Mavzu: tovar va uning xususiyatlari



Yüklə 311,12 Kb.
səhifə11/12
tarix10.12.2023
ölçüsü311,12 Kb.
#139126
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Kurs ishi tovar — копия

2.1-jadval.
O‘zbekiston milliy iqtisodiyoti tarmoqlari bo‘yicha YaIM ulushining o‘zgarishi (joriy baholarda YaIM ga % hisobida)[9]





Tarmoqlar

Yillar

2018

2019

2020

2021

1.

YaIM

100

100

100

100

2.

Qishloq xo‘jaligi

31,5

28,0

28,2

35,7

3.

Sanoat

26,5

29,3

28,5

25,8

4.

Qurilish

6,1

6,6

7,0

6,2

5.

Xizmatlar

35,9

36,1

36,3

25,0

6.

Sof soliqlar

11,2

8,9

7,6

7,2

Iqtisodiy o‘sishning jahon amaliyotida keng qo‘llaniladigan boshqa jismoniy ko‘rsatkichi iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi hisoblanadi. U tarmoqlar bo‘yicha hisoblab chiqadigan mahsulot ko‘rsatkichi asosida tahlil qilinadi. Bundan tashqari, iqtisodiy o‘sish tahlilida iqtisodiyotning ichidagi asosiy nisbat ham o‘rganiladi.
Ta’kidlash lozimki, mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida qo’lga kiritilayotgan yutuqlarga o’z-o’zicha, osonlik bilan erishilayotgani yo’q. Mazkur raqamlar ostida yurtimiz rahbari tomonidan har tomonlama o’ylab, oqilona tarzda ishlab chiqilgan va amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosat, bunyodkor xalqimizning fidokorona va jasorat bilan qilayotgan mеhnatlari yotadi. Shuning uchun ham, muhtaram Birinchi Prеzidеntimizning o`tgan ma’ruzalarida «avvalgi yillarda erishilgan ana shunday o’sish sur’atlari va yuksak makroiqtisodiy ko’rsatkichlar jamiyatimizning barcha sohalarini tubdan isloh qilish va yangilash bo’yicha amalga oshirilgan ko’p yillik mashaqqatli va murakkab ishlarning mantiqiy natijasi, iqtisodiyotni izchil va barqaror rivojlantirishning amaliy namoyoni bo’ldi», dеb ta’kidlashi bеjiz emas.
Shunisi diqqatga sazovorki, yalpi ichki mahsulotning yuqori sur’atlar bilan o’sishi an’anaviy xomashyo tarmoqlari hisobidan emas, jahon bozoridagi qulay kon’yunktura va ayrim xomashyo turlari hamda matеriallar narxining yuqoriligi hisobidan emas, balki birinchi navbatda raqobatga bardoshli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hamda zamonaviy xizmat ko’rsatish sohalarini jadal rivojlantirishni bеlgilab bеradigan jiddiy tarkibiy o’zgarishlar va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish evaziga ta’minlanmoqda.


