Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə163/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
158
bilmadim, qanday ahvolga tushasiz? 
— Qancha ekan o‘sha pul? 
— Sizning o‘zingizni deb men na pul miqdorini, na me’yor foizini sizga ayta olaman. 
Tushungandirsiz? 
— Ha. Meni o‘zim bilmagan narsa haqida valaqlashda ayblash mumkin emas. 
— Hamma gap shunda. 
— Unda, sizning Garri Elder bilan qilgan suhbatingizdan kelib chiqadigan bo‘lsak, ular bu zayomni 
olishmoqchi emaslar deb o‘ylasam bo‘larkan-da? 
— Siz bunga qanday qaragan bo‘lar edingiz? 
— Menmi... — Juvon sarosimaga tushganday yigitga qaradi. Uning ko‘zlari asta kengaya borib, 
og‘zi yarim ochildi. — Men so‘ragan bo‘lardimki... — Juvon boshini chayqadi: — Yo‘q. 
— Davom eting. 
— Men o‘z-o‘zimdan Jo Lumis haqida so‘ragan bo‘lardim, — dedi nihoyat Virjiniya hayratli ohangda 
baland ovoz bilan. — So‘ragan bo‘lardimki, Lumisning bir vaqtning o‘zida ham Jet-Tex tarafini, ham 
omonat banklarning bo‘limlari haqidagi taklif tarafini olishi nimani anglatadi, deb. 
— Shunda nima deb javob bergan bo‘lardingiz? — so‘radi Palmer. 
— Men... men bilmayman. Haqiqatan ham bilmayman. 
— Men ham. — Hayhotday xonada Palmerning ovozi ma’yus jarangladi. U yo‘talib qo‘ydi. — 
Hozircha bilmayman, — qo‘shimcha qildi u. 
So‘zlar katta xonaning to‘rida bo‘g‘iq aks sado berdi. Uzoq jimlikdan keyin Virjiniya turdi. Uning 
yuzida, go‘yo hech gap aytilmaganday, hech qanaqangi ma’no yo‘q edi. Shunday bo‘lsa-da, Palmer 
bunda qandaydir boshqa narsani, go‘yo hech narsa bo‘lmaganini namoyishkorona tasdiqlovchi 
yasama betaraflikni payqadi. Jarohatga malhamni angladi. U xiyol jilmayib qo‘ydi va bu harakat uning 
lablarini deyarli og‘ritib cho‘zgandek bo‘ldi. 
— Demak, — dedi u, — shunchaki nimadir aytish joiz bo‘lganidan. 
— O’z javoblarim bilan sizga yordam bera olamanmi? — so‘radi juvon. 
— Hozircha yo‘q. Siz, harholda, yordam berib bo‘ldingiz. 
— Men sizga yordam bermoqchiman. 
— Men ham sizdan iltimos qilaman. Xotirjam bo‘ling. 
— Ishonsam bo‘ladimi? 
— Ha, — qat’iy dedi yigit. 
— Unda men mashinkam oldiga qaytay, — dedi juvon. — E, ha... 
— Nimaydi? 
Juvon qo‘lini o‘z ko‘ylagining yoqasiga suqdi. 
— Bu yerda bir nima bor, — dedi u. — Mana. Bu sizniki. — Juvon uning yo‘qolgan to‘g‘nog‘ichini 
oldi va yigitga uzatdi. 
— Eh xudoyim-ey! — U to‘g‘nog‘ichni oldi. — Rahmat. 
Juvon bosh irg‘ab qo‘ydi. 
— Men uni o‘zimda olib qolmoqchi bo‘lgan edim.  
— Lekin u yerda emas. Biron joyingizga sanchilishi mumkin. 
Juvon yana bosh irg‘adi: — Bilaman. — Juvon asta o‘girildi-da, eshik tomon yo‘naldi. — Sanchib 
olish mumkin, shunda to‘g‘riroq bo‘ladi. — U eshikni ochdi-da, chiqib ketdi. 
 
 
O’ttiz ikkinchi bob 
 
Palmerning kotibasi tushga yaqingina oxiri Berkxardtni topishga muvaffaq bo‘ldi. 
— Leyn, — dedi Palmer go‘shakka, — keling, birga nonushta qilaylik. 
— Men shaharning boshqa chekkasidaman, Vudi. 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin