib olish toʻgʻrisida qaror qabul qilishda oʻzlarining ijtimoiy tarmoqlariga tayanishadi. Ijtimoiy tarmoqlardagi buyurtmalarning 85 foizi Facebookdan keladi. Instagram foydalanuvchilari 75% reklama xabarini koʻrgandan keyin saytga tashrif buyurgan. Instagramdan jalb qilingan mijozlar uchun oʻrtacha buyurtma qiymati 65 dollarni tashkil etadi.
Mobil elektron tijorat statistikasini kuzatadigan boʻlsak, hozirda barcha bayram xaridlarining 40% dan ortigʻi mobil qurilmalarda amalga oshiriladi.
Qoʻshma Shtatlardagi Internet foydalanuvchilarining 82% onlayn xarid qilish uchun mobil qurilmalardan foydalangan. Smartfon va planshet egalarining 53% korporativ dasturlar orqali xarid qiladi. “Qora juma” va “kiber dushanba” kunlari elektron tijorat savdosi 2018 yilda 2 milliard dollardan ortgan.
Bepul yetkazib berish KOʻBning foydasini 46,5%ga oshiradi. Agar hisob qaydnomasini toʻldirish talab etilsa, xaridorlarning 28 foizi zudlik bilan xaridlarini toʻxtatishadi. Kassaning optimallashtirilgan dizayni konvertatsiya koeffisiyentini 35% ga oshirishi mumkin. 3 ta elektron tijorat veb-saytidan 2 tasi savatchadan voz kechish sababli mablagʻini yoʻqotadi. Mobil qurilmalarda savatchadan voz kechish darajasi eng past koʻrsatkichga ega – 86%. Mobil qurilmalardagi sarflangan daqiqalarining 44% Internet-tijoratga toʻgʻri keladi. Har 3 foydalanuvchidan biri mahsulotni Googleda qidirgandan keyin besh kun ichida sotib oladi.
Internetda eng koʻp pul sarflaydigan TOP-10 mamlakat:
Xitoy - yiliga 672 milliard dollar.
AQSh - yiliga 340 milliard dollar.
Buyuk Britaniya - yiliga 99 milliard dollar.
Yaponiya - yiliga 79 milliard dollar.
Germaniya - yiliga 73 milliard dollar.
Frantsiya - yiliga 43 milliard dollar.
Janubiy Koreya - yiliga 37 milliard dollar.
Kanada - yiliga 30 milliard dollar.
Rossiya - yiliga 20 milliard dollar.
Braziliya - yiliga 19 milliard dollar.
Oʻzbekistonda Elektron tijorat jadal rivojlanmoqda. Elektron tijorat subyektlari milliy reyestri – bu Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi «Elektron tijoratni jadal rivojlantirish chora-tadbirlaritoʻgʻrisida»gi PQ-3724-son qarori bilan joriy etilgan elektron tijoratning mahalliy subyektlari haqidagi ma’lumotlarni oʻzida jamlagan yagona elektron bank hisoblanadi.
Elektron tijorat subyektlari milliy reyestrini asosiy vazifalari va yoʻnalishlari quyidagilardir:
elektron tijoratni joriy etish va rivojlanish holatini baholash, shu jumladan, axborot tizimlari va resurslarini joriy qilish samaradorligini oʻrganish;
elektron tijoratni samarali rivojlantirish uchun amaldagi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha maqsadli tahlil va takliflartayyorlash.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi
«Elektron tijoratni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ- 3724-son qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi
«Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi Milliy reyestrini shakllantirish, saqlash va rivojlantirish boʻyicha vazifalarni amalga oshirish belgilangan. Milliy reyestrga kiritilgan yuridik shaxslar va xususiytadbirkorlar 2 foiz stavka boʻyicha yagona soliq toʻlovini toʻlovchilar hisoblanadi.
Elektron tijorat mijozlarga jugʻrofiy toʻsiqlarni engib oʻtishga vaularga istalgan vaqtda, istalgan joyda tovarlarni sotib olishga imkon yaratadi. Onlayn va an’anaviy bozorlar biznes yuritishda turli xil strategiyalarga ega. An’anaviy chakana savdo doʻkonlari peshtaxtalari cheklanganligi sababli kamroq assortimentni taklif qilishadi. Onlayn chakana sotuvchilar aksariyat hollarda inventarizatsiya qilishmaydi, lekin buyurtmalarni toʻgʻridan-toʻgʻri ishlab chiqaruvchiga yuborishadi.
Narxlar strategiyasi an’anaviy va onlayn-doʻkonlar uchun ham farq qiladi. An’anaviy chakana sotuvchilar oʻz narxlarini doʻkonga tashrif buyuruvchilar soni, sotib olishning oʻrtacha narxi, amalga oshirilgan bitimlar soniga va binolarni ijaraga olish narxlariga asoslanib oʻrnatishadi. Onlayn doʻkonlar xaridlar sonini ham hisobga oladi, shuningdek, ular etkazib berish tezligini ham baholay oladilar.
Xavfsizlik rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda elektron tijoratning asosiy muammosidir. Elektron tijorat xavfsizligi saytlar va mijozlarni ruxsatsiz kirishdan, ma’lumotlardan foydalanishdan himoya qiladi. Tahdidlar turiga quyidagilar kiradi: zararli kodlar, salbiy dasturlar (reklama dasturlari, josuslik dasturlari), фишинг, xakerlik va kibervandalizm. An’anaviy doʻkonlar, shuningdek, oflayn doʻkondan tashqarida samarali aloqada boʻlish, xaridorlarni ushlab turish va sotishni koʻpaytirish uchun mijozlarning ma’lumotlarini saqlash, sodiqlik dasturlarini amalga oshirish va mijozlarni onlayn maydonga oʻtkazish uchun onlayn- maydonning imkoniyatlaridan foydalanadilar.
Elektron tijorat mehnat bozoriga qanday ta’sir etadi degan savol tugʻiladi.
Bir tomondan, elektron tijorat axborot xizmatlari, zarur dasturiy ishlanmalar va raqamli mahsulotlar tufayli yangi ish oʻrinlarini yaratishga yordam beradi. Boshqa tomondan, Internet- doʻkonlarning paydo boʻlishi ishchi oʻrinlarining qisqarishiga ham olib keladi. Ish joylarini yoʻqotish ehtimoli yuqori boʻlgan sohalarga bozor, pochta va sayyohlik agentliklari kiradi.
Elektron tijoratning rivojlanishi, shuningdek, katta hajmdagi ma’lumotlar, mijozlarning ehtiyojlari va ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish uchun yuqori malakali mutaxasislarni talab qiladigan yangi ish oʻrinlarini yaratadi. Ularni yuqori texnik mahoratga ega boʻlmagan xodimlar band qila olmaydi.