Xulosa
Mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishi kо‘p omilli va ziddiyatli jarayon hisoblanib, u asosan iqtisodiy о‘sishda namoyon bо‘ladi. Iqtisodiy о‘sish bevosita yalpi ichki mahsulot miqdorining mutloq va aholi jon boshiga hamda iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga kо‘payishi hamda sifatining yaxshilanishida va tarkibining takomillashuvida ifodalanadi.
Iqtisodiy о‘sish sur’atining ahamiyatini iqtisodchilar tomonidan qо‘llaniluvchi «70 qoidasi» yordamida ham ochib berish mumkin. Bu qoidaga kо‘ra, milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarilayotgan YAIM hajmini 2 baravarga oshirishda qancha vaqt talab etilishini aniqlash uchun 70 sonini yillik о‘sish sur’atiga bо‘lish kerak bо‘ladi.
Iqtisodiy о‘sishning ekstensiv va intensiv turlari mavjud. Ishlab chiqarishning avvalgi texnikaviy asosi saqlanib qolgan holda ishlab chiqarish omillari miqdorining kо‘payishi orqali о‘sish ekstensiv iqtisodiy о‘sish deyiladi. Ishlab chiqarish omillarini sifat jihatidan takomillashtirish, yanada ilg‘or ishlab chiqarish vositalarini va yangi texnikani qо‘llash, ishchi kuchi malakasini oshirish, shuningdek mavjud ishlab chiqarish potensialidan yaxshiroq foydalanish yо‘li bilan mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish intensiv iqtisodiy о‘sish deyiladi.
Iqtisodiy о‘sishga ta’sir kо‘rsatuvchi omillarni shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin: taklif omillari va taqsimlash omillari. Taklif omillariga tabiiy resurslarning miqdori va sifati; mehnat resurslari miqdori va sifati; asosiy kapital (asosiy fondlar) ning hajmi; texnologiya va fan-texnika taraqqiyotini kiritish mumkin. Resurslarning о‘sib boruvchi hajmidan real foydalanish va ularni kerakli mahsulotning mutloq miqdorini oladigan qilib taqsimlashga xizmat qiluvchi omillar taqsimlash omillari deyiladi.
Iqtisodchi olimlarning iqtisodiy о‘sish omillarini о‘rganish hamda uning kelgusidagi natijalarini bashorat qilish borasidagi tadqiqotlari pirovardida turli iqtisodiy о‘sish modellarining yaratilishiga olib keldi. Bu modellar о‘z mazmuniga kо‘ra bir-birlaridan farqlansada, ularning asosida ikkita nazariya – makroiqtisodiy muvozanatning keynscha (keyinchalik neokeynscha) nazariyasi hamda ishlab chiqarishning klassik (keyinchalik neoklassik) nazariyasi yotadi.
Iqtisodiy o‘sish iqtisodiy sohada mamlakat hukumatining faoliyat samaradorligini ko‘rsatuvchi muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. Iqtisodiy o‘sish tanlab olingan vaqt oralig‘ida milliy ishlab chiqarish hajmidagi o‘zgarishlar sur’atini ko‘rsatadi. Iqtisodiy o‘sishni ijobiy, nol va salbiy sur’atga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan milliy ishlab chiqarish hajmini miqdoriy aniqlash jarayoni orqali ifodalash mumkin. Iqtisodiy nazariya iqtisodiy o‘sishning mohiyatini ko‘rib chiqar ekan, iqtisodiy o‘sish yalpi mahsulot hajmining miqdoriy o‘zgarishlari orqali aks etishini uqtiradi. Ko‘pgina tadqiqotchilar iqtisodiy o‘sishni ko‘rib chiqishda milliy ishlab chiqarish tizimidagi miqdoriy va sifat o‘zgarishlarining umumiyligini tushunishni taklif qiladilar. Shu bilan bir qatorda, ustun nuqtai nazar shundan iboratki, unga ko‘ra mustaqil muhim tarkibga ega bo‘lgan ikkita atama ajralib turadi - iqtisodiy o‘sish va iqtisodiy rivojlanish. Iqtisodiy o‘sishning mohiyati miqdoriy o‘zgarishlarni aks ettirishda ifodalansa, iqtisodiy rivojlanish esa iqtisodiyotdagi yaxshilanish va sifat jihatdan rivojlanishlarni aks ettiradi. Ko‘pgina hollarda iqtisodiy o‘sish iqtisodiy rivojlanish bilan birga bo‘lishi kerak, ammo o‘sish sifatning progressiv o‘zgarishi, ishlab chiqarish hajmining ijobiy va sifat o‘zgarishlari bilan birga kechmaydigan holatlar ham mavjud. Iqtisodiy o‘sish-bu milliy iqtisodiyotning harakati va rivojlanishi bo‘lib, eng avvalo yalpi ichki mahsulot va aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotni o‘z ichiga oluvchi makroiqtisodiyot ko‘rsatkichlari majmuining o‘zgarishi bilan tavsiflanadi.

Yüklə 311,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin