Mezolit (o’rta tosh) davri


O'zbekistonda Prezidentlik lavozimining ta"sis etilishi



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə102/173
tarix10.12.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#139072
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   173
Mezolit (o’rta tosh) davri

O'zbekistonda Prezidentlik lavozimining ta"sis etilishi. (I.A. Karimovning «O'zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida» kitobi asosida) 1990 yil 24 martda ХЦ chakirik UzSSR Oliy Sovetining 1 sessiyasi buldi. Unda Uzbekiston Respublikasi tarixida birinchi marta Prezidentlik lavozimi ta'sis etish tugrisida karor kabul kilindi. Uzbekistonda prezident lavoziminnng ta'xeie etilishi respublikaning siesiy va iktisodiy mustakilligi uchun kurash borasida kuyimlgan dadil kadamlardan dastlabkisi edi. Sessiya yakdillik bilan I.A.Karimovni UzSSRnmg Prezidenti etib say lash tugrisida karor kabul kildi.Ana shu sessiyada Karimov nutk suzlab, Uzbekistonning siyosiy mustakilligini mustaxkamlash va yanadla takomillashtirish, respublika iktisodiy mustakilligi, uzini-uzi idora kilishga va uzini-uzi pul bilan ta'minlashga utishni uzimning asosiy vazifam deb bilachan, deb da'kidiadi. Xali SSSSR va Markaziy xokimiyat mavjud bulgan bir sharoitda Uzbekisonning uz Porezidentini saylash katta vokea, mamlakatimiz mustakilligiga erishish vari tashlangan yana bir muxim dadil kadam buldi.


51315786.

1. O'zbekiston tarixining liar tomonlama yetuk, milliy istiqlol g'oyasi bilan qurollangan insonlarni tarbiyalashdagi ahamiyati. И..А.Каримов тарих сохасида мехнат килаетган олим, мутахассисларга мурожаат килиб шундай деган эдилар: «Сизлар, миллатимизнинг хакконий тарихини яратиб беринг, токи у халкимизга маънавий куч-кудрат бахш этсин, гурурини уйготсин. Биз юртимизни янги боскичга, янги юксак маррага олиб чикмокчи эканмиз, бунда бизга еруг гоякерак. Бу гоянинг замирида халкимизнинг узлигини англаши етади. Хакконий тарихни билмасдан туриб эса узликни англаш мумкин эмас». Мазкур вазифани амалга ошириш учун Фанлар Академиясига карашли Тарих, Шаркшунослик, Археология институтлари, шу сохага тааллукли булган илмий муассасалар тзркибини, иш фаолиятини узгартиришни талаб килмокда. Максад шуки, фанда бизнинг тарихий томирларимизни аниклайдиган, миллий гуруримизни юксалтирадиган янги йуналишлар пайдо булиши керак. Давлатимиз, Миллатимизнинг хакконий илмий тарихини яратиш кенг жамоатчилигимиз учун гоят мухим ва долзарб масалага айланиши лозим



2.Buxoro amirligida madaniy hayot. Ashtarxoniylar hukmronligi davridan boshlab ijtimoiy-madaniy hayot rivojining qudratli to’sig’iga aylangan diniy mutaassiblik mang’itlar hukmronligi davrida yanada kuchaydi. Bu omil, birinchi navbatda, aniq tabiiy fanlarning rivojlanishiga imkon bermadi. Chunki, diniy mutaassiblik namoyondalari bu fanlar sohasida amalga oshirilishi mumkin bo’lgan har qanday kashfiyotni Xudoning irodasiga shak keltirish deb hisoblardilar. Shuning uchun ham uch o’zbek xonligida, jumladan Buxoro amirligida aniq tabiiy fanlar rivojlanmadi. Shu tufayli, bu davrda asosiy asarlar tarix, adabiyot, san’at va me’morchilik sohasida yaratilganligi bejiz emas edi. Buxoroning XIX asr birinchi yarmida ijod etgan tarixchi olimi Muhammad Yaqub ibn Diniyolbiy Buxoriy (1771-1831) edi. U “Gulshan ul-mulk” (Podsholar gulshani) degan asar yozib qoldirgan. Bu asar ikki qismdan iborat bo’lib, birinchi qismi Buxoroning qadimgi tarixi, uning hukmdorlari shajarasi bayoniga bag’ishlangan. Asarning ikkinchi qismida esa Markaziy Osiyoning XVIII va XIX asr boshlaridagi tarixi bayon etilgan. Bu davr adabiyotida o’z davrining mashhur shoir va yozuvchilari ijod qilganlar. Ulardan biri o’ziga xos iste’dod egasi Muhammadniyoz Nishotiy edi (XVIII asrda yashab ijod etgan). U o’rtacha, vaqti kelganda esa kambag’allik va sargardonlikda yashagan.Shoir 175131578-yilda o’zining ajoyib “Hush-u Dil” dostonini yaratgan. Yirik olim, faylasuf, shoir Ahmad Donish (1827-1897) 20 yil mobaynida Buxoro saroy kutubxonasida xattot va rassom bo’lib ishlagan. U astronomiya, tibbiyot, rizolat, me’morchilik va musiqadan tashqari xattotlikni, rassomlik hamda rang berish san’atini ham o’rgangan edi. Ahmad Donish ko’chirgan, bezagan yoki rasm ishlagan qo’lyozmalar ichida “Shohi darvesh”, “Ajoyib attabaqot” va boshqa asarlar buning dalilidir.

