Mehnatni rag‘batlantirish va uning turlari


Mehnatga haq to‘lashning vaqtbay tizimlari



Yüklə 85,45 Kb.
səhifə6/7
tarix26.11.2023
ölçüsü85,45 Kb.
#135466
1   2   3   4   5   6   7
10 MEHNATNI RAG‘BATLANTIRISH VA UNING TURLARI

Mehnatga haq to‘lashning vaqtbay tizimlari


Mehnatga vaqtbay haq to‘lashning bu usulida ish haqi miqdori ishning muayyan natijasiga qarab emas, balki xodim korxona yoki tashkilotda ishlagan vaqtiga qarab aniqlanadi.
Vaqtbay ish haqi miqdori tarif bitimiga hamda xodim shaxsiy ish faoliyati baholanishiga bog‘liqdir.
Mehnatga haq to‘lashning vaqtbay (soatbay) turi kengroq tarqalgan. U mehnatni qat’iy ravishda me’yorlash va ish natijalarini to‘liq hisobga olish imkoniyati yo‘q xodimlarga nisbatan, shuningdek ishlab chiqarilayotgan mahsulotning miqdor ko‘rsatkichlari hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lmagan hollarda qo‘llaniladi.
Bevosita vaqtbay ish haqi texnik mutaxassislar hamda xizmatchilar: qorovullar, liftyorlar, kur’erlar, yordamchi ishchilar, ya’ni ish haqi mehnat sifati bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan, mukofot ustamalari to‘lanmaydigan kasb egalariga nisbatan qo‘llaniladi.
Vaqtbay-mukofotli haq to‘lash mehnat faoliyati murakkab mashinamexanizm va asbob-uskunalar bilan bog‘liq yuqori malakali ishchilarga nisbatan qo‘llaniladi. Ularning amalda ishlagan vaqtlariga to‘lanadigan vaqtbay ish haqi bilan birga yuksak mehnat sifati, avariyasiz ishlaganligi, tayyor mahsulotni muddatida topshirgani uchun mukofotlar hamda ko‘zda tutilgan qo‘shimcha to‘lovlar bilan taqdirlanadi. Bu quyidagi shakldadir:
Vaqtbay asosda ishlaydigan xodimlarning tarif stavkasi korxona mehnat va ish haqi bo‘limi, xodim ishlayotgan bo‘lim rahbari tomonidan ishlab chiqilib kasaba uyushma qo‘mitasi bilan kelishiladi va korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Vaqtbay-mukofotli haq to‘lashning yana bir turi xizmatchi (rahbar, mutaxassis)lar umumiy ish haqini hisoblab chiqishda lavozim maoshi bilan bir qatorda faoliyat pirovard natijalari uchun rag‘batlantirish va yil choragi yakunlari bo‘yicha mukofotlashni ko‘zda tutadi. Ushbu tizimda mukofot yilning har bir choragi yakuni bilan bir qatorda yil yakuni uchun ham berilishi mumkin.Mehnatga vaqtbay haq to‘lash shaxsiy va jamoa tarzida bo‘lishi mumkin.
Shaxsiy vaqtbay ish haqi to‘lashda ish haqini rejalashtirish va hisoblash alohida xodimlar uchun amalga oshiriladi.Jamoa vaqtbay ish haqi to‘lashda butun bo‘linma (brigada, sex, uchastka) jamoasi mehnatiga haqto‘lanadi. Jamoa ish haqi ana shu bo‘linma a’zolari o‘rtasida har bir xodimning mehnat ulushi koeffitsienti bo‘yicha taqsimlanadi.
Mehnatga pirovard natija bo‘yicha haq to‘lash ish haqi miqdorini ishlab chiqarish pirovard natijalari bilan bevosita bog‘lash, umuman ish haqi to‘lashda uyg‘unlikka erishish imkonini beradi.
So‘nggi yillarda mehnatga haq to‘lashning tarifsiz tizimi ham keng yoyilmokda. Bu tizimga quyidagilar xosdir:
xodim ish haqi miqdorining jamoa ish natijalariga muvofiq
shakllanadigan ish haqi jamg‘armasi bilan mustahkam bog‘likligi; har bir xodimga doimiy (nisbiy) koeffitsientlar berish. Bu koeffitsientlar xodim malakasini ifoda etadi hamda xodimning yoki bir guruh xodimlarning avvalgi faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida umumiy mehnat natijalariga qo‘shgan shaxsiy mehnat ulushini belgilaydi; har bir xodimga faoliyati joriy natijalari bo‘yicha mehnat ishtiroki
koeffitsienti berish.
Mehnatga haq to‘lashning shartnoma usulini ham tarifsiz tizimga kiritish mumkin. Bunda ish beruvchi xodimni ishga yollar ekan bajarilgan muayyan ish uchun muayyan ish haqi belgilanishi bo‘yicha o‘zaro shartnoma tuzadi.
Ish haqi tarkibi uch qismdan iboratdir: asosiy (doimiy, bazali); qo‘shimcha (o‘zgaruvchan); ijtimoiy omillar hisobga olingan holda to‘lanadigan ish haqi.
O‘zbekiston Respublikasida byudjet sohasi xodimlari mehnatiga haqto‘lash yagona tarif setkasi asosida amalga oshiriladi.


Yüklə 85,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin