Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə253/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
248
— Chamasi, uning jahli chiqdi, — xushmuomalalik bilan so‘z qistirdi Berns. — Biroq u kimga jahl 
qilyapti? 
Palmer divanga o‘tirib, shoshilmay paypoqlarini kiydi, kamarini taqdi. 
Yotoqxona eshigi ochildi. Virjiniya ikkala erkakning orasidan o‘tib, deraza yoniga bordi. Quyosh 
nuriga yo‘g‘rilganicha, upadonini oldi. Yuziga sinchiklab qarab, lablarini bo‘yadi. So‘ng erkaklarga 
o‘girildi: 
— Salom, Mak! 
— Juda zo‘r, — Berns bosh irg‘adi. — Vaqtni hisobga olmaganimga afsusdaman. 
Ayol qoshlarini chimirdi: 
— Shundaymi? O’zini bosishga urinib, chuqur xo‘rsindi. — Mayli, idorada ishim bor. Janoblar, 
ko‘rishguncha. 
 
 
Ellik beshinchi bob  
 
 
— To‘g‘risini aytganda, sira ham borgim kelmayapti, — dedi Edis pardoz stolidagi ko‘zgu qarshisida 
o‘tirib, yuziga bir tekisda upa surarkan. Uning yuzidagi mayda ajinlar chaplashgan pardozi ostida 
bilinmay qoldi. 
Shu kunning o‘zida ikkinchi marta soqolini qirtishlagan Palmer hammomdan chiqdi. U soqoli har 
kuni olinmasa ham ko‘zga tashlanmasligini bilsa ham o‘ta silliq ko‘rinish istagida yana bir marta soqol 
olishga mayl bildirdi. 
— Bu, hatto qiziq tuyuladi, — uning gapini quvvatladi Palmer. — U yerda bizdan boshqa o‘ta 
mashhur odamlar ham bo‘ladi. Zo‘r taomlarga boy dasturxon ham... 
— Agar yahudiylarning taomlarini yoqtirsang, — labini bo‘yayotgan Edis yarim ovozda javob berdi. 
— Istehzo qilayapsanmi? 
Edis xo‘rsindi. 
— Yahudiylarga yaxshi munosabatda bo‘lgan holda ularning taomlarini yoqtirmaslik mumkin. 
Ovqatlar hamisha keragidan ortiq qaynatilgan bo‘ladi, ziravorlar yetishmaydi. Anchagina do‘stlarim 
yahudiy taomlariga toqat qilolmaydi. 
Palmer uni masxara qildi. Niyati Edisning kayfiyatini ko‘tarish edi. 
— Bu gaplaring Berns aytib bergan hazilni yodimga tushirdi. 
Edis qoshlarini chimirdi: 
— Ikkovlaring hazil gaplar bilan vaqt o‘tkazarkansizlarda? 
— Bruklinda xitoy restorani ochildi, — shoshilib gapida davom etdi Palmer. — Birinchi xo‘randayoq 
taomnomani qo‘liga olib, “Avf eting, sizlarda baqlajondan tayyorlangan pissa, losana, manicotti, 
parmigianlar bor ekan! Sizlar bularni xitoy taomlari deb atayapsizlarmi? — deb so‘rabdi. Unga javoban 
ofitsiant yelkasini qisib: — Nima qilaylik, yahudiylar hududidamiz-da, — degan ekan. 
Edis ko‘zlarini bo‘yashga o‘tdi.  
— Bu hazil, — dedi u bor e’tiborini ko‘zini bo‘yashga qaratib, past, o‘zinikiga o‘xshamagan ovozda, 
— faqat Nyu-Yorkliklar uchun kulgili. Agar mening kayfiyatimni ko‘tarmoqchi bo‘lsang, ovora bo‘lasan. 
Jin ursin, sening yaxshi kayfiyatingni menga nima keragi bor? — zaharxanda qildi u. — Sen 
qanday bo‘lsang, shundayligingcha menga yoqasan. 
Dasturxon o‘ta to‘kis bo‘lgani bois mehmonlar “Plaza”ga oqshom soat yetti yarimga taklif qilingan 
edilar. Shunga qaramay, soat to‘qqizda kelgan Palmerlar zalning yarmi bo‘shab qolganini ko‘rishdi. 
Xizmatkorlar chaqqonlik bilan taomli taqsimchalarni qo‘ya boshladilar. Palmer maxsus kiyim kiygan 
eshik og‘asiga bosma harflarda yozilgan taklifnomani uzatdi. U nimyashil rangdagi qalin qog‘ozga 
qarab, past, lekin shirali ovozda ularning ism-sharifini e’lon qildi: 
Kichik Vuds Palmer janoblari, xonimlari bilan! 
Eshikdan nariroqda turgan bir nechta odam shu zahoti suhbatlarini to‘xtatib, kulib qaraganicha er-


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin