Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə254/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
249
xotin Palmer bilan salomlashishdi. Go‘yo buyruq berilgandek, yetti kishidan iborat jaz musiqachilari 
sho‘x kuy boshlab yubordilar. 
Guruhdan yoqimtoy yuzli erkak ajralib chiqdi. Palmer u bilan Olbanida atigi bir marta uchrashgan 
bo‘lsa ham u haqda anchagina gaplar eshitgandi. Shtat gubernatorining yordamchisi bo‘lgan bu 
odamning tipratikan shaklida oldirilgan siyrak sochlari tepasidagi xaddan tashqari toza va yaltiroq 
tepakali aniq ko‘rinib turardi. Asli kasbi muhandis bo‘lgani uchun siyosatga kelguncha u bir necha yil 
mahalliy kollejda o‘qituvchilik qilgandi. Hozir ham unda professorlik nutqi bor, deb o‘yladi Palmer. 
Gubernator yordamchisining ko‘zlari Berkxardtnikiga o‘xshagan moviy edi. Ko‘zlari tepasidagi 
ko‘ndalang chiziqli peshonasi, Palmerning xayolida, quvnoq surbetlik belgisi bo‘lib tuyuldi. 
— Vuds, — dedi u bir maromdagi vazmin ovoz bilan, — kelganingiz juda ham yaxshi bo‘ldi. 
— Gubernator, bu — mening rafiqam Edis. 
— Juda ham xursandman, Palmer xonim. Sizga rafiqam Say-meni  tanishtirishga ruxsat eting. 
Azizim, “Yunayted benk”dan er-xotin Palmerlar. Kichkinagina ayolning yuzlarida go‘yo qizini 
turmushga uzatayotgan onanikidek sarosimali tabassum paydo bo‘ldi. 
— Salom, Adler xonim, — dedi Edis. — Siz uchun, albatta, bu katta voqea. Qanchadan-qancha 
tashvish. 
Adler xonim nozik yelkalarini qisdi — mehmonning gapida qandaydir ma’noda ochiqdan-ochiq 
kamsitish ohangi bor edi. — Mening turmushga chiqaradigan qizim ko‘p emas, axir, — dedi u va 
yonida turgan qiz tomon o‘girildi. — Mana kelin. Mim, janob Palmer va Palmer xonim bilan tanish. 
Mana bu — qizim Miranda, bunisi esa-kuyov. 
Kelinning ko‘rinishidan nikoh yoshiga yetgan deb bo‘lmasdi. Palmer unga qarab jilmaydi va bunga 
javoban kelin bo‘lmishning g‘alati, horg‘in kulimsiraganini ko‘rdi. U Adlerni qulidan epchillik bilan tutib, 
mehmonlarni bu guruhdan nari olib ketdi. 
— Qariganda ko‘rgan farzandim, — dedi u past ovozda. 
— Nechta farzandingiz bor? — so‘radi Palmer. 
Ular bar tomon yo‘naldilar. 
— Ikkita o‘g‘lim, ularning ham ikkitadan o‘g‘illari bor. Mim hali kollejda o‘qiydi. U akalaridan ancha 
kichik.  
— Demak, Miranda Pirosperoning qizi. Siz, esa sehrgar ekansiz-da? 
Bu luqmani yutib yuborayotgandek, Adlerning og‘zi biroz qiyshaydi. 
— Keksa sehrgar sizga shampan vinosini taklif qiladi, — dedi u bufetchiga im qoqib. 
— Mening qizim o‘n bir yoshda, — ikkita stakanni olayotgan Palmer gapini davom ettirdi. — 
O’g‘illarimning biri katta, ikkinchisi kichkina. 
— Qizingizning to‘yi kuni, mening do‘stim, — Adler unga muloyim boqdi. — Bankir bo‘lgan 
kuningizga mingdan-ming rahmat aytasiz. — U xonaga ko‘z yugurtirdi. Edis yonida endigina kelgan 
mehmonlar turardi. — Tushunmadim, mening jamg‘arma bankida bir necha dollar pulim qolishi uchun 
nega u sevgani bilan qochib keta qolmadi ekan? 
Palmer kulib yubordi: 
— Siz, omonatchi sifatida jamg‘arma banklarini alohida ajratish bo‘yicha qonun loyihalari bilan juda 
qiziqsangiz kerak? 
— Bugungi qabul sharofati bilan meni qiziqtiradigan pulning o‘zi qolgani yo‘q, — Adler ma’yus 
kulimsinadi. — Men borib, mehmonlar bilan salomlashay. O’zingizni o‘z uyingizda yurgandek biling, — 
u eshik tomon yo‘l oldi. Palmer Edisning yoniga borib, unga shampan vinosi uzatdi. Ular yosh kelin-
kuyov sharafiga qadah ko‘tarishdi. 
— Baxt tilayman! — dedi Edis.  
Qizning yonoqlari o‘ta oq, ko‘zlari ostida ko‘kimtir soyalar paydo bo‘lgandi. U bosh irg‘adi: 
— Rahmat, Palmer xonim. 
Yangi kelganlar tanishtirilayotganda Palmer va xotini nari ketishdi. 
— Qara-ya, — dedi Edis hayratlanib, u shunchalik hayajonlanayaptiki, rangida qon qolmapti. 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin