Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


-bob. Duo qilishning sababi



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə209/443
tarix12.03.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#114822
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   443
Buxpriy

279-bob. Duo qilishning sababi 
 
643. Ibn Umar (r.a.) dedilar: "Men har ishimda, har narsada duo qilaman, hattoki 
minadigan jonivorimning qadamini tezlatishni ham Allohdan so'raymanki, bu bilan men 
o'zimga sirli bo'lgan narsalarni ko'raman. 
 
644. Amr ibn Maymun Avdiy (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Hz. Umar (r.a.): "Ey, Allohim, 
mening ruhimni xushaxloq, xudojuy insonlar bilan birga olgin, yomon-lik, buzuqlikka 
tashlab qo'ymagin va yaxshi, ezgu amallarni ado etgan odamlar bilan birga qilgin", deya 
duo qilardilar". 
 
645. Shaqiq Balxiy (r.al.) aytdilar: Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.) ushbu duoni ko'p 
takrorlardilar: "Parvardigoro, oralarimizni isloh qilgin, bizlarni islom yo'liga yo'llagin, 
bizlarni (zalolatning) zulmatidan (hidoyatning) oydinligiga yetaklagin, oshkora va maxfiy 
fahsh-buzukliklardan bizni nari qilgin, quloqlarimizni, ko'zlarimizni, qalblarimizni, axliayol 
va avlodu zurriyodlarimizyi barokotli qilgin. Parvardigoro, bizlarni bergan ne'matlaringga 
shukr qiluvchi, uni e'tirof etuvchi va bu ne'matlar barobarida o'zingga hamdu sano 
aytuvchi qilgin hamda bizlarga beradigan ne'matlaringni mukammal qilib bergin". 
 
646. Sobitdan rivoyat qilindi: "Anas ibn Molik qaysi birodarlarini duo qilsalar: "Alloh taolo 
kechalari qoim, kunduzdari soim bo'ladigan, fisqu fujur va gumrohlik qilmaydigan yaxshi 
xudojuy qavmning ibodatini bersin", der edilar".Bu hadis turkcha nashrda Sulaymon ibn 
Mug'iradan rivoyat qshshngan. Hadis Rasululloh (s.a.v.)dan ham rivoyat tsilinganligshi 
roviylar xabar qiladilar. 
 


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
 
 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   443




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin