Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə234/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
229
ovoz kelgan tomonga yurdi va yo‘lakdan o‘tib, dastasiga o‘ymakori naqsh solingan ikki tavaqali 
yong‘oq yog‘ochdan qilingan ulkan eshik oldida to‘xtadi. Qo‘ng‘iroq tugmachasini bosib, u eshikni qiya 
ochdi va sariq ko‘zga duch keldi. Xona to‘ridagilar hamon kulishda davom etishardi. 
— Vudi! — Berns eshikni lang ochib yubordi va uning har ikkala ko‘ziga shirakayf yuzi namoyon 
bo‘ldi. — Chiroqqinam, kech qolding-ku. 
— Haydovchim qaerda kutib tura oladi? 
— Pastda, tanobiyda, — javob berdi Berns, qo‘li bilan ko‘rsatib. — O’ngga qarab, birinchi zinapoya. 
— Keyinroq ko‘rishamiz, mister Palmer, — dedi Jimmi. 
— Kira qol, Vudi, qo‘zichog‘im. — Berns Palmerni xonaga boshlab kirdi va eshikni yopdi. Kulgi 
uzildi. 
Palmer xona ichiga ko‘z yugurtirdi. Xonaning deyarli butunlay uzunasi bo‘ylab stol turardi. Oq 
dasturxonda ovqat sarqitlari. Stol tevaragida kechki kiyimdagi bir guruh kishilar o‘tirardi. 
Berns Palmerni stol atrofidan yetaklab olib o‘tarkan, elliktacha mehmon bilan bittama-bitta 
tanishtirib chiqdi. Ular yana aylanishni boshlagan joyga kelib turib qolishdi. Palmer birontasining ham 
ismini eslab qololmadi. Ular odatdagiday, uchdan bir qism irland, uchdan bir qism italyan, uchdan bir 
qism yahudiy edilar. U Berns bilan yonma-yon o‘tirganida ovqat sarqitlarini yig‘ishtirib olgani 
ofitsiantlar kelishdi. Ikki ofitsiant ko‘chma barni g‘ildiratgancha likyorlar, brendilar, viskilar va qahvalar 
ulashdi. 
Ikkita qirollik qahvasidan, — buyurtma berdi Berns. 
Palmer ofitsiantlardan birining ikkita idishga yarimlatib qahva quyganini, uning sherigi esa ularning 
har ikkoviga ham brendi bilan limmo-lim qilib to‘lg‘azganini, so‘ng ularni o‘zi va Berns oldiga 
qo‘yishganini kuzatib turardi. 
— Menga kerak emas, — dedi Palmer bosiq ovozda. Stol tevaragida suhbat qayta jonlangandi. — 
Ozgina muzli viski kifoya. 
Stolning narigi tomon o‘rtasida semiz yuz egalaridan biri o‘rnidan turdi-da, qoshiqcha bilan 
stakanni asta urib qo‘ydi. 
— Jentlmenlar, — dedi u, — bizning kichikkina ziyofat ishtirokchilarimiz nomidan sizlar hozirgina 
tanishganimiz mister Palmerga xush kelibsiz demoqchiman. Uning ziyofatimizda ishtirok 
etolmaganidan juda afsusdamiz, ammo ayb Buffalodan kech uchib kelgan samolyotda. Men taomilga 
rioya qilishingizni iltimos qilaman, shuning uchun ortiqcha takalluflarsiz unga so‘z berishimga izn 
bergaysiz. Vuds Palmer, “Yunayted bank end trast kompani”. 
U to o‘rnidan turib, ta’zim qilib, jilmayishga harakat qilar ekan, uni jiddiy chapaklar bilan olqishlab 
turishdi. Avvaliga notanish odamlarga qarab jilmayish oson bo‘lmadi, biroq sal o‘tmay u bunga 
ko‘nikib ketdi. 
— Jentlmenlar, — dedi u, — darhaqiqat, mana shunday ajoyib ziyofatni boy berganimdan nechog‘li 
afsusda ekanimni aytsam, zarracha yolg‘on gapirmagan bo‘lar edim. Bunday deyotganimning sababi 
shundaki, bu vaqtni sizlar bilan yaqindan tanishishga sarflaganimda nur ustiga nur bo‘lar edi, albatta, 
samolyotlardagi ziyofatlardan ko‘ra bunday ziyofatlarni afzal ko‘rayotganidan shunday deyapti deb 
o‘ylamasliklaringizni so‘rardim. 
U kulib bo‘lishlarini kutib turdi-da, so‘ng Berns bir necha kun oldin unga so‘zlab bergan bir uzun 
qiziq hazil voqeani hikoya qila ketdi. Garchi o‘zi buni hech qanday kulgili deb o‘ylamasa-da, 
Buffalodagi hamsuhbatlari kulaverib ichaklari uzilayozgan edi. 
— Bilasizlar, — davom etdi u, — biz bankirlarda hojatxona qog‘ozi haqidagi bir latifa bor. Agar biz 
birdaniga uning navini jamoat hojatxonalari naviga almashtirgingiz kelib qolsa, biz buning uchun 
Olbanidanmi... yo Vashingtondanmi olishimiz kerak bo‘ladi. Banklarni boshqarish ana shunaqa 
markazlashtirib tashlangan. 
Palmer o‘z tinglovchilariga tinchlanib olish va o‘tirib reklamalarni ko‘rishga tomoshabinlarni majbur 
qilganlaridek xushchaqchaqlik haqini to‘latib qo‘yish uchun imkoniyat berdi. 
— Jentlmenlar, ish pulga kelib taqalganda, juda ehtiyot bo‘lib harakat qilishga odam o‘rganib 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin