a) Metall buyumlarni volfram elektrod bilan argon gaz muhitida elektr yoy yordamida payvandlash. Bu usulda payvandlanuvchi metall sirtiga elektrodni 70–80°, tegishli markali chokbop simni esa 10–15° burchak ostida ushlanadida, elektr yoy elektrod bilan payvandlanuvchi metall buyumlarni payvandlash joyi orasida oldirib, elektrodni tutib turuvchi gorelkaning halqali kanalidan uzluksiz ravishda Ar gazi haydaladi (88-rasm, a).
Bu gaz payvandlash jarayonida payvandlash zonani atrofidagi havoni tashqariga haydaydi va metallni biroz sovitib turilishi natijasida qizish zonasi birmuncha qisqaradi, shlakni yo‘qligi, elektrod sarflanmasligi, ayniqsa, o‘zgaruvchan tokda Al va uning qotishmalarini payvandlashda oksid pardalarni parchalanishi va boshqa afzalliklarga ega.
88-rasm. Argon muhitida suyuqlanmaydigan va suyuqlanadigan elektrodlar bilan elektr yoy yordamida payvandlash sxemasi: a – suyuqlanmaydigan elektrod bilan: 1 – payvandlanuvchi metall; 2 – chokbop sim; 3 – volfram elektrod; 4 – mundshtuk; 5 – himoya qobig‘i; 6 – elektr yoy; 7 – suyuqlangan metall; b – suyuqlanuvchi elektrod bilan: 1 – payvandlanuvchi metall; 2 – himoya gazi; 3 – mundshtuk; 4 – elektrod; 5 – himoya qobig‘i.
b) Metall buyumlarni suyuqlanadigan metall elektrod bilan Ar gazi muhitida elektr yoy yordamida payvandlash. Bu usul yuqoridagi usulga o‘xshash bo‘lib, bunda metall elektrod payvandlanuvchi metall tarkibiga yaqin bo‘lib, elektr yoy payvandlanuvchi metall bilan elektrodaro yonib argon gazi muhitida chok bostiriladi (88-rasm, b).