32
6. G‗azal maqtasida ifodalangan fikrga munosabat bildiring. Fasl go‗zalligiga
bag‗ishlangan she‘rning ijtimoiy ruhdagi fikr bilan yakunlanishini qanday
izohlaysiz?
O‗quvchilar yuqoridagi savollarga javob berish uchun yana g‗azal matnini
o‗qib сhiqishlari lozim.
Birinchi savolga o‗quvchilar quyidagi mazmunda javob beradilar:
Fasli navbahor o‗ldi ketibon zimistonlar,
Do‗stlar, g‗animatdur, sayr eting gulistonlar.
Matla‘da ―zimiston‖ so‗zi ―qish‖ faslining fors-tojik tilidagi muqobili bo‗lib,
bu so‗zning birinchi ma‘nosi yaqqol ko‗zga tashlanib turibdi, ya‘ni shoir ―qish
o‗lkamizdan chekinib, bahor fasli keldi, do‗stlar gulistonlarni sayr eting, chunki
ular g‗animat‖ demoqda. Ammo she‘rning maqtasida
Kuymasun bu savdoda ne uchun dimog‗imkim,
Ranj-u g‗ussada dono, kechsa shod nodonlar. (Ne uchun bu g‗ussada
dimog‗im kuymasin, axir donolarning hayoti g‗am-u g‗ussada, nodonlar shod-u
xurram bo‗lsa!) deyilganiga e‘tibor qaratsak, she‘rning matla‘sidanoq bahor fasli
tasviri orqali ijtimoiy mavzu qalamga olinganini ko‗rishimiz mumkin. Ya‘ni,
qorong‗u kunlar ketib, yorug‗ kunlar keldi. Do‗stlar, bu kunlar g‗animat,
gulistonlarni sayr eting, degan ma‘noni ham keltirib chiqarish mumkin.
2-savolga javob:
Subhidam tushib shabnam, bo‗ldi sabzalar xurram,
Gul uza tomib kam-kam, yog‗di abri naysonlar.
Nastaron yuvib yuzni, yosuman tuzib o‗zni,
Nargiz ochibon ko‗zni intizori yoronlar.
Tongda shabnam tushib, o‗t-o‗lanlar sevindi, gul uza kam-kam bahor buluti
yog‗di. Har ikkala baytda ham bahorda kuzatiladigan go‗zalliklar eks etgan.
33
Nastarin, yosuman, nargiz gullarining ochilishi, tongda shabnam yushishi
tasvirlanmoqda. Yoxud boshqa bir savolga javob topishga harakat qilib ko‗ramiz:
―Bulbul o‗qug‗och yig‗lab subhidam xazon faslin, G‗uncha qon yutub, yuz chok
etti gul giribonlar‖ misralarini sharhlang. Bu go‗zal satrlarga qaysi tabiiy jarayon
tasvirlanmoqda? Ushbu baytda husni ta‘lil san‘ati qo‗llangan. Husni ta‘lil (arabcha
– chiroyli dalillash) adabiy asarda tasvirlanayotgan biror hodisaga shoirona biror
sabab ko‗rsatish, she‘rda biror voqeani unga daxli bo‗lmagan boshqa hodisa bilan
izohlashdir. Uning asosida muayyan bir hodisani real – hayotiy mantiq bilan emas,
balki shoirona xayol – badiiy mantiq bilan ―isbotlash‖ yotadi
12
. Shoir baytda
―Bulbul tongda yig‗lab xazon fasli haqida bayon etganda, g‗uncha qon yutib
yoqasini yuz chok etdi, ya‘ni ochildi.
Zokirjon Xolmuhammad o‗g‗li Furqatning ―Surmadin ko‗zlar qaro, qo‗llar
hinodin lolarang‖ misrasi bilan boshlanuvchi g‗azalida quyidagi savol va
topshiriqlar keltirilgan:
1. G‗azal matla‘sini sharhlang. Ayollarning milliy oroyish ashyolariga diqqat
qiling va bugungi kundagi chiroy berish vositalariga taqqoslang. Siz qaysi birini
afzal bilasiz?
2. ―Za‘faroniy ko‗ylak uzra arg‗uvoniy kamzihur, ro‗ymol og‗ushidin
peshonaning ahvoli tang‖ baytidagi tasvirdan kelinchakning qanday kiyinganligini
izohlang.
3. ―Bori nozik panjalar oltun uzukdin zebnok, Qo‗l bilakuzukdin muzayyan,
nuqradin og‗izda chang‖ baytiga suyanib, o‗zbek kelinchagining nafosati
to‗g‗risida fikr yuriting.
4. G‗azaldan olgan tasavvurlaringiz asosida kelinchakni o‗z so‗zlaringiz bilan
tasvirlab bering. G‗azalni yod oling.
12
Safo Matjonov, Sharafjon Sariyev. Adabiyot. – Toshkent. 2001-yil, 73-bet
34
5. ―O‗zbek kelinchagi Furqat tasvirida‖ deb nomlangan quyidagi jadvalning
har bir xonasini g‗azaldagi ularning mazmuniga mos keladigan so‗z va birikmalar
bilan to‗ldiring.
Topshiriqni quyidagicha bajarish mumkin. Bunda sinf o‗quvchilarini uchta
guruhga bo‗lib, har bir guruhdan bir o‗quvchi chiqadi va jadvalni quyidagicha
to‗ldirish mumkin. Jadvalni birinchi bo‗lib to‗ldirgan guruh rag‗batlantiriladi.
Dostları ilə paylaş: