Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə132/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
127
— Yo‘q, shuning o‘zi yetarli. — Shunday deb Stekkert Palmerning ro‘parasiga kelib joylashdi. 
Cho‘ntagidan katta, ikki buklangan va kirlangan yon daftarcha va yo‘g‘on, uchi to‘mtoq qalam oldi-da
yozishga chog‘landi. 
Palmer unga qarab qo‘ydi va o‘yladi: nahotki endi hammasi o‘shanday siyqa yo‘l bilan bo‘lsa? Yoki 
u shunchaki qitmirlik qilayaptimi? Tomoshani oxiriga yetkazish uchun Stekkertning hozir shlyapasini 
boshi orqasiga surib qo‘yishigina  qolgandi, xolos. Biroq “Star”da ishlovchi reportyorlarning uyga 
kirayotganida baribir shlyapalarini oladigan odatlari bor ekan. 
— Shunday qilib, nimadan boshlaymiz, mister Palmer? — unga murojaat qildi Stekkert. 
— Endi boshidan boshlasa bo‘laveradi. 
— Juda yaxshi, marhamat. 
— Penemyunde qaerdaligini bilasizmi siz? 
— Germaniyada. Allaqaerda, dengiz bo‘yida. 
— To‘g‘ri. Germaniyaning eng sharqiy qismida. Polsha bilan chegarada. Bu Boltiq dengizidagi orol 
bo‘lib, Pene daryosi o‘zaniga yaqin, u dengizga quyiladigan joyda joylashgan. Undan shimoli-g‘arbda 
Fin qo‘ltig‘i bor, qit’ada esa — Greyfsvald shahri. Janubi-sharq tomonda Shchetsin shahri va 
Svinouyste deb ataladigan polyak shaharchasi joylashgan. Tushunarlimi? 
— Tushunarli. 
Stekkertning yuzidagi so‘nggi shubha ifodalari g‘oyib bo‘layotganini kuzatarkan, Palmer kulib 
yuborishidan o‘zini arang tutib turardi. Reportyorning qalami sariq yon daftarida allaqachon qandaydir 
qaydlar qilardi. Dalillarni qop-qop keltirib qo‘yishi har qanaqangi shubhani bartaraf etishning eng 
yaxshi usuli. Palmer fotograf ham haykaltarosh san’atini suratga olishni bir chetga qo‘yib, diqqat bilan 
quloq solayotganini ko‘rdi. Hatto Virjiniya Kleri va Garri Elder ham unga diqqat bilan quloq solardi. 
Mark Berns deraza oldida  turar va tashqaridagi manzarani tomosha qilardi. Biroq Palmer uning 
ingichka lablarida bilinar-bilinmas tabassum o‘ynatganini payqadi. 
— Bizning TF guruhimiz ikki “jip”dan iborat edi: komandir borayotgan bronevik va piyoda askarlar 
vzvodi o‘tirgan yuk mashinasi, — dedi Palmer. — Yigitlarda pulemyotlar, ko‘zdan yosh oqizuvchi o‘qlar 
bilan o‘qlangan bir nechta miltiq va bazukalar bor edi. Men unda mayor unvonida edim va men bilan 
yana bir leytenent va serjant bor edi. Qolgan unter zobitlar bizning tezkor guruhimizga kirmasdi. 
— Iltimos, aytib bering-chi, tezkor... 
— Ha, ha, — uning gapini bo‘ldi Palmer, — bu uncha katta bo‘lmagan, faqat maxsus vazifalarni 
bajarishga mo‘ljallangan g‘oyatda harakatchan guruh. U dushman qismlari bilan to‘qnashmaslikka 
harakat qiladi, fuqaro mudofaasiga daxl qilmaydi va odatda, josuslik ma’lumotlari to‘plash bilan 
shug‘ullanadi. Bizning guruhimizga kelsak, u o‘zida orqamizdan 12 soat farq bilan kelayotgan asosan 
ko‘psonli qo‘shilmalardan iborat avangardni o‘zida namoyon etardi. Mening komandirim Eddi Xeygen 
edi. General Edvard X.Xeygen: ruslarning katta qo‘shilmasi taxminan Penemyunde yonida turardi
bizdan ko‘ra ancha yaqinroqda edi. Keyin bizdan ilgarilab ketib, u yerga birinchi bo‘lib kirib 
borishlariga ishonardi. Ammo biz agar ular ilgarilab olishga hali jazm etmagan bo‘lishsa, bizning 
bironta tezyurar qo‘shin qismlarimizdan biri ulardan oldinroq yetib borishiga umid qilardik. 
— Xo‘sh, nima bo‘ldi? 
— Unchalik emas, — dedi Palmer, — nemis razvedkachi olimlardan bir qanchalari rus qo‘shinlari 
turgan joyga yo‘l olib bo‘lgandi. Boshqalari Amerika qo‘shinlariga peshvoz chiqqani ketishdi va 
albatta, ularni topib olgunimizcha ko‘p  ham kutishga to‘g‘ri kelmadi. Biz Penemyundega bir kun oldin 
yetib borishimiz ham mumkin edi, biroq yo‘lda bir necha marta otishmalarga uchradik va bizda 
yaralangan asirlar bor edi — leytenant — mening mashinam haydovchisi va uch piyoda askar. Biz 
ularni komandir bronevigida olib borardik, chunki uning ressorlari mustahkam edi-da. Yaradorlarni 
gospitalga yuboraversa bo‘lardi, lekin biz bunday qilolmasdik, chunki Xeygen buyrug‘iga bo‘ysunardik. 
Biz Gamburgdan sharqqa, Rostokka qarab bormoqda edik  va bu taxminan bir yuz yigirma mil 
masofani tashkil etardi. Greyfsvaldgacha oltmish mildan oshiqroq yurishimiz kerak edi. Shunda baribir 
bronevikni qalin daraxtlar orasiga yashirib qoldirishimizga to‘g‘ri keldi: yaradorlar tez yurgandagi 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin