Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə216/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
211
Palmer boshini ko‘tarib qaradi va Edis kichkina sharob stakanini maydalangan muz ustiga 
qo‘yayotganini ko‘rdi. Hozir u drambun yoki benediktin quyadi-da, sovutib ichadi. 
— Menga ham tayyorlab ber, — iltimos qildi u. 
— Hozir. 
— Gaplaringga qaraganda, — davom etdi u, — bugun zerikarli bo‘ldimi? 
— Zerikarlimi? Bilmadim. Balki bunga xonamiz sababchidir? 
Palmer bosh chayqadi. 
— O’zlari aybdor. Hammasidan oldin men. Sen Jeyn bilan eridan boshqa hech kimni tanimas eding. 
Men esa bilardim. Tushlik ko‘ngildagidek o‘tdi. Berkxardt ish yuzasidan gaplashib olaylik deb meni 
deraza yoniga chorlagandan keyin sovuqchilik boshlandi.  
— Nimani muhokama qildinglar o‘zi? — so‘radi u muz ustiga yana bitta stakan qo‘yaturib. — Ish 
yuzasidan suhbatdan ko‘ra falsafiy bahsga o‘xshab tuyuldi. 
— Menimcha, — dedi Palmer stakanlar qanday to‘ldirilayotganini kuzatar ekan, — ayni shu narsa 
bu qari kalxatga yoqmadi. Falsafiy bahslarga uning toqati yo‘q. 
— Chamamda u seni qoloq odam deb hisoblasa kerak. 
— U meni zamon bilan birga yurolmaysan, deb ayblaydi. 
Bir muddat jim qolishdi. Ularning uyidan ancha uzoqlikdagi cherkov qo‘ng‘irog‘i o‘n ikki marta bong 
urdi. 
— Haliyam sovumadimi? — so‘radi Palmer. 
Edis bosh chayqadi. 
— Men biladigan bankirlar ichida, — dedi u, — faqat seni qoloqlikda ayblab bo‘lmaydi. Qachondan 
beri zamondan orqada qolib ketding? 
— O, bu juda murakkab, chalkash masala, chamasi, buning javobi, mening taxminimcha, ellik 
yillardan keyin aniqlansa kerak. Bundan tashqari, bu muammo batamom akademik tadqiqotlar 
doirasida qoladi, chunki e’tirozlarimga mutlaqo e’tibor berishmayapti. 
— Shamol tegirmoni bilan jang qilishyaptimi? 
U bar oldidagi baland o‘rindiqqa o‘tirdi. 
— Bu borada kim bilan gaplashgan bo‘lsam, hammasi sen nohaqsan deyishmoqda. — U muz 
solingan idishga ko‘z tashladi. Qirov bosgan stakanchalar ham unga qarab turishgandek tuyular edi. 
— O’zing ham ishonmaysan-ku. 
— Haqligimga to‘la ishonaman. — U istehzo bilan jilmaydi. — Balki amaliy jihatdan nohaq bo‘lishim 
mumkin. Nari borganda, men bu yil yoki keyingi yil hisobiga adashayotgandirman. 
— Bemalol gaplashib olishni xohlaysanmi? Yoki hammasi tugagandan keyin nima gap bo‘lganini 
aytib berasanmi? 
— Qari Berkxardtdan eshitgansan deb o‘ylagandim? 
Uning ovozi xonaning barcha burchaklariga tarqalib ketgandek tuyuldi. 
— Men boshqalar bilan halol gaplashganman. 
— Mayli. Gap cheklanmagan iste’mol qarzlari ustida ketmoqda. — U xo‘rsindi. — Sovib bo‘ldimikin? 
Edis bir stakanni olib, Palmerga uzatdi: 
— Iliq drambun ichishni xohlasang... 
Palmer ozgina ichib, liker sovib bo‘lgan deb hisobladi. 
— Ko‘ryapsanmi? — deb gap boshladi u, — vaqti kelib, hamma qarzdorlar qarzini to‘lab bitiradi — 
bu amalga oshmaydigan narsa; yoki iqtisod shishirilgan shardek yorilib ketadi. Qarz to‘lash muddatlari 
qattiq siqib qo‘yilgan, berilgan qarzlar naqd pul bilan qoplanmagan, vaqti kelib fabrikachilar ko‘tara 
savdo firmalaridan haq talab qilishga majbur bo‘ladi, ular esa mayda savdogarlardan talab qiladi, 
bunisi ichte’molchilarni qisadi. 
— Nahotki iste’molchilar to‘lashga qodir bo‘lmasa? 
— Ular qarz muddati uzaytirilgan fabrikachilarga qarashli korxonalarda xizmat qiladilar, sog‘lom aql 
egasi bunday sharoitda zarur mollarni ishlab chiqarishga qodir emas. Ular ishlab chiqarishni 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin