Bu usulda payvandlanuvchi metall buyumlarni 13310-413310-5 Pa li vakuum kameraga kiritib, payvandlash joyiga elektr to‘pi deb ataluvchi qurilmaning volfram o‘ramli spiralli (katod)ga transformatordan 10-35 kVt tok yuboriladi. Bunda katod tezda 2500oС gacha qizib, juda katta tezlikda (4-5 km/s) undan elektronlar ajraladi. Elektronlar elektromagnit linzadan o‘tishida katta konsentratsiyali nurga o‘tadi. Bu nurni payvandlash joyi (anod)ga yo‘naltirilganida bu joy bombardimon qilinib natijada uning kinetik energiyasi issiqlik energiyaga aylanib ko‘p miqdorda issiqlik (5000–6000°C) ajraladi. Bu energiya payvandlash joyini darhol eritadi. Nurni bu joyidan boshqa joyga olinishida bu joy sovib, kristallanib chok hosil bo‘ladi.
89-rasm. Elektron nur bilan payvandlash qurilmasining sxemasi: 1 – katod; 2 – uchlik; 3 – anod; 4 – elektromagnit linza; 5 – zagotovka; 6 – stol; 7 – vakuum kamerasi.
Bu usulda turli qalinlikdagi (0,01–100 mm) gacha.qiyin eriydigan metallar (Mo, W, Ti va boshqalar) va ularning qotishmalari, shuningdek, kimyoviy aktiv metallar (sirkoniy, berelliy, niobiy va boshqalar) va ularning qotishmalari payvandlanadi. Bu usul yuqori unumdorligi va chok sifatini yuqoriligi sababli sanoatning qator sohalariga juda qo‘l keladi.
Dostları ilə paylaş: |