Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə210/443
tarix12.03.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#114822
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   443
Buxpriy

www.ziyouz.com kutubxonasi 
103
647. Amr ibn Horis aytdilar: "Onam meni Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga olib bordilar. Ul 
zot boshimni silagan holda rizq-ro'z tilab duo qildilar". 
 
648. Anas ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilindi: U kishiga "Basradan duoingizni olgani 
bir.qancha birodarlaringiz kelishibdi", deyishdi. Anas ibn Molik o'sha kunlarda Zoviyada 
edilar. "Allohim, bizlarni mag'firat et va bizga rahm qil, bizga bu dunyoda ham bir 
yaxshilik, oxiratda ham bir yaxshilik ato et hamda bizlarni do'zax azobqdan saqlagin", 
deb duo qildilar. Kelgan kishilar yana duo so'rashgan edyu u kishi yana xuddi shunday 
duo qilib: "Agar ushbu narsalar sizlarga berilsa, dunyo va oxirat saodati bershggani 
shudir", dedilar. 
 
649. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Payg'ambarimiz (s.a.v.) bir navdani ushlab, silkitib 
qoqdi-lar, dekin navdadan hech narsa tushmadi, yana qoqdilar, yana tushmadi, keyin 
yana qoqdilar, shunda ham Hech narsa tushmagach: "Subhanalloh, valhamdulilloha la 
ilaha illalloh, Allohim xato-yu kamchiliklarimizni daraxt bargini to'kkandek to'ksin", 
dedilar". 
 
650. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.)ning oldilariga ayollardan biri 
kelib, muhtojlikdan yoki ba'zi ehtiyojlari borasida shikoyat qildi. Shunda ul zot: "Men 
sizlarga bundanda yaxshiroq, xayrliroq narsani o'rgataymi? Uyquga ketishdan oldin 33 
marta tahlil, 33 marta tasbih va 34 marta hamd ayting, shunda 100 bo'ladi va bu dunyo 
hamda undagi barcha narsalardan xayrlidir", dedilar". 
 
651. Anas ibn Molik(r.a.)dan rivoyat qilindi: Ra-sululloh (s.a.v.) dedilar: "Bir kishining 
100 marta taxlil, 100 marta tasbih va 100 marta takbir aytishi 10 ta qul ozod qilishdan 
va 10 ta jonliqni qurbonlik qilishdan ko'ra afzalroqdir". 
 
652. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.)ning oldilariga bir kishi kelib: "Ey, 
Allohning Rasuli, duolarning eng afzali qaysi?", deb so'radi. "Al-lohdan dunyo va oxiratda 
ofiyat berishini tilashingdir", deb javob berdilar. Ertasiga u kshpi yana ul zot oldilariga 
kelib: "Ey, Alloxning elchisi, qaysi duo afzal?", deb so'radi. "Allohdan dunyo va oxiratda 
ofiyat berishini so'rashingdir. Agar dunyo va oxiratda senga ofiyat berilsa, shubhasiz, 
najot topasan", dedilar". 
 
Ko'pgina nashrlardagi mavjud duolar takroran tarjima qilinmadi, o'sha nashrlarga 
murojaat qilish mum-kin, masalan, "Duolar qo'rg'oni" ("Meros" nashri, 2003, 1-kitob, 
2005, 2-kitob) kitoblarini tavsiya qilamiz. 
 
653. Abu Zarr G'iforiy (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.) dedilar: "Alloh 
taologa eng yoqimli so'z, bu "Subhanallohi lo sharika lahu, lahul mul-ku va lahul hamdu 
va huva 'ala kulli shay'in qodir va la havla va lo quvvata illa billoh va bihamdihedir. 
 
654. Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Bir kuni Rasululloh (s.a.v.) mening oldimga bir yumush 
bilan keldilar. Men namoz o'qiyottandim, yonlariga bir oz kechikib bordim. Ul zot: "Ey, 
Oyisha, barcha duolaringni mujassamlashtirgan duoni o'qi", dedilar. Men ul zotdan 
uzoqlashib: "Barcha duolarni o'zida mujassam etgan duo qaysi, ey, dllohning Rasuli?" - 
deb so'ra-dim. "Mana bundoq deb duo qilgan: "Allohim, Sendan o'zim bilgan yoki 
bilmagan, shoshilinch (naqts, tezda) yoki keyinroq bo'ladigan barcha yaxshiliklarni 
so'rayman. Ey, Allohim, hozirda yoki keyinroq (yo'li-qishim mumkin bo'lgan) o'zim bil-


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
 
 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   443




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin