www.ziyouz.com kutubxonasi
234
— qo‘shib qo‘ydi u suhbatga xotima yasab.
— Ko‘rishguncha. — Palmer go‘shakni ildi va Berkxardtga aftini qiyshaytirib qo‘ydi.
Xafaqon bir tarzda Berkxardt asta o‘rnidan turdi. Uning harakatlari qandaydir sustlashganday edi.
Har doim yerga ursa osmonga sapchiydigan odam o‘z yoshiga muvofiq holda birdaniga quvvatidan
ayrilgandi. To‘g‘ri, bu ko‘p haftadan beri to‘planib qolgan zo‘riqishlar natijasimi yoki “Byulleten”dagi
maqoladan bevosita paydo bo‘lgan hayajonmi, buni Palmer ayta olmasdi.
— Kelasi haftada bank qo‘mitasi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yilishini xabar qilganida men
Olbaniga otlanmoqchiman, — dedi Palmer va bu bilan keksa miqqiyni xotirjam qilaman deb o‘yladi. —
Avval Utikda bo‘laman, keyin Rochesterda, Olbaniga esa ehtimol payshanbada qaytarman .
Berkxardt bosh irg‘adi: — Ulardan sira ortda qolishni istamasdim, — dedi u past ovozda, go‘yo
birov eshitib qolishidan qo‘rqqanday. — Bultur ishlarim besh bo‘lgandi. Ko‘p kuchimni olgandi-yu zoe
ketmagandi. Bu yil esa... — U eshikka tomon burildi, so‘ngra yana Palmerga o‘girildi va uning ko‘ziga
tikildi. — Shuning uchun ham bu yil seni olgandim, o‘g‘lim. — Buni u yana Berkxardtga aylanib,
keskin ohangda aytdi. — Bunga panja orasidan qarab bo‘lmaydi. Agar men chol o‘tgan yili ularni
to‘xtatib qololgan ekanman, sen bu haromilarning jonini sug‘urib olishingni kutsam bo‘ladi, bordi-yu,
sen bunday qilmasang, do‘stim, YuBTK bilan xayr-ma’zurni nasiya qilaversang bo‘ladi. — Berkxardt
asta ko‘tarildi, Palmer ham, lekin u oralaridagi farqni boss ko‘rib qo‘yishi uchun oyoqlari qanchalik
baquvvat ekanini namoyish qilgancha ataylab azod o‘rnidan turdi.
Berkxardtning istehzoli jilmayishi ko‘ngildagidek chiqmadi.
— Qayoqqa lozim bo‘lsa, o‘sha yoqqa burilaver, o‘g‘lim. — U yelkalarini rostladi, eshikni ochdi va
chiqib ketdi.
Palmer eshik oldida uzoq turib qoldi, cholning sharti ketib, parti qolganini qo‘shib hisoblaganda,
bular bari Berkxardtning uyini emasmikan — shuni bilolmay boshi qotdi. Birozdan so‘ng u
Berkxardtning qo‘lidan hamma narsa keladi degan xulosa yasadi.
Stoliga qaytib kelib u ichki telefondan Virjiniyaga qo‘ng‘iroq qildi.
— Reklama bo‘limi. Miss Kleri o‘sha yerdami?
— Bir daqiqa, marhamat, mister Palmer, — javob berdi qiz, qo‘shni stolda o‘tirgan Virjiniya eshitsin
deya ataylab yigitning ismiga urg‘u berib.
— Xo‘sh, mister Palmer. — Virjiniya telefon oldiga keldi.
— Bir daqiqadan keyin oldimga kiring.
Juvon uning kabinetiga kirib kelganida Palmer uning egnidagi ko‘ylak yangi ekanini, nima
bo‘lganida ham avval uni ko‘rmaganini payqadi. Palmer qo‘li bilan eshikni yoping ishorasini qildi va
juvon burilganida yumshoq ko‘ylagi ostidan siynalari qanday do‘mpayib ko‘rinishini kuzatdi.
— ...Agar bugun bo‘sh bo‘lganingizda, hammasini ko‘rsatgan bo‘lardingiz.
— Qaerda?
— Bilmadim. Men Bernsga soat sakkizda qo‘ng‘iroq qilishim kerak. U men bilan bir-ikki daqiqaga
ko‘rishmoqchi edi.
— O’zining uyidami?
— Ha. Afsuski, u Olbaniga soat to‘qqizda ketayapti.
— Bu dahshat, — dedi juvon.
Chiqib ketar ekan, juvon eshikni avaylabgina yopdi. Yigit aylanma o‘rindig‘ida ohista burildi va
yopiq eshikdan ko‘zini oldi.
Oqshom haqida o‘ylar ekan, u allaqachon o‘zini Bernsning kvartirasida Virjiniya bilan ko‘rib turardi.
Manzara qism-qism bo‘lib, kimsasiz eshikda yomon o‘rnatilgan filmday uning ko‘z o‘ngida lip-lip qilar
edi. U ko‘zlarini qisib, g‘iltakni almashtirishga harakat qildi. Agar tong bunday manzarani taqdim etsa,
sermahsul tinch kundan umid qilmasa ham bo‘ladi.
Oxiri uyga kech qaytishi haqida Edis uchun biron sabab o‘ylay boshlagandagina xotiralariga chek
qo‘yishning uddasidan chiqa oldi.