Masalan:
O’quvchi Rashidov 1-imkoniyatdan foydalangan bo’lsa, demak u qizil rangdagi doiracha (jeton)ga ega bo’lgan bo’ladi. O’qituvchi
qizil doirachani (jeton) Rashidovning konvertchasiga joylashtiradi va h.k.
Izoh:
Har bir maktab doiracha (jetonlar) o’rniga o’ziga
xos boshqa masalan,
yulduzcha , to’rtburchakli kubik va boshqa elementlardan foydalanishi mumkin. Albatta, dars jarayonida ishlatish qulay bo’lishi kerak.
Maktabda o’quvchilarning bilimlari sifatini nazorat qilishning bunday reyting tizimi o’quvchilar uchun, ota-onalar uchun ixcham tushunarli bo’lib ularning bilimlari sifatini
baholashda haqqoniylik,
oshkoralik, odilonaligi bilan ta’lim va tarbiya sifatini oshirishda samara bermoqda.
Maktabda o’quvchilarning bilimlarini sifati nazorat qilishning yangi reyting tizimi uslubiy birlashmalarda o’rganib
chiqilib, ota-onalar yig’ilishlarida tushuntirish ishlari olib borildi. Har bir o’qituvchi mazkur baholash tizimini puxta o’zlashtirib, darslarda qo’llab, bilim samaradorligining yuqori bosqichlarga ko’tarilishiga erishmoqda. Shu bilan birga darslarni zamon talablari asosida innovatsion pedagogik texnologiyalar va axborot – kommunikatsiya vositalari
yordamida tashkil etib, ularda o’quvchilarning
qiziqishlari, qobiliyatlariga mos usullardan foydalanayaptilar. Eng asosiysi o’quvchilarimiz ham , ota – onalari-miz ham yangi besh ballik reyting tizimining mazmun mohiyatini tushundilar. 1 ball, 2 ball ham rag’batlantiruvchi ballar bo’lishi mumkinligini tushunganlaridan so’ng o’quvchilarning o’quv jarayoniga bo’lgan munosabati tubdan o’zgardi. Ta’lim sifati maktabimizda borgan sari yaxshilanib borilmoqda. Joriy etilgan bunday baholash tizimi o’qituvchi va