Mahalliy aholining Ahamoniylar bosqinchiligiga qarshi ozodlik uchun kurashi.Axmoniylar podsholaridan Kir 2 mil.avv.545-539 yillarda Sharkiy Eron viloyatlari, Urta osiyoning Xorazm, Baktriya, Sugdiyona, Margiyona va sak kabilalari yashayotgan xsududlarini bosib oladi. Ammo Urta Osiyo xalklari doim erk ozodlik va hurlikni xamma narsadan ustun kuyganlar. Mil.avv. 530 yilda massagetlar matnkasi Tumarisning Kir ustidan kozongan galabasi bunga misol bula oladi. Axamoniylar shoxi Kir 2ning tanadan judo etilgan boshini odamlar koni bilan tuldirilgan kopga solib, Tumaris "Odam koniga tuymading, mana endi tuyguncha ich", deb aytgan. Mil.avv.522 yilda podsholik taxtini egallagan Doro 1ga karshi Margiyonada Frada boshchiligida xalk kuzgoloni kutarildi. U bostirildi, 55 ming margiyonaliklar qatl etildi. Axmoniylar xukmronligiga karshi karatilgan Shirokning jasorati xam ma’lumdir. Markaziy Osiyo xududining axamoniylar asoratidan batamom ozod bulishi bu ulkaning makedoniyalik Iskandar Zulkarnayn tomonidan egallanishi bilan boglikdir.
Chig’atoy ulusining tashkil topishi va uning boshqaruv tartibi. Chingizxon o’z hukmronligining so’ngi davrlariga kelib, 1224 yilda o’z qo’l ostiga kiritgan barcha hududlarni avlodlari o’rtasida taqsim qiladi. Chunonchi, Irtish daryosi sohillaridan g’arbga tomon to «mo’g’ullar otining tuyog’i etgan joygacha» bo’lgan erlar, Sirdaryoning quyi oqimi va Xorazmning shimoliy - g’arbiy qismlari to’ng’ich o’g’li Jo’jiga, Sharqiy Turkiston, Ettisuv va Movarounnahr erlari Chingizning ikkinchi o’g’li Chig’atoyga berildi. Shunday qilib, Chingizxon avlodlari o’rtasidagi merosiy bo’linish natijasida Movarounnahr, Sharqiy Turkiston va Ettisuv o’lkalari Chig’atoy va uning vorislariga o’tib, u Chig’atoy ulusi nomi bilan atala boshladi.
Buxoro amirligi va Xiva xonligining Rossiya vasallariga aylantirilishi.Chor Rossiyaning Buxoro amirligi yurishi 1868 yil 1 maydan Samarkanddan boshlanadi. Asosiy jang Chuponatada bulib utadi. Jangda amir kushinlari yengiladi. Asosiy jang Zilabulogda bulib utadi. Buxoroni ximoya kilishda Jurabek va Bobobek kabi vatanparvarlar kaxramonlik kursatadi. Buxoroning bosib olinishi xakida professor Farxod Kosimovning bir kancha ilmiy makolalarini ukiganmiz. 1868 yil 23 iyunda Kaufman bilan Buxoro amiri Muzaffar Sulx imzolaydi. Unga kura chegara Zarafshon daryosining yukori okimidan Kattakurgon shaxridan utadi. Amir 500 ming oltin pul tulaydi, rus savdogarlari Buxoroda erkin savdo kilishga Karvonsaroy va dukonlar ochish xukukini oladi. Xiva xonligi xam 1873 yil Gandimuyon shartnomasiga kura Rossiyaning, vassaliga aylanadi. Unga kura Xiva xonligi 2 million 200 ming oltin mikdorida tovon tulash majburiyatini oldi. Xiva xonligining Amudaryoning ung kirgok xududlarida Turkiston general gubernatorligiga buysunuvchi Amudaryo bulimi tuzildi. Xullas Buxoro amirligi va Xiva xonligi chor Rossiyasining vassaliga aylantirildi