3. Podsho Rossiyasi tomonidan Toshkentning bosib olinishi, o‟lkada mustamlakachilik boshqaruvining shakllana boshlashi (1865-yil, general Chernyayev, Mulla Alimqul- “Turkiston viloyatini boshqarish haqidagi Muvaqqat Nizom”). 1864-yil 1-oktabrda general Chernyayev tayyorgarlik ko`rmay Toshkentni bosib olmoqchi bo`ldi. Biroq shaharni birdaniga bosib olishning uddasidan chiqa olmadi va bu podsho armiyasi askarlariga qimmatgatushdi. 1865-yil boshida Sirdaryo va Yangi Qo`qon chiziqlari orasida Turkiston viloyati tuzildi, Chernyayev uning harbiy gubernatori etib tayinlandi. Turkiston viloyati tasarrufida butun bir viloyat bo`lib, uning zaxiralaridan istilochilik maqsadlarida foydalanishi mumkin edi. Podsho Rossiyasi mustamlaka bosqinchiligining birinchi bosqichi shu bilan yakunlandi.Mustamlaka bosqinchiligining ikkinchi bosqichida Rossiya imperiyasi rejasining bosh maqsadi Toshkentni zabt etish edi. 1865-yil aprel oyi oxirida podsho qo`shinlari Toshkent yaqinida jamlandi. Qo`shinning asosiy zarba kuchini 12 ta to`pdan iborat artilleriya tashkil etardi. Shaharga hujum qilishda shu artilleriya hal qiluvchi rol o`ynashi darkor edi. Podsho qo`shinlarining dastlabki qismlari Toshkentdan 25 km masofada, Chirchiq daryosining chap sohilida joylashgan Niyozbek qal'asi yonida paydo bo`ldi. Qal'a himoyachilariga taslim bo`lishni taklif qilgan MLChernyayev rad javobini oldi. 29-aprelda jang boshlanib, ikki kun davom etdi. Podsho qo`shinlari harbiy qurollar borasida katta ustunlikka ega bo`lib, bir necha soat tinmay to`pdan o`qqa tutib, qal'a devorini teshdilar. Shu teshik orqali askarlar qal'aga kirib olishdi. Toshkent darvozasi deb ataladigan Niyozbek qo`rg`oni shu tariqa bosib olindi. Shundan so`ng general Chernyayev Toshkentga suv borishini to`xtatish, ya'ni aholini ichimlik suvisiz qoldirish uchun Chirchiq daryosi ustidagi to`g`onni buzishni buyurdi.1865-yil 8-mayda u qo`shinini Toshkent ustiga jo`natdi. Biroq podsho qo`shinlari ro`parasida kutilmaganda Olimqulxon boshchiligida Qo`qon qo`shinlari paydo bo`ldi. Shiddatli jang boshlanib, u Qo`qon qo`shinining chekinishi bilan yakunlandi. Shu jangda Olimqulxon yarador bo`ldi va vafot etdi. Buxoro qo`shini Qo`qon qo`shiniga ko`mak uchun keldi, biroq yordam kechikkan edi. 14-iyun kuni Chernyayev Kamolon va Qo`qon darvozalar qarshisiga to`plarni joylashtirib, so`nggi tayyorgarlikni ko`rib bo`lgandi. Podsho qo`shinlari shahar ustiga shiddat bilan o`q yog`dirdi. Kamolon darvozasi yaqinidagi devor vayron qilindi, podsho qo`shini askarlari o`sha joydan shaharga yorib kirishdi, lekin ularni toshkentlik sarbozlarning o`qi to`xtatdi. Hujum to`xtatildi. Go`yo shaharning barcha aholisi jonajon shahrini himoyalash uchun oyoqqa qalqqanday edi. Ko`chalarda kesilgan daraxtlar va aravalardan barrikadalar qilindi (band solindi). Bunday barrikadalar barcha ko`chalarda hamda chorrahalarda qurildi. Shaharda ko`cha janglari boshlanib ketdi, podsho qo`shinlari o`rtasidagi aloqa uzildi, natijada ularning har biri o`zicha jang olib bordi.1865-yil 17-iyun kuni tongda Chernyayev to`rttala daha — Beshyog`och, Ko`kcha, Sebzor va Shayxontohur dahalari oqsoqollarini o`z huzuriga chaqirib kelishlarini buyurdi. Oqsoqollar general qarorgohiga kelib, muzokaralar olib borishdi va shaharni podsho armiyasiga ixtiyoriy topshirish to`g`risida awaldan tayyorlab qo`yilgan petitsiyani imzolashga majbur bo`lishdi. Shu vaqtdan boshlab, Toshkent Rossiya imperiyasining o`rta Osiyodagi harbiy-siyosiy markaziga aylandi


Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin