Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə286/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
281
— Irland banklarini bilasan-ku, — davom etdi Berns. — Ularning ko‘pi haliyam inglizlarga tegishli. 
Shunday qilib, qozon qalpoq va hassa tutgan ingliz bankiri Dublinga, yillik tekshiruvga kelibdi. U to‘g‘ri 
bankka qarab yuribdi. Kunduzi o‘n ikki. Hech kim yo‘q. Eshiklar ochiq, kassalarning qutilari chiqarib 
qo‘yilgan, hatto yerto‘ladagi seyf ham lang ochiq. Hammayoqda pul. Ammo hech kim yo‘q. Uning 
qattiq jahli chiqibdi. “Trevoga!” signalining tutqichidan tortibdi. Kuchli ovozlar yangrabdi. 
Qo‘ng‘iroqlar, Sirenalar! Quloqni qomatga keltiradi! U yugurib ko‘chaga chiqibdi. Hech kim to‘xtamas 
emish. Odamlar uning yonidan indamay o‘tib ketaveribdi. Bir payt ko‘chaning narigi betidagi 
qahvaxona eshigi ochilib, patnusda to‘rt krujka pivo ko‘targan ofitsiant ayol chiqibdi va bankka qarab 
yo‘l olibdi. — Berns gapdan to‘xtadi. 
— Xo‘sh? 
— Nima xo‘sh? Kulmaysanmi, surbet! 
Palmer qovog‘ini soldi, keyin gap mazmunini tushundi. 
— Ular... ular trevoga signalidan foydalanishar ekanmi? 
— Ofitsiantni chaqirish uchun, — latifasini tugatdi Berns va jon-jahdi bilan baland ovozda kulib 
yubordi. — Bo‘pti. Yaxshi. — Berns sigaret tutatib, halqa-halqa tutun chiqardi va ularning orasidan 
Palmerga qiyo qaradi. — Gapimni tingla, Vudi. Men kuchim boricha keskinlikni yumshatishga harakat 
qilaman. Odatda bunga osongina erishaman. Bir necha kun avval yasama tishlaring uchun seni 
osishga qasamyod qilgan edim. Biroq sen oyog‘im ostidagi barcha g‘ovlarni, Jo Lumisni va butun 
bema’ni rejalarni olib tashlading. Endi bizning vazifamiz aqllar uchrashuvi uchun yo‘l topish. Men 
magnitofon tasmasini ishga solmay turib senga nemis bilan ko‘zboylag‘ich o‘ynashingga imkon 
berdim. Shunday qilib, mendan voz kechma. Men bilan suhbatda bo‘l. Meni qanchalik yaxshi 
ko‘rishingni ayt. 
Palmer bosh chayqadi. 
— Bir-birimizni aldamasak, yanayam yaxshi ishlashimiz mumkin. Sen bilan ishlash og‘ir, chunki 
o‘rtada ishonch yo‘q. Men bilan birga bo‘lish senga ham qiyin, sababi bir marta bo‘lsa ham laqillatib 
ketganlarni yoqtirmaysan. 
— Yo‘q, unday emas. Yutqazganlarni ko‘rgani ko‘zim yo‘q, qariya. G’oliblarga jon deb xizmat 
qilaman. 
Berns kinoyali jilmaydi. 
— Qanaqa jang haqida gapiryapmiz? Olbanidagi Bill bo‘limlari haqidami yo YuBTK ustidan nazorat 
uchun kurashmi? 
— U haliyam davom etyaptimi? — so‘radi Palmer mug‘ombirlik bilan. 
— Bu haqda hali hech narsa e’lon qilingani yo‘q. 
— Menimcha, — dedi Palmer o‘ychan, — erta-indin norozi aktsiyadorlar Lumisning qo‘lini bog‘lab 
qo‘ysa, Vashington so‘roqqa tutishi bilan qandaydir ko‘mitacha Lumisni Jet-Texdan haydash 
harakatiga tushib qoladi. 
Berns tasdiqladi: 
— Buni men ham o‘ylaganman. 
— Muhabbat bobida so‘zlayotganimizga sabab ham shu-da. 
Berns kaftlarini yuqoriga qaratdi. 
— Miyam qay darajada ishlayotganini shunchalik bilar ekansan, nima uchun haligacha menga 
ishonmayapsan? 
— Chunki men ham insonman, Mak. Kunlardan bir kun sirpanib ketishim mumkin. Shu paytda sen 
meni sotasan. Yana. — Bernsning sarg‘amtir-qo‘ng‘ir ko‘zlari katta ochildi. — Qadrdon do‘st. Meni 
sotmasligingni qaerdan bilaman? 
— Sen sotma. 
Berns o‘ylanib qoldi, keyin o‘rnidan turib, yotoqxonaga kirib, ketdi. Ko‘p o‘tmay besh quti silliq 
magnitofon qutichalarini ko‘tarib chiqdi. 
— Bu — hammasi, — dedi u. — Demoqchimanki, bu — ko‘chirib yozilgani emas, asl nusxasi. Bir 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin