Mavzu: XVII asr adabiyoti



Yüklə 228,2 Kb.
səhifə5/6
tarix15.11.2023
ölçüsü228,2 Kb.
#132609
1   2   3   4   5   6
Mavzu XVII asr adabiyoti-fayllar.org

XVII ASR ISPAN ADABIYOTI 
XV asrning ikkinchi yarmidan e’tiboran tarkib topa boshlagan ispan 
absolyutizmi XVI asr davomida mustaxkamlanib, XVII asrning birinchi
choragida inqirozga uchraydi. 
Angliya va Fransiyada absolyut xokimiyat mamlakatning milliy birligini
yuzaga keltirish va uni iqtisodiy tomondan mustax-kamlashda katta ish qilgan 
bir paytda Ispaniyada qirollikxuku-mati bunday yutuqlarni qo‘lga kiritolmaydi.
Absolyutizm o‘zining adolatsiz siyosati bilan mamlakatning rivojlanishiga g‘ov 
bo‘lib qoladi. Monarx ishonchini qozangan feodal zodagonlarning xuquqlari
cheklanmagan edi. Ayniqsa Filipp IV zamonasida (1621— 1665) graf Olivares 
mamlakat boyligini talaydi, xalqni qattiq ezadi. Ijtimoiy va milliy zulmga qarshi
boshlangan qo‘zg‘olonlar shafqatsizlik bilan bostiriladi. Feodal-din reaksiyasi avj 
oladi. Bu vaqtda «cherkov absolyutizmning eng daxshatli quroliga aylangan
edi». Xristian dini Ispaniyaning siyosiy xayotigagina emas, balki uning iqtisodiy 
axvoliga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 6 million axolining bir milliondan ortiqrog‘i
ruxoniy, erkak monax va ayollar bo‘lib, yerning to‘rtdan bir qismi ular qo‘lida edi. 
Mamlakatning xo‘jalik xayoti butunlayizdan chiqadi. Bosqinchiliksiyosati
vaavantyurizm Ispaniyani og‘ir axvolga olib boradi, mustamlakalar qo‘ldan ketadi, 
oxirida u zaif va ikkinchi darajali davlatlar qatoriga tushib qoladi. Bir asrdan ham
oz vaqt ichida mamlakat axolisy ikki million kishidan ziyodroqqa kamayadi. 
Inkvizitsiya bir necha o‘n minglab kishilarni xalok etadi. XVI—XVIII
asrlarmobaynida mingdan ortiq kishi o‘tda qo‘ydirilib jazolanadi, mingga 
yaqin odam zindonda o‘ldiriladi.
Mamlakat ijtimoiy xayotidagi voqealar badiiy adabiyotda hamo‘z ifodasini
topdi.
XVII asr ispan adabiyotida uch adabiy yo‘nalishni ko‘rish mumkin. Bo‘lar 

Uyg‘onish realizmi, klassitsizm va barokkodir. Antik san’at va xalq badiiy


an’analarini o‘zviy ravishda bog‘lay bilgan adabiyot — Uyg‘onish realizmi 
Ispaniyada boshqa mamlakatlarga qaragandaancha kech vujudga keldi. U targ‘ib
qilgan gumanizm katolik ideologiyasi qarshiligiga o‘chraydi. Ayni chog‘da
xristiandini aqidalari ba’zi yozuvchilar ijodiga salbiy ta’sir o‘tkazadi ham.Shu
sababli realistik adabiyotda barokkoning aloxida belgilari ko‘zga tashlanib turadi. 
Antik adabiyotga taqlidan ergashib, uning qonunlarni farmal qabul qilgan va
milliy an’analarni inkor etgan klassitsizm Ispaniyada o‘z rivoji uchun zamin 
topolmaydi va faqat uni tor doiradagi olim-filologlargina yoqlaydilar va o‘zlarini
o‘tmish madaniy merosni birdan-bir avaylab saqlovchilar deb xisoblay-dilar. 
Madrid akademiyasi vaba’zi bir professorlar Lope de Veganing realistik

estetikasiga qarshi chiqib, uning teatrini «avom xalq» teatri deb kamsitadilar.


Shuning uchun hamyirik dramaturg Lope de Vega klassitsizm yuzaga keltirgan va 
adabiyotni chegaralab o‘yadigan harqanday qonun-qoidalarni rad etadi. Biroq
klassitsistlarning ijobiy tomonlari ham bor edi. Ular adabiyotda barokkoning bir 
ko‘rinishi bo‘lmish gangorizm (qulteranizm)ni tanqid qiladilar. Klassitsist
Bartolome Leonardo de Arxensola ( — ) uch birlik qonunining izchil 
tarafdori sifatida gangorizmni qoralab, nutqning sof va ravshan bo‘lishi uchun
kurashadi. Ispan shoiriGangora ( b — 7) mazmunni xiralashtirib qo‘yadigan 
aristokratik uslub — serxashamlikni yaratgan edi. U oddiy xalq uchun emas, balki
bir xovuch «tanlanganlar», yani nozik didli “madaniyatli” kishilar (“kulteranizm” 
termini shunday kurashdan kelib chiqkan) uchun ijod etmoq kerak deydi. Faqat
bugina emas, gangorachilarning dunyoqarashi mavhum va pessmistik xarakterda 
edi. Gangora sonetlarida «juda shirin Zaxar», «erkalash va zorlanish», «roxatbaxsh
azob» kabi qarama-qarshi iboralar ko‘p uchrashi bejiz emas. To‘g‘ri, klassitsistlar 
ham«madaniyatli» kishilar uchun yozmoqchi bo‘ladilar. Biroq ular
gangorachilardan farq qilib, oddiy xalqqa jirkanib qaramay, balki ularni o‘rta asr 
jaxolatidan qutqarish maqsadida antik dunyo san’atidan baxramand etishni
o‘ylaydilar. 
Ispan adabiyotida barokko oqimi XVII asrG‘arbiy Yevropa va Ispaniyaning
ichki va tarixiy hayotiga mos ravishda keng rivoj topadi. Ma’lumki, o‘sha davr 
ispan falsafiy tafakkuri zaif va pessimistik ruxda edi. Ingliz mutafakkiri Bekonning
zamondo-shi ispan faylasufi Franchesko Sanches Uyg‘onish an’analarini davom 
ettirib, o‘rta asr sxolastikasiga qarshi chiqqanlekin oxirida u bo‘shashib («Bilish
mumkin bo‘lgan narsaning yo‘qligi haqida»),umidsizlikka tushadi. Valtazar 
Grasian hamqayg‘u aralash xazilida feodal-aristokratiya xulq-atvorini mazax
qiladi, Biroq uning kinoyali falsafiy fikrlarida inson kuchi va irodasiga
ishonmaslik aks etgan.
Barokko yozuvchilari antik san’at, Uyg‘onish adabiyotining ama-liy 
yutuklari, estetik an’analarini rad qilmaydilar, xalq ijodini ham nazarda tutadilar.
Shu bilan birga o‘rta asr diniy-kle-rikal adabiyotini yangi sharoitda yana 
hamrivojlantiradilar, eski adabiy shakllar o‘rniga endi mazmunan g‘amgin, lekin
estetik jixatdan ta’sirchan usullar topadilar. Barokko yo‘nalishiga xos mistik-
allegorik qarashlar shu vaqtning yirik dramaturgi Kalderon ijodida yaqqol
ko‘rinadi.

Yüklə 228,